«biotexnologiya» kafedrasi


Download 0.86 Mb.
bet97/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Qabila. Briopsonamolar – Briopsidales, Siphonales
Bu qabilaga kiruvchi suvo‘tlarni o‘ziga xos tuzilgan, ya’ni tallomi bo‘g‘inlarga bo‘linmay, balki hujayrasiz yaxlit, go‘yo bir gigant hujayradan iborat bo‘lgan to‘qimalar kiradi. Tallomi tashki tomondan ancha differensiyalangan bo‘lib, qalin, ba’zan bir necha qavatli po‘st bilan o‘ralgan. Hujayra devori atrofida sitoplazma, juda ko‘p mayda yadro va pirenoidsiz uvoq, tariqsimon xromatofora bo‘ladi. Xromatoforalarida xlorofill va karotinoidlardan tashqari sifonein va sifonoksantin pigmentlari bo‘ladi. Ko‘payishi vegetativ va jinsiy yo‘llar bilan boradi. Jinssiz ko‘payishi uchramaydi. Jinsiy ko‘payishi geterogamiya va ba’zan izogamiya. Ko‘pchilik sifonli suvo‘tlarni tallomi diploid xromosomali bo‘lib, gametalar hosil qilishdan avval reduksion bo‘linish sodir bo‘ladi. Ba’zi turlarida jinslarni izo-geteromorf gallanishi ko‘rinadi. Briopsidnamolarni aksariyati tropik dengizlarda, ayrim turlari Qora dengiz va Shimoliy dengiz suvlarida keng tarqalgan va toshlarni ustida yopishib o‘sadi. Vegetativ ko‘payishdan tashqari, ularni tarqalishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jinsiy ko‘payish ham uchraydi. Bularni jinsiy ko‘payishi anizogamiya (geterogamiya) vositasida bo‘ladi. Erkak va urg‘ochi gametalar shakli, rangi, katta-kichikligi va harakati bilan bir-biridan farq qiladi. Erkak gameta juda ham kichkina va tiniq sariq rangda, shu bilan birga ko‘zchasiz, tez harakatchan. Briopsisni ba’zi turlarida (Briopsis plumosa, Briopsis halimeniae) ikki uyli: erkak va urg‘ochi gametalari har xil to‘plarda taraqqiy etib, "patchalar" hosil qiladi. Patchalar markaziy ip bilan murakkab tuzilgan to‘siqlar bilan tutashgan. Ayrim turlari (Briopsis hypnoides) bir uyli; erkak va urg‘ochi gametalar bir joyda: erkak jinsiy hujayra gametangiy uchida, urg‘ochisi esa gametangi ostida taraqqiy etadi. Gametangiydan ajralib chiqqan gametalar suvni harorati18-24 S bo‘lgan vaqtda bir-biri bilan kopulyatsiya qiladi. Zigota tinchlik davrini o‘tmasdan o‘sib, kam shoxlangan va substratga chayqalib yopishgan kichkina ipga aylanadi bunga protonema deb ataladi. Protonema hujayrasi bitta yirik vakuolaga ega. Bu vakuola gametofit vakuolasiga nisbatan 8-20 marta yirik bo‘ladi. Protonema bir necha hafta bir oydan keyin ikki xil usul bilan o‘sadi. Ba’zan protonema o‘sib (bir fazali gametofit nasl beruvchi o‘simlikka aylanadi, yoki undan juda ko‘p mikdorda stefanokant zoosporalar hosil bo‘ladi. Bu zoosporalar protonema devorini yirtib chiqandan so‘ng o‘sib yangi briopsisga aylanadi. Protonemani bunday taraqqiy etishi faqatgina (Briopsis hypnoides) turlariga xosdir. Yevropani (Shimoliy va Boltiq dengiz)larida o‘suvchi turlarida bir fazali taraqqiy sikl, Janubiy Atlantika va O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida o‘suvchi turlarida ikki fazali taraqqiyot sikli uchraydi. Ikki fazali geteromorf taraqqiyoti sikli Briopsis plumosa turida aniqlangan. Bularni chayqalib yotgan sporofit (protonema) hujayrasining meyoz bo‘linishi natijasida stefanokant zoosporalar hosil bo‘ladi. Tallomi murakkab tuzilgan va differensiyalangan vakillariga kaulerpa (Caulerpa) misol bo‘ladi. Buni ko‘pchilik turlari tropik dengizlarida, ba’zi turlari masalan, Caulerpa prolifera. O‘rta yer dengizida tarqalgan. Uni uzunligi 50 sm va ba’zan undan ham uzunroq1 m etadigan populyasiyalari uchraydi. Tallomi gorizontal joylashgan silindrik tanadan pastga qarab juda ko‘p miqdorda rizoidlar chiqib substratga birikadi. Tananing yuqori qismidan tikka o‘suvchi va assimilyatsiya etuvchi novdalar o‘sib chiqadi. Bu novdalar assimilyatorlar deb ataladi. Ularni shakli va joylanishi har xil bo‘ladi. Masalan, Caulerpa verticillata - da assimilyatorlar silindrsimon bo‘lib, doira shaklida joylashgan, shuning uchun ham tashqi tuzilishi jihatidan qirqbo‘g‘in yoki xaraga o‘xshaydi. Bu ajdodga bir hujayrali ipsimon yashil suvo‘tlar kiradi. Ularni hayoti siklida harakatchan stadiyalar yo‘qdir. Zoosporalar va gametalar hosil bo‘lmaydi. Jinsiy ko‘payishi ikki vegetativ hujayralarning o‘zaro matashishi va ulardan birining protoplastini ikkinchisiga qo‘shilishi vositasida sodir bo‘ladi. Bu protsess kon’yugatsiya yoki matashish deb ataladi. Kon’yugatsiya protsessidan tashqari vegetativ yo‘l bilan ham ko‘payadi. Ko‘pchilik matashuvchilarda xromotofori hujayra markazida joylashgan. Aksariyat vakillari chuchuk suvlarda ba’zilari nam tuproq va sho‘r suvlarda tarqalgan. Bu ajdod to‘rtta qabilaga bo‘linadi, bo‘larning eng muhimlariga: mezotininamolar - Mesotaeniales, zignemanamolar - Zygnematales va desmidiumnamolar – Desmidiales kiradi. Mezotininamolar va zignenamolar qabilasining vakillarida hujayra jild bilan qoplangan, demediniumnamolarni hujayra po‘stida ikkita ba’zan, undan ham ko‘prok murakkab tuzilgan spora bo‘ladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling