1.2. O`quv laboratoriya jihozlari.
2001-yildan boshlab ”ELXOLDING“
ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi mamlakatimizda uzluksiz ta`lim tizimi uchun
tabiiy fanlar (biologiya, fizika, kimyo) o`quv-laboratoriya jihozlarini ishlab
chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri bo`lib hisoblanadi.
Xususan, barcha turdagi ta`lim muassasalari biologiya laboratoriya xonalari
ikki yuzga yaqin asbob-jihozlar bilan ta`minlanmoqda. Bunda, o`qituvchi va
talabalar o`quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalangan holda, o`quv
dasturlarida belgilangan barcha amaliy ishlarini (shu bilan birga, namoyishli
ishlarni ham) o`tkazish imkoniyatiga ega bo`lmoqda. Jihozlar zamon talabiga mos
holda, yangi dizayn va materiallardan ishlangan bo`lib, biologiya fani davlat ta`lim
standartlari talabini to`liq o`zlashtirishda amaliy vosita sifatida qo`llaniladi.
7
Biologiya
o`kuv
dasturida
talabalarning
o`zlashtirgan
bilimlarini
mustahkamlash, ularni amaliyotga qo`llash orqali biologik, amaliy va o`quv
mehnati ko`nikmalarini tarkib toptirish maqsadida amaliy mashg`ulotlari kiritilgan.
Quyida, «Odam va uning salomatligi» o`quv fani dasturidan o`rin olgan amaliy
mashg`ulotlaridan namunalar berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |