Biopsiya haqida ma'lumot bering
Biopsiya (bio... va yun. opsis—koʻrish, tekshirish)—davolash va kasallikni aniqlash maqsadida tirik odamning toʻqima yoki biror aʼzosidan bir qismini kesib olib tekshirish. Asosan xavfli oʻsmalar va qon yaratish tizimi kasalliklarini aniqlashda qoʻllaniladi. Biopsiya ishlari olib borishda ham B.dan foydalaniladi. Toʻqima, biror aʼzoni qisman olib tashlash ham B. (davolash B.si) hisoblanadi. B. maxsus tibbiy asboblar (endoskop, qisqich, shpatel, jarroxlik pichogʻi) va jarrohlik usullari (punksiya, qirib olish va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. B.da organizmga zarar yetmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |