22
•
Mikroskop ish holatiga keltiriladi (mikroskop ko`zgusi yorug`lik
tushadigan tomonga qaratiladi va yorug`lik to`planadi. Yorug`lik buyum
stolchasidagi preparatdan o`tib, kattalashgan tasvir ko`rinishini ta`minlaydi. Tasvir
okular orqali ko`rinadi).
•
Piyoz po`stidan preparat tayyorlash: preparoval nina yordamida
piyozning yupqa po`stidan kichik bir bo`lak ajratib olinadi. Uni buyum oynasidagi
bir tomchi suv ustiga qo`yiladi, qoplagich oyna bilan yopiladi va chetidagi
ortiqcha suv filtr qog`ozi yordamida shimdirilib olinadi).
•
Tayyorlangan vaqtinchalik preparatni dastlab mikroskopning kichik, keyin
katta ob`ektivlari ostida ko`riladi. Preparatda hujayraning qobig`i, sitoplazmasi,
yadro va vakuolasi topiladi. Vaqtincha preparat tayyorlash imkoniyati bo`lmasa
piyoz po`stidan tayyorlangan doimiy mikropreparatida ko`riladi. Mikroskopda
ko`rilgan hujayraning rasmi chiziladi va uning qismlari belgilanadi.
3. Kuzatishlar asosida quyidagi jadval to`ldiriladi:
O`simlik nomi
Hujayra shakli Plastidalar
Hujayra
qismlari
Hujayra
vazifalari
Piyoz pardasi
Do'stlaringiz bilan baham: