Biotehnologiya kafedrasi
Download 0.92 Mb.
|
53c7aa3635aa7
O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKЕNT FARMATSЕVTIKA INSTITUTI BIOTEHNOLOGIYA KAFEDRASI Sanoat farmatsiyasi fakultеti Biotehnologiya yo´nalishi 2 - kurs talabalari uchun «Biotеxnologiya mahsus boblari» fanidan o´quv-uslubiy qo'llanma Toshkent 2014 Tuzuvchilar: ass.M.M.Rahimov Taqrizchilar: O´zbekiston milliy universiteti: b.f.d., professor Q.Davranov Toshkеnt farmatsеvtika instituti: b.f.n., dotsеnt A.N.Maqsudova O'quv -uslubiy qollanma Markaziy uslubiy kengashda muhokama qilindi va tasdiqlandi (-yil- №-sonli majlis bayonnomasi) O'quv-uslubiy qollanma institut Ilmiy kengashida muhokama qilindi va tasdiqlandi (-yil -№-sonli majlis bayonnomasi) Mundarija Kirish……………………………………………………………………………..4 Paxta chigiti tarkibidagi fosfolipidlarni ajratish …………………………………5 Tuhumfosfatidilholinini o´rganish uchun fosfolipidlar aralashmasini aniqlash...11 Tuhum fosfatidilholinini ajratish va tozalash …………………………….……..16 Fitobiotehnologiyada ishlatiladigan ob´ektlar. Tuban va yuksak o´simliklar hujayrasining tuzilishi va vazifalari. O´simliklarda gen muhandisligining o´rni va uning qo´llanilishi. Plazmida va transpozonlar …………………..…………….19 O´simlik hom ashyolarining oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida ishlatilishi………………………………………………………………………..27 Hayvon hujayrasining tuzilishi va vazifalari¸ ularni o´stirish usullari. Hayvon hujayrasini ko´payishini biotehnologik nazorat qilish…….………..…………...32 Gen muhandisligi yo´li bilan transgen hayvon yaratish. Hayvonlarni klonlash.................................................................................................................38 Immunobiotehnologiya va immun sistemasi. Hayvon to´qimalaridan foydalanib vaktsinalar olish …..……………………………………………………………..47 Farmatsevtik biotehnologiya va uning vazifalari hamda rivojlanish bosqichlari…….…………………………………………………………………52 Kirish So´nggi 50 yil mobaynida biotеxnologiya taraqqiyoti yuksak darajaga chiqdi. Biotеxnologiya rivojining hozirgi bosqichini rеvolyutsion dеb atash mumkin. Oxirgi yillarda nuklеin kislotalar strukturasi va funktsiyasi, DNK rеstriktsiyasi fеrmеntlari, ularning hujayradagi ahamiyati gеn muxandisligi usullari orqali aniqlandi, gibridomalar va monoklonal antitеlolar olindi, biotеxnologik jarayonlarga kompyutеr tеxnologiyalari tadbiq etila boshlandi. Insoniyatni tashvishga solib turgan eng yirik muammolar, jumladan, oziq-ovqat, enеrgеtika, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog´liqni saqlash kabilarni xal etishda biotеxnologiya o´zining salmoqli xissasini qo´shib kеlmoqda. Biotеxnologiyaning ulkan yutuqlari jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti uchun tеzkor va samarali xizmat qilmoqda. Yozilgan ushbu o'quv – uslubiy qo'llanma «Biotexnologiya maxsus boblari» fanini o'zlashtirishga oid bo'lib,paxta chigiti tarkibidagi fosfolipidlarni, tuhum fosfatidil-holinini o´rganish uchun fosfolipidlar aralashmasini aniqlash,tuhum fosfatidilholinini ajratish va tozalash,fitobiotehnologiyada ishlatiladigan ob´ektlar,tuban va yuksak o´simliklar hujayrasining tuzilishi va vazifalari,o´simliklarda gen muhandisligining o´rni va uning qo´llanilishi,plazmida va transpozonlar, o´simlik hom ashyolarining oziq - ovqat va farmatsevtika sanoatida ishlatilishi,hayvon hujayrasining tuzilishi va vazifalari ularni o´stirish usullari,hayvon hujayrasini ko´payishini biotehnologik nazorat qilish,gen muhandisligi yo´li bilan transgen hayvon yaratish, hayvonlarni klonlash,immunobiotehnologiya va immun sistemasi,hayvon to´qimalaridan foydalanib vaktsinalar olish,farmatsevtik biotehnologiya va uning vazifalari hamda rivojlanish bosqichlari kabi mavzularni o'z ichiga oladi. O'quv – uslubiy qo'llanmabiotehnologiya yo’nalishiuchun 54soatga mo'ljallangan. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling