Биология ва генетика
-mavzu: Organizmlarning ko‟payishi va xillari. Individual rivojlanish
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organizmlarning ko‟payishi va xillari
4-mavzu: Organizmlarning ko‟payishi va xillari. Individual rivojlanish.Ontogenez va filogenez Reja: Organizmlarning ko‘payishi va xillari Ontogenez tiplari Ontogenez bosqichlari Organizmlarning ko‟payishi va xillariBarcha tirik mavjudot o‘zlariga xos bo‘lgan hayotni yashaganlaridan so‘ng o‘limga mahkumdirlar. O‘lgan organizmlar o‘rniga yangi organizmlar vujudga keladi. Har bir jonzotga o‘ziga o‘xshagan organizmni yaratish, zurriyot qoldirish xususiyati xosdir. Shu tufayligina mavjudotlar olami saqlanib qoladi. Organizmlarning ko‘payishi evolyusion tarzda takomillashib boruvchi jarayondir. Jonzotlar turli usulda ko‘payadi, ularning barchasini jinssiz va jinsiy ko‘payish xiliga bo‘lish mumkin. Jinssiz ko‟payish. Jinssiz ko‘payish eng sodda, evolyusiya jarayonidagi ilk bor ko‘payish usulidir. Bu usul bilan ko‘payishda bitta organizm ishtirok etadi. SHu organizm o‘z avlodlariga barcha xususiyatlarini deyarli o‘zgarmagan holda o‘tkazadi. Jinssiz ko‘payishning bo‘linish, endogoniya, shizogoniya, kurtaklanish, sporogoniya, vegetativ ko‘payish xillari farqlanadi. Ko‘payishning bo‘linish usuli bir hujayrali jonzotlarga xosdir. Bo‘linish usulidagi ko‘payish organizmning mitoz yo‘li bilan ko‘payishidir. Bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan ikki avlod (hujayra) o‘rtasida genetik axborot va ichki tuzilmalar tengma-teng taqsimlanadi. Hosila organizm (hujayra) o‘sadi va qayta bo‘linishga tayyorlanib, so‘ng yangi organizmni yaratadi. Endogoniya-bu organizm (hujayra) ning alohida ichki kurtaklanishi bo‟lib, ona hujayrada ikkita qiz organizm hosil bo‟ladi, ya‟ni bir ona hujayra ichida, uning umumiy Hujayra qobig„i ostida ikki qiz hujayra shakllanadi, shunday qilib ona hujayra faqatgina ikki avlod beradi. SHu yo‟sinda, masalan bir hujayrali parazit – toksoplazmaning ko‟payishi ro‟y beradi.Shizogoniya. Ayrim bir hujayralilarda, masalan, bezgak plazmodiysining jinssiz ko‘payishi ko‘p marta bo‘linish – shizogoniya usuli bilan kechadi. Hujayra (organizm) shizogoniya bilan ko‘payganda, dastaaval uning yadrosi birin-ketin ko‘p marta bo‘linadi, hujayra sitoplazmasi esa bo‘linmaydi – sitokinez ro‘y bermaydi. So‘ngra, ona hujayra ichidagi har bir hosila yadro, bo‘linib ketgan, mayda sitoplazma bilan o‘raladi – bir qancha qiz hujayra (organizmlar) paydo bo‘ladi. Qiz hujayradagi irsiy informatsiya belgilari ona organizmi belgilariga monand ravishda bo‘ladi. Odatda, bu xildagi ko‘payish jinsli ko‘payish bilan almashinib turadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling