Ko’paytirish. Dunyoning hayvonot bog’lari parvarishxonalarida ko’paytiriladi.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Surxon qo’riqxonasida, Boysun va Xazrat-bobo o’rmon ho’jaliklarida muhofaza ostiga olingan. SITESning I-Ilovasiga kiritilgan. Hududiy muhofazasini kuchaytirish va tutqinlikda ko’paytirishni tashkil etish lozim.
2007 yilning yanvar oyida “Zomin” Monitoring markazi (Jizzah viloyati) va “Jayron” Ekologik markazida (Buxoro viloyati) BMTTD homiyligi va “Eko--Energo” Markazining texnik yordamida quyosh photoelektrik stansiyalar hamda quyosh suv isitgich kollektorlari o'rnatildi. Photoelektrik stansiyalar quvvati 900 VT (500 Vt va 100 Vt – “Jayron” Ekomarkazida, 300 VT “Zomin” Monitoring markazida), suvgelioisitgichlarining esa 650 litr (250 litr va 150 litr “Jayron” Ekomarkazida va 250 litr “Zomin” Monitoring markazida).
“Jayron izidan” bolalar ekologik ekspeditsiyasi nihoyasiga yetdi.
Bolalar ekspeditsiyasi Toshkent shahridan Buxoro viloyatiga qarab yo'l oldi va Respublika nodir hayvonlarni ko'paytirish “Jayron” Ekomarkaziga bo'lib o'tdi.
5-9 iyun davomida ekspeditsiyaning barcha ishtirokchilari uchun Ekomarkaz bilan tanishish va uning rivoji uchun o'z ulushini qo'shish, cho'l hududining betakror tabiiy go'zalligi, qurg'ochilik zonasining hayvonot va nabotot bilan tanishish, Qizil Kitobga kiritilgan nodir hayvonlarni ko'rish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, Buxoro shahridagi tarixiy madaniy yodgorliklar bilan ham tanishdilar.
Har bir otryadda o'z belgilangan ishi, maqsadi va vazifalari bo'lib, bolalar zerikishiga vaqt yo'q edi. Har bir ish dala va kameral turlarga bo'lindi. Ekspeditsiyaning yosh qatnashchilari nafaqat yorqin taassurotlar, balki keyingi tahlil va o'rganish uchun foydali ma'lumot ham oldilar. Ekspeditsiya nihoyasidan so'ng ishtirokchilar to'plangan ko'pgina ma'lumotlarni to'pladilar, ular asosida maqolalar tayorlaydilar, matbuot-anjumanlari o'tkazadilar, o'z klublarida davra suhbatlarini o'tkazadilar.
Tadbirning asosiy maqsadi bolalar va yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyatiga jalb etish, ona tabiatni asrab-avaylash va unga mehribon bo'lishni o'rgatish bo'lib, tashkilotchilar fikricha mazkur vazifa to'liqligicha amalga oshirildi.
“Jayron izidan” bolalar ekologik ekspeditsiyasi natijalari bo'yicha matbuot-anjumani tashkil etilib www.econews.uzveb-sayti o'quvchilari bu haqda birinchi bo'lib ma'lumotga ega bo'ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |