Xrepterofiliya – gulning kwrshapalaklar yordamida changlanishi.
Tsenokarp ginetsey – urug`chining tuzilishida 2 va undan oshiq
mevabargchalar ishtirok etadi.
Ekologiya – organizmlarning bir–biri va tashqi muhit sharoiti bilan
wzaro munosabat qonuniyatlarini wrganadigan fan.
Ekologik omil – tashqi muhit omillari.
XULOSA.
Amaliy mashg`ulotlar yordamida bilim olishda bir qancha sezgi organlari (harakat,
eshitish, ko`rish) ishtirok etadi. Shuning uchun bu amaliy mashg`ulotlarda
o`rganilgan bilim mustahkam va chuqur bo`lib, talabalar ongida uzoq saqlanib
qoladi. Amaliy mashg`ulotiarida talabalar hayvonlarni bevosita kuzatish orqali
mustaqil bilim olishni o`rganishadi. Amaliy mashg`ulot jarayonida talabalar lupa
va mikroskopdan, hayvonlarni yorishda skalpel, qaychi, pinset va boshqa asbob-
uskunalardan foydalanish, hayvonlarni yorib ko`rish, rasm chizish, jadvallarni
to`idirish borasida amaliy malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishadi. Amaliy
mashg`ulotlari katta amaliy ahamiyatga ham ega. Chunki mustaqil bilim olish
jarayonida talabalarning hayvonlarni o`rganishga qiziqishi ortadi. Amaliy
mashg`ulotlari orqali talabalarning tabiatni o`rganishga qiziqishi ham kuchayib
boradi.
Mashg`ulotlarning ta`lim texnologiyalari asosida tashkil etilishi dars
samarasini keskin oshirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |