«biotexnologiya» kafedrasi


-Mavzu: Shilimshiq (plazmodiy) larning tuzilishi, ko‘payishi va ahamiyati


Download 0.86 Mb.
bet111/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

5-Mavzu: Shilimshiq (plazmodiy) larning tuzilishi, ko‘payishi va ahamiyati.
Bu bo‘lim tarkibiga 450 tur xlorofilsiz organizmlar kiradi, ularni tuzilishi va hayot kechirishi o‘ziga xos turli tuman. Ularni ichida tuproqda erkin yashaydigan vakillari bo‘lib, chirigan, organik moddalar hisobidan oziqlanadi. Ayrim vakillari suvo‘tlari, zamburug‘lar va yuksak o‘simliklarning tanasida yashab parazitlik kiladi. Shilimshiqlarni vegetativ tanasi mikroskopik kichiklikda bo‘lib, bir hujayrali va bir yadroli yoki ko‘p yadroli amyoboid shaklda bo‘ladi. Ularni vegetativ tanasi plazmodiy deb ataladi. Plazmodiy ayrim hollarda bir necha o‘n santimetr bo‘ladi. Ayrim turlarida haqiqiy plazmodiy hosil qilmasdan psevdopodiy - yolg‘on oyoqlar chiqarib, amyobasimon harakat qiladi. Shilimshiqlarni ko‘pchilik vakillarida tanasi vegetativ stadiyasi amyoboid hujayradan iborat bo‘lib, bunday hujayra bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Ba’zi turlarida plazmodiy mayda bo‘laklarga bo‘linib, ikki xivchinli zoosporalarga o‘xshab harakat qiladi. Shilimshiqlarni ayrim vakillarini hayotiy siklida ba’zi xususiyatlari bo‘ladi. Chunonchi, erkin yashovchi plazmodiy ma’lum bir vaqtda, sharoit noqulay bo‘lib qolsa, meva tana hosil qiladi. Meva tana qattiq po‘st bilan o‘ralgan bo‘lib, ichida sporalar bo‘ladi. Parazitlik qilib yashaydigan vakillarida meva tana hosil bo‘lmaydi, ammo, lekin, plazmodiy xo‘jayin o‘simlik hujayrasida bo‘laklarga bo‘linib spora hosil qiladi. Sporalar yetilib qo‘lay sharoitga tushgandan so‘ng (agar namlik ko‘p bo‘lsa) po‘st yoriladi va undan bir-biriga teng bo‘lmagan sillik, ikki xivchinli zoospora yoki amyoba oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi, keyin ular bir-biri bilan qo‘shilib, diploid hujayra hosil bo‘ladi, bulardan plazmodiy rivojlanadi. Bularda jinsiy protsess bo‘lmaydi.
Shilimshiqlilar tuzilishi va taraqqiy etish xususiyatlariga asoslanib qo‘yidagi ajdodlarga bo‘linadi:
1. Oddiy tanasimonlar - Profosteliomycetes,
2. Haqiqiy shilimshiqsimonlar - Myxogasteromycetes,
3. Plazmodiforsimonlar - Plasmodiophoromycetes,
4. Hujayrali shilimshiqsimonlar - Asrasiomysetes.
Oddiy tanasimonlar ajdodining vakillarida xivchinli stadiyalarni saqlanib qolganligi, ularni evolyutsiya davomida erkin yashagan xivchinlilar (Flagellatae) guruhidan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Qadimgi xivchinlilarni orasida bo‘yalmagan rangsiz formalarda plazmodiy bo‘lgan, u shubhasiz, ularni quruqlikka chiqishini yengillashtirgan. Keyinchalik moslashib yashash natijasida spora hosil qiluvchi organ rivojlanadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling