Bios (Basic Input/Output System) —
Download 399.92 Kb. Pdf ko'rish
|
1 LABORATORIYA
1- Laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash BIOS haqida boshlang’ich ma’lumotlar
asosiy
kiritish-chiqarish tizimi
bo‘lib, motherboard (материнская плата)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab bios ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(NTLDR, bootmgr). Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan biosning ishi. BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi: — kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish; — kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test); — kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi; — tizim resurslarini taqsimlaydi; — PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash; — operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr); — qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi; — elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish. BIOS’ni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o‘rganib olish lozim. Har xil turdagi motherboar’lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir bir xil. Protsessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi: — American Megatrends (AMI); — Award Software; — Phoenix Technologies. BIOS turiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim. Maqolalarda Award Software tomonidan ishlab chiqilgan BIOS dasturlarini misol qilib olaman, chunki eng ommalashgan turi shu. Sal tushunarli bo‘lishi uchun BIOS’ning ba’zi versiyalarini rasmda ko‘rsatib o‘taman.
AWARD BIOS versii 6,0
BIOS’ versiyasi va ishlab chiqgan firmasini Windows operatsion tizim orqali quyidagicha ko‘rish mumkin: Пуск -> Выполнить -> msinfo32
Bundan tashqari, Everest, Sandra, siw kabi utilitalar orqali ham kompyuteringizga o‘rnatilgan BIOS haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo‘ladi.
Navbatdagi menyu Tiger Central Control Unit deb nomlanadi va u ikkinchi bo‘lib joylashgan. Bu menyu bilan ishlash unchalik tavsiya qilinmaydi, chunki bu orqali kompyuterni tez ishtan chiqarishingiz mumkin. Elektr qism bilan ishlanadi(kuchlanish, chastota). Bu menyu o‘zida bir necha menyularni saqlaydi va ularning soni biroz ko‘proq, asosiylarini ko‘rib o‘tamiz.
paydo bo‘lsa(kuller ishdan chiqsa, tezkor xotira ishga yaroqsiz holga kelsa, monitor, videokartada muammolar paydo bo‘lsa, undan tashqari POST tekshiruv yaxshi o‘tmasa), muammoning turiga qarab bir necha marotaba yonib o‘chishi mumkin. Buning uchun bu funksiya yoqilgan holda (ENABLED) bo‘lishi kerak. Odatiy holi o‘chiq(Disabled).
yuklanish kerakligini ko‘rsatuvchi xabar chiqadi, so‘ng, belgalagan disk orqali kompyuter yuklanadi. Bu holda BIOS'da o‘rnatilgan yuklanuvchi disklar darajasi hisobga olinmaydi.
u ishlatilmayotgan slotlarga elektr toki bermasdan erishiladi. Nurlanish kam darajada kamaytirilgani bois, bu funksiyani o‘chirib (Disabled) qo‘yish ham mumkin.
yaxshi, tezkor xotiraning nozik sozlashlari o‘rnatiladi, ba'zi qismlarini o‘zgartirib ham bo‘lmaydi, xullas bu sozlashlarni o‘zgartirmaymiz.
haqida alohida maqola qilishga harakat qilaman. Tezlashtirishni, kompyuter elementlarini maksimal darajada ishlatish orqali erishiladi, ya'ni maksimal chastotada, buning natijasida kompyuterning umri qisqaradi. Default qiymat bersangiz, kompyuter o‘zi qay darajada ishlashini belgilaydi, agar, Manual qiymat bersangiz, siz o‘zingiz belgilaysiz(kompyuter bilan endi ish boshlaganlarga bu funksiyani o‘zgartirish umuman tavsiya qilinmaydi). CPU Frequency - protsessorning shina tizimiga chastota qiymatini berish, bu ham razgonning bir turi hisoblanadi. PCIE Clock - PCI Express shina chastotasini o‘rnatish, odatiy qiymati 100 Mgs. CPU Clock Multiplier - protsessor turiga qarab, protsessor chastotasi va tizim shina chastotasi orasidagi bog‘lanish. Odatiy holi Auto. Kompyuterni kuchaytirguvchilar(razgon) menyusi.
elektr quvvatini kam sarflashini ta'minlaydi. Agar kompyuterga unchalik katta yuklama tushmasa, chastotalar avtomat kamaytiriladi, shu hisobiga elektr ta'minoti ham kamayadi. Har doim Auto qiymati turish tavsiya qilinadi. PCI/SATA/HT Spread Spectrum - elektromagnit nurlanishni kamaytiriruvchi funksiya, bunga u 3 ta shina(PCI/SATA/HT Spread Spectrum)ga kamroq signal berish orqali erishadi, kamroq deganda, kuchsizroq nazarda tutiomoqda, kompyuterni kuchaytiruvchilar uchun emas(ular ishlatishmaydi). CPU Vcore Over Voltage Setting - protsessor yadrosiga kuchlanishni berish, odatda Default qiymat turadi(o‘zgartirishga maslahat berilmaydi), bu orqali avtomat kuchlanish beriladi, agar kuchaytirish(razgon) bilan shug‘ullansangiz, o‘zingiz bilib kuchlanish qiymatini berishingiz mumkin bo‘ladi. Shuni bilinki, katta qimat berib yuborsangiz, protsessor darhol ishdan chiqishi mumkin, yana bir narsa, biroz kuchlanishni oshirish bilan, protsessor qizishi tezlashadi, darhol kullerni kattasini o‘rnatish lozim. Xullas bu funksiyaga tegmang! DRAM Voltage Select - tezkor xotira moduli kuchlanishini o‘zgartirish, o‘zgartirish umuman tavsiya qilinmaydi(!), bu ham kompyuterni kuchaytiruvchilar uchun. Bu ishni qilish uchun boy tajribaga, elektr ta'minoti bilimlariga va kompyuter qurilmalari haqida to‘liq bilimga ega bo‘lishingiz lozim. DRAM Voltage Select - tizim kontrolleri chipsetga kuchlanishni o‘rnatish, default qiymatni o‘zgartirmang, bu ham razgonchilar uchun. Asosiy funksiyalar bilan tanishtirib o‘tdim, xulosa qiladigan bo‘lsak, bu menyu asosan kompyuter ishlashini tezlashtiradiganlar(razgon, overloking) uchun chiqarilgan. Bu funksiyalarni o‘zgartirish umuman tavsiya qilinmaydi. Bu orqali siz o‘z kompyuteringiz hayotini uzaytirgan bo‘lasiz. Tezlashtirishga, kompyuter elementlarini chastota va kuchlanishlarini oshirgan holda erishiladi. Bu esa standart qiymatlardan chetlanish hisoblanadi va hech kim barqaror ishlashiga javob bermaydi.
Odatda BIOS dasturi bilan ishlaganda, klaviaturaning tepa-past va chap-o‘ng tugmalari ishlatilad, albatta ENTER tugmasidan ham foydalaniladi (tanlash uchun), demak boshladik.
bosamiz. Bu menyu orqali vaqt, kun va qattiq disk parametrlarini o‘zgartirish mumkin (diskdan tashqari, DVD qurilmalar, ba'zi BIOS turlarida fleshkalarni ham). Kerakli diskni tanlab ENTER tugmasini bosamiz yoki oldingi holga qaytish uchun ESC tugmasini bosamiz. Bu menyuda quyidagi menyuchalar bor.
xarakteristikasi keltirilgan (agar IDE raz'yemiga ulangan bo‘lsa). Master- ya'ni asosiy disk. Asosiy yuklanuvchi disk.
накопитель) xarakteristikasidir (agar IDE raz'yemiga ulangan bo‘lsa). Slave - ya'ni yordamchi disk, asosiydan diskdan keyin yuklanadigan disk. Agar bu menyuchalarga qanday diskni o‘rnatishni bilmasangiz, qiymat sifati AUTO'ni tanlang, shunda kompyuter vinchester ulanishi asosida o‘zi aniqlashtirib oladi. Fizik ulanish jarayonida Master va Slave qilib belgilash "перемычка" (jumper) orqali amalga oshiriladi yoki kabel orqali. Qolgan menyuchalar, SATA raz'yemi orqali ulangan qattiq disklarni xarakteristikalaridir, bularda faqat Master tushunchasi bor (slave tushunchasi eskirgan) va bu Master'larning darajalari raqamlar orqali belgilanadi. Qattiq disklarni SATA ulanishi darajalarini Motherboar'dagi SATA raz'yemlarining raqamlari orqali ham aniqlashtirish mumkin. Pastroqda, eski 3.5 dyumli diskovod ham borligi ko‘rsatilgan, bu disk "A" disk sifatida belgilanadi. Bu menyuning quyi qismida, kompyuterning umumiy xotirasi haqida ma'lumot keltiriladi.Har bir menyu tegida, BIOS dasturida ishlatiladigan klaviatura tugmalari haqida ma'lumot mavjud. Agar sizda BIOS turi va versiyasi boshqacha bo‘lsa, shu ma'lumotdan foydalanib klaviatura tugmalarni vazifalarini aniqlashtirib olishiniz mumkin. BIOS menyulari haqida umumiy tushuncha BIOS oynasidagi dastlabki menyular haqida yozib o‘taman, keyingi maqolalardan boshlab har birini ichini yozib o‘taman. Maqolalarda, PHOENIX+AWARD nomli firmaning BIOS'i asosida ko‘rsataman, bu firma oldin ikkita firma ko‘rinishida bo‘lib, hozir birgalikda BIOS chiqarish bilan shug‘ullanishmoqda, ko‘p kompyuterlarda aynan shu firma BIOS'i ishlatilmoqda. Demak, kompyuteringiz orqali BIOS'ga kirsangiz, BIOS oynasiga duch kelasiz. Ichidagi meyularni umumiy qilib ko‘rib o‘tamiz: 1. Standard CMOS Features - menyuda, tizim tomonidan ko‘rsatiladigan vaqt, kun kabi axborotlar, undan tashqari disklarni sozlash va POST xatolar haqida ma'lumotlarni ko‘rish va ularni sozlash mumkin bo‘ladi.
kompyuter elementlarini ishlashini sozlash va ular haqida axborot olish mumkin bo‘ladi. Aynan shu menyu orqali kompyuter ishlashini tezlashtirish(разгон) imkoni mavjud.
3. Advanced BIOS Features - kompyuter yuklanishni qanday amalga oshirish kerakligi, protsessor sozlashlari va xotirani keshlash kabi sozlashlar amalga oshiriladi. Undan tashqari kompyuter yoqilishida qaysi diskdan yuklanishi kabi savollarga ham javob topiladi.
tezkor xotira ishlash parametrlarlarini belgilash uchun ishlatiladi.. 5. Integrated Peripherals - motherboard'da mujassamlashgan elementlarni sozlash uchun(audio, video, kontrollerlar,...). 6. Power Management Setup - kompyuterning elektr ta'minotini boshqaradi, undan tashqari bu menyu orqali kompyuterni o‘chish va yoqilishini avtomatlashtirish ham mumkin. 7. PnP/PCI Configurations - tizim resurslarini qurilmalarga taqsimlash va PCI sozlashlarni amalga oshiradi. 8. PC Health Status - bu menyu orqali kompyuter ishlashini monitoring qilish mumkin bo‘ladi. Ba'zi elementlarning haroratini, kullerlarning aylanish tezligini va hakazo. 9. Load Fail-Safe Defaults - oldingi maqolada aytib o‘tgan funksiya, ya'ni BIOS sozlashlarini eski holatiga qaytaruvchi menyu. Bu menyu, bilib-bilmasdan BIOS sozlashlarini o‘zgartirib qo‘ygan va orqaga qaytarishni bilmagan foydalanuvchilar uchun qulaydir.
optimizatsiya qilish uchun ishlatiladi. 11. Set Supervisor Password -BIOS dasturiga parol o‘rnatish(superfoydalanuvchiga, administratorga), bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring. 12. Set User Password - bu ham yuqoridagi kabi parol qo‘yish uchun ishlatiladi, lekin administratorga emas, balki oddiy foydalanuvchiga, bu foydalanuvchi sozlashlarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi, lekin o‘zgartiraolmaydi.
chiqish. BIOS sozlashlarini oldingi holatiga qaytarish yo'llari BIOS dasturida har xil sozlashlar mavjud bo‘ladi va bu sozlashlarni bilmasdan o‘zgartirish, kompyuter bilan sodir bo‘ladigan har xil nohushliklarga olib keladi. Shuning uchun, BIOS bilan ishlaganda ehtiyot bo‘ling, agar bilmasdan buzib qo‘ysangiz, darhol BIOS dasturidagi sozlashlarni ishlab chiqarilgan paytdagi sozlashlarga (odatiy sozlashlarga) qaytaring (сброс настроек по умолчанию). Sozlashlarni odatiy holga qaytarishning quyidagi usullari mavjud.
Kompyuterni o‘chiring va tok manbaidan uzing, undan so‘ng, kompyuter ichini oching va u yerdan BIOS dasturi sozlashlarini odatiy holga qaytaruvchi tugmani bosing. Bu tugma faqat ma'lum bir platalrda mavjud. Natijada, BIOS sozlashlari zavodda chiqarilgan sozlashga qaytariladi.
Agar sizning platangizda bunday tugma bo‘lmasa, navbatdagi usul yordamida BIOS sozlashlarini orqaga qaytaring. BIOS bir necha kichik dasturlardan iborat bo‘ladi, sozlashlar amalga oshiriladigan dastur BIOS Setup deyiladi. Qachon siz maxsus tugmalar orqali BIOS'ga kirganingizda, siz faqat BIOS sozlashlariga kirgan bo‘lasiz. Bu sozlashlar maxsus mikrosxemada joylashgan bo‘ladi
va CMOS deb yuritiladi. Sozlashlarni oldingi holatiga qaytarish uchun, CMOS "перемычка"sini olib, yonidagisiga bir necha sekundga ulaymiz va orqaga qaytaramiz. Shunda BIOS sozlashlari orqaga qaytadi, bu "перемычка" BIOS batareyasi yonida joylashgan bo‘ladi.
Agar yuqoridagi usullar orqali sozlashlarni oldingi holatiga qaytaraolmasangiz, eng sodda usulini taklif qilaman. Bu BIOS batareyasini bir necha soniyaga (30-45 soniya) olib, qaytadan qo‘yishdan iborat. Bu unchalik qiyin emas, faqat batareykani topsangiz bas. Batareyka kottaroq va dumaqloq ko‘rinishga ega va 3V dan iborat. Agar bu batareyka ishdan chiqsa, kompyuterning ba'zi sozlashlari(vaqt, kun) buzilib ketadi va kompyuterni yoqganingizda "CMOS-cherksum error" yoki "Battery Low Lewel" degan xatoliklar chiqadi.
BIOS sozlashlarini oldingi holatiga qaytarishning yana bir usuli bu BIOS'ga kirganda ma'lum bir menyu orqalidir. Bu menyu "Load Fail - Safe Defaults" deb nomlanadi. BIOS turi va versiyasiga qarab har xil joyda joylashgan bo‘lishi mumkin. Odatda BIOS Setup oynasida bo‘ladi.
BIOS haqida dastlabki bilimlarga ega bo‘ldingiz. Endi, bu dastur ichiga qanday qilib kirishni ko‘rsatib o‘taman. BIOS bilan ishlash bo‘yicha tajribangiz bo‘lmasa, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni maslahat beraman, ya'ni kerakli fayllaringizni boshqa kompyuterga yoki boshqa vinchesterga olib qo‘ying, bu juda nozik ish bo‘lib, bilmasdan BIOS'ga doir biror boshqa sozlashni o‘zgartirib qo‘ysangiz, kompyuteringiz ishlamay (yonmay) qolishi mumkin. BIOS dasturiga, operatsion tizim ishlab turgan paytda kirib bo‘lmaydi, bu xavfsizlik sababli qilingan. Uning uchun kompyuterni qayta yuklash lozim. Kompyuter yonganda, ekranda bir muddat BIOS'ga qanday kirish haqida axborot chiqadi, odatda "Press DEL to enter SETUP" ko‘rinishida bo‘ladi. Agar bu xabarni o‘qiy olmasangiz, bu haqidagi ma'lumot Motherboard (Материнская плата) qo‘llanmasida ham bo‘ladi, shu yerdan bilib olishingiz mumkin. Agar qo‘llanma bo‘lmasa va BIOS'ga qanday kirishni bilmasangiz, havotirlanmang, kompyuter yonganda Delete, F1 yoki F2 tugmalaridan birini tez-tez bosib natijasini kuting, agar operatsion tizim yuklanishi boshlanib ketsa, demak bilinki siz bosgan tugma BIOS dasturiga kirishni amalga oshirmaydi, qolgan ikki tugmani bosib harakat qilib ko‘ring. Kirish amalga oshganligini ekranga chiqadigan ko‘k fonli, bir necha menyulardan tashkil topgan oynadan bilish mumkin. Notebook'larda, chiqarilgan firmaga qarab, BIOS'ga standartdan tashqari (delete, F1,F2) tugmalar orqali kiriladi, ya'ni firma o‘zi belgilaydi, qaysi tugma orqali BIOS'ga kirish mumkinligini. Download 399.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling