Biologiyadan sinfdan va maktabdan tashqari mashgulotni tashkil etish


Download 66.5 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1684121
Bog'liq
BIOLOGIYADAN SINFDAN TASHQARI MASHG\'ULOTLAR GURUH VA OMMAVIY MASHG\'ULOTLAR


BIOLOGIYADAN SINFDAN TASHQARI MASHG'ULOTLAR GURUH VA OMMAVIY MASHG'ULOTLAR


Reja:


1,Biologiya fanidan darsdan tashqarii Mashgulotlarni tashkil etish.
2.Umumiy biologiya kursidan sinfdan Sashqarii o`qitishni tashkil etish.
3.Biologiya fanidan mavzularni rejalashtirish.

Tayanch so`zlar. Sinfdan va maktabdan tashqarii Mashgulotlarning mAqsadi va vazifalari. Sinfdan tashqarii ishlar tizimi. Yakka tartibda gurux bo`lib va ommaviy bajariladigan ishlar. Qishloq xo`jaligi tarmoqlariga, botanika, hayvonot boglari, muzey va fermalarga ekskursiyalar. Darsdan tashqarii Mashgulotlarni tashkil eti shva o`tkazish.


Darsdan tashqari ishlar. Biologiya kursida ham o`quvchilarning darsdan tashqarii ishlar tashkil etish majburiy bo`lib, ular tirik tabiat burchagida bo`lib o`tkaziladi.Ular mazmuni jixatidan o`quv programmasi bilan chambarchas bogliq bo`ladi.Tajriba va kuzatishlar olib borish, ularni darsda ko`rsatishda tayyorlash, biologik koleksiyalar va gerbariylar tuzish, mikroskopda ishlash, genetika masalalarini hal qilish shular jumlasidan. Har bir o`quvchi yil mobaynida bir ikkita ish bajaradi. Umumiy biologiya kursiga oid darsdan tashqarii ishlar ko`p hollarda uzoq muddatga mo`ljallangan bo`ladi va shuning uchun o`quvchilarga bu ishlar tegishli mavzuni o`tishdan ikki uch oy vaqit oldin berib qo`yiladi. Masalan natijalarni «organizim va muxut », «Biosferada moddalarning davriy aylanishi »kabi mavzularga kuz fasillarida, kechi Bilan fevral oyi boshlarida o`tkazilsa yaxshi bo`ladi.
Tabiatda darsdan tashqarii ishlar ko`pincha kuz faslida bajariladi, bunday hollarda darsdan tashqarii ishlar tabiatda olib boriladigan ishlar Bilan bogliq bo`lgan uy vazifasi xarakterini oladi.
O`quvchilarda biologiyadan bilim berishdagi uzulish 9-sinf ularning maktab o`quv tajriba uchaskasida olib boriladigan ishlarini bir muncha cheklab. Bahorda 10-sinfga o`tish vaqtida bazi tajribalar ixtiyoriy ravishda olib borilishi mumkin, ammo umumiy biologiya kursida maktab o`quv tajriba uchaskasida kuzda ham foydalansa bo`ladi, bu narsa «organik olamning evolyutsiyasi haqida Ch.Darvin talimot »degan mavzu metodikasida ko`rsatib o`tkazilgan tajribalar o`tkzish, qishloq maktablarining o`quvchilarida katta qiziqish uygotish mumkin. O`qituvchi biologiya bilan qiziqadigan uvchilarni oldingi sinflardanoq yaxshi bilishi kerak va ularning qiziqishini qo`llab quvatlabgina qolmay balki yanada kamol toptirishga yordam berishi kerak.
Sinfdan tashqarii Mashgulotlar. Hozirgi zamon biologiyasi masalalari o`quvchilarda katta qiziqish uygotmoqdaki, ular darsning o`zi Bilan hamma vaqit ham qanoatlantiravermaydi. Nixoyat 11- sinflarda o`quvchilarning qiziqishi kelgusida kasb tanlashi Bilan bogliq holda farqlanadi. Sinfdan tashqarii Mashgulotlarni tashkil etishda to`garaklar tashkil etish, kechalar hamda konferensiyalar, sinfdan tashqarii o`qishlar va hokozolar o`tkazish zarurati tuguladi.
Biologiya to`garagi biologiya Bilan qiziqqan va qo`shimcha ravishda shugullanishni xoxlagan o`quvchilar uchun tashkil etiladi. Biologiya to`garagida o`tkaziladigan Mashgulotlarning taxminiy mavzulari ushbu kursda barcha mavzularning metodikasida ko`rsatilgan. Bular avvalo o`quvchilarning Dunyoqarashini shakillantirish, fanga tabiatga va jamiyatga nisbatan muhabbat uygotish xarakteridagi mavzular bo`lishi kerak. Biz tavsiya qilayotgan ko`pgina mavzular faqat kitob o`qishni emas, balki tirik tabiat burchagida tajribalar o`tkazish, tabiatda kuzatshlar olib borish mikroskopda ishlashni ham talab etadi.
To`garak ishlarini maxaliy ilmiy muassasalarining ishlari Bilan ham boglab olib byuorish mumkin. To`garaklarning bazi Mashgulotlarida sinfdagi barcha o`quvchilar taklif qilinadi. To`garak azolari bunday Mashgulotlarga qo`liyozma, jurnallar, ko`rgazmalar vistafkalar tayyorlaydi.Umumiy biologiya kursiga oid ilmiy kechalar va konferensiyalar o`tkazish, shubxasiz, o`quvchilar etiborini jalb etadi.Ilmiy kechalarda qilinadigan dokladlar kino ko`rsatish, kitoblardan ayrim kechalarni ifodali o`qish, muzika chalish, ashula aytish kabi ishlar Bilan qo`shilib olib borilishi mumkin.Konferensiya qatiy plan asosida o`tkaziladi, dokladlar qilinadi, muzokaralarda so`zga chiqadi, barcha tadbirlarga kitoblar vistavkasi, o`quvchilarning ishlaridan namunalar tayyorlanadi. Kechalar o`tkazish uchun quyidagi temalarni «tabiat sistemasi», «O`zbekiston florasi va sistematikalari to`grisida », «V. I. Vernadiskiyning noosfera haqidagi goyalari »va boshqalarni tavsiya etish mumkin.
Umumiy biologiya kursidan sinfdan tashqari o`qishlar tashkil etish juda ham zarur. Gap shundaki, o`quvchilar ko`pgina malumotlarni stixiyali ravishda oladilar, radio va televizion eshitirishlarni tinglaydilar, ilmiy ommabop jurnallar o`qiydilar va hokazo. Natijada ular, ko`pincha masalalarni mustaqil ravishda hal qila olmaydilar va eshitgan yoki ko`rgan narsalarini bazan noto`gri tushinadilar. Uyda o`qib kelishi uchun tavsiya etiladigan kitoblar, jurnal va mAqolalarning ro`yxati biologiya xonasiga osib qo`yiladi. Bu ro`yxat muntazam ravishda yangilanib turiladi.Kitoblar yoki mAqolalarning nomlarini dars vaqtida aytish shart emas, o`quvchilarning o`qigan narsalaridandarslarda qisqAgina axborot xolida foydalaniladi.
Darsdan va sinfdan tashqarii ishlarning barcha xillari mazmuni va metodlariga ko`ra dars Bilan chambarchas bogliq holda olib boriladi. U o`quvchilarda dars vaqtida ko`proq va chuqurroq bilim olishga qiziqish uygotadi. Bunday ehtiyojlar sinfdan tashqi Mashgulotlarda qondiriladi va keyingi darslarda yanada rivojlantiriladi.
Darsni rejalashtirish. Biz o`qituvchi uchun bu kursni o`qitishning perispektik rejasini bir yilga mo`ljallab tuzi shva bunda berilgan soatlarni kanikul hamda bayram kunlarini hisobga olgan holda temalar va temachalarni o`tish mudatlariga qarab taqsimlash, takrorlash uchun savollar belgilash, ekskursiyalar va sinfdan tashqarii ishlarni taqsimlab chiqish mAqsadga muovofiq deb hisoblaymiz. Perispektik rejaga asosan o`qituvchi tematik reja tuzadi. Bunda mavzu mazmuning mantiiqIy bayon etilishi va izchilligi, qo`llaniladigan metodlar, ko`rsatma qurollar, amaliy ishlar va sinfdan tashqi mashgulotlar uchun materiallar ko`rsatiladi.
Dars o`tish metodlari.
An`anaviy dars o`tish metodlari.
1.O`quv mavzuni ogzaki bayon (hikod) qilish metodi . 2.Suxbat (savol-javob) metodi
3.Darslik bilan ishlash metodi. 4.Namoyish qilish-ko`rsatish, sayohat qilish metodi
5.Amaliy mashgulotlar (masalalar va laboratoriya ishlarini bajarish) metodi. 6.Maktab lektsiyasi. 7.Dasturli o`qitish metodi.
Noan`anaviy dars o`tish metodlari.
1.Konferentsiya darsi. 2.Seminar darsi. 3.Texnika vositalari yordamida dars o`tish. 4.O`ylab top (evrika). 5.O`yinchoqlar yordamida dars o`tish. 6.Kasbga boglab dars o`tish 7.Eksperimental dars o`tish. 8.Bahs-munozara darsi. 9.Yozma ishlar olish. 10. Ilmiy-ommabop adabiyotlardan foydalanish.
Tajriba o`tkazish. Biologiyani o`qitishda qo`llaniladigan o`ziga xos usul. Maxsus sharoit yaratilgan xonalarda biologik jarayonlar va hodisalarni kuzatish , bili shva uni tushunishdan iborat . Bu usullarni qo`llash bir qator sharoitlar bilan bogliq. Avvalo tajriba uchun zarur bo`lgan barcha asbob va materiallar mavjud bo`lishi kerak . Shubilan birga o`quvchi tajribaning mAqsadini oldindan bilishi lozim. Bundan tashqarii tajribani to`gri o`tkazish, kuzatish va olingan natijalarni ham udalashi kerak bo`ladi. Tajriba o`tkazish uchun berilgan yo`riqnomalarni kitoblardan topish mumkin. Ko`p hollarda tajriba ancha murakkab bo`lib, bu mashgulot o`qituvchi rahbarligida olib boriladi.
Ko`rgazmali metodlar. Bu metoblar tirik va tabiiy obektlarni tayyor kolleksiya, quruq va ho`l preparatlar, jadvallar, rasmlar, o`quv kino va videofilmlar, kompyuter, elektron darsliklar, multimedialar namoish qilish, modellashtirilgan elektron darsliklar va boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi.Ko`rgazmali metodlarning qo`llanilishi o`quvchilarga o`rganiladigan obektlar, voqia va hodisalarni his etish, taqoslash,ularga xos xususiyatlarni aniqlash, umumlashtirish va xulosalashga imkon beradi. O`quv jarayonida ko`rgazmali metodlar hikoya, suhbat, amaliy, muammoli va boshqa metodlar bilan olib boriladi.
Laboratoriya mashgulotlari. Laboratoriya mashgulotlarida asosiy metod o`quvchilarning mustaqil ishi hisoblanadi. Mashgulotga ajratilgan vaqitning ko`p qismi o`quvchilarning mustaqil ishlarni bajarishga sarf bo`ladi. Mazmuniga ko`ra tarqatma material yordamida olib boriladigan mustaqil ishlarni ham laboratoriya mashgulotlari qatoriga kiritish mumkin. Mashgulotning mualliflar ishlab ishlab chiqqan moduli ta`lim texnologiyasi asosida tashkil etishi dars samarasini keskin oshirishga imkon beradi.Mazkur texnologiya mashgulot mavzusi bo`yicha ishlab chiqilgan dastur asosida o`quvchilarning laboratoriya ishlarini mustaqil bajarishi, o`z-o`zini nazorat qilish asosida o`z bilimini baholashi va mashgulotga yakun yasashidan iborat.
Amaliy ishlar. O`quvchilar bajaradigan amaliy ishlarda jismoniy mehnat tabiatni o`rganish bilan birga olib boriladi. Mehnat jarayonida o`quvchilar tabiat to`grisida olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq etishadi va yanada kengaytirishadi. Amaliy ishlar o`quvchilarni jismoniy mehnatga o`rgatadi. Biologiyani o`qitishda Amaliy ishlar asosan tirik tabiat burchagi yoki maktab qoshidagi o`quv-tajriba uchakasi bilan bogliq.
Individual ta`limning asosiy afzalligi, o`quvchilarning o`quv faoliyatini tashkil etish, ta`lim mazmuni, vositalari va metodlarini tanlashda ularning shaxsiy xususiyatlari va sur`ati hisobga olinganligi sababli mazkur jarayonni jadallashtirish, ularning o`quv topshiriqlarini bajarishda mo`ljalni to`g’ri olishi va tezroq moslashishi, o`z imkoniyatlari darajasida bilim va ko`nikmalarni egallashlariga imkon yaratish hisoblanadi.
O`qituvchi o`quvchilar bilan individual ishlaganda ularning har bir harakati, bilimlarni o`zlashtirish borasida qo`ygan har bir qadami, o`quv faoliyatidagi yutuq, kamchiliklar va etishmovchiliklarni aniqlash, ularga barham berish choralarini qo`llash, yutuqlar uchun rag’batlantirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu o`quvchilarni doimo o`zgarib turadigan o`qitish jarayoniga moslashishi, pirovard natijada o`z imkoniyatlari darajasida o`quv materialini kam vaqt sarflab o`zlashtirishi, o`ziga qulay metod va uslublardan foydalanib ko`zlangan maqsadga erishishiga yordam beradi.
O`qitishni individuallashtirish texnologiyasi individual yondashishni talab etadi.
Individual yondashuv – metodikaning bir printsipi bo`lib, unda o`qituvchi o`quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini hisobga olgan holda, individual model asosida o`quv faoliyatini tashkil etadi va ular bilan muloqotda yuksak madaniyatni namoyon qiladi, hamkorlikka kirishadi. Darsda vujudga kelgan qulay psixologik-pedagogik muhit hamma o`quvchilarning, shu jumladan har bir o`quvchining o`z imkoniyati darajasida rivojlanishiga asos bo`ladi.
Shunday qilib, o`qitishni individuallashtirish texnologiyasi, deyilganda, o`qitishning individual shakli va yondashuvi ustuvor bo`ladigan texnologiya tushuniladi. Mazkur texnologiya yaxlit pedagogik jarayonga singib ketuvchi texnologiya bo`lib, uning ustuvorligi o`quvchilarga shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini hisobga olgan holda individual yondashuv sanaladi.
Biologiyani o`qitishda individuallash texnologiyasidan dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarda foydalanish tavsiya etiladi.
O`qitish samaradorligi o`quvchilarning darsdan tashqari ishlarini talab darajasida tashkil etilishiga bog’liq.
O`quvchilarning darsdan tashqari ishlari mavzular bo`yicha uy vazifalarini bajarish, muayyan mavzular bo`yicha kuzatish va tajriba o`tkazish, qo`shimcha o`quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlash kabilarni o`z ichiga oladi.
O`quvchilarning fan asoslarini chuqur va mustahkam o`zlashtirishlariga erishish, qo`shimcha o`quv adabiyotlari, ko`rgazmali vositalar yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish, belgilangan mavzular bo`yicha kuzatish va tajribalar o`tkazish, o`quvchilarning qiziqishlari va bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan ta`limni tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlari, mustaqil va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kasbga yo`llash,o`qishni unumli jismoniy va aqliy mehnat bilan uzviy bog’lash maqsadida umumiy biologiyadan sinfdan tashkari mashg’ulotlar o`tkaziladi.
Biologiyadan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning uch xil turi mavjud:

  1. Ayrim o`quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg’ulotlar


  2. O`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan mashg’ulotlar.


  3. O`quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg’ulotlar.




Yuqorida qayd etilgan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning turlari bir-biri bilan uzviy bog’langan, bir-birini to`ldiradi va taqoza etadi.
Ayrim o`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar o`quvchilarning qo`shimcha o`quv adabiyotlarini o`rganish, eHMning ta`lim beruvchi, modellashtirilgan, nazorat dasturlari yordamida bilimlarini sinab ko`rish, mul’timedialar vositasida ijodiy izlanishlarini tashkil etish, sinov - tajriba maydonlarida belgilarning irsiylanishini o`rganish maqsadida kuzatish va tajribalar o`tkazish, ma`ruzalar va ko`rgazmali materiallarni tayyorlash kabilarga bag’ishlanib,o`quvchilarning xohish, istagi, ehtiyoji va qiziqishlari hisobga olingan holda biologiya o`quv xonasida, tirik tabiat burchagida, maktab tajriba maydonida, informatika xonasida, jamoa va fermer xo`jaligi dalalarida o`tkaziladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning bu guruhiga o`quvchilarni musobaqalar va tanlovlarga tayyorlashga oid ishlar ham misol bo`ladi. Biologiyadan o`tkaziladigan oilmpiadalarga o`qituvchi yil davomida tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishi, o`quvchilar bilan muntazam ravishda mashg’ulotlar olib borishi lozim. Olimpiadalar shahar, viloyat va Respublika bosqichlarida o`tkaziladi. Olimpiada iqtidorli o`quvchilarning bellashuvi bo`lib, unda o`quvchilarga bilimlarni umumlashtirib xulosa chiqarish, aqliy faoliyat usullaridan foydalanib, javoblarini dallillash, mustaqil va ijodiy fikr yuritish talab etiladigan topshiriqlar beriladi. Jumladan, variantlarda quyidagi savollar bo`lishi mumkin:
Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling