Biozararlanish atrof muhitni inson tomonidan unga kiritilgan yangiliklarga javob reaksiyasidir


Download 5.1 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi5.1 Kb.
#1481026
Bog'liq
Hujjat


Biozararlanish – atrof muhitni inson tomonidan unga kiritilgan yangiliklarga javob reaksiyasidir. Inson yaratgan materiallar va mahsulotlar biosferada sodir bо‘layotgan tabiiy jarayonlarga kirishib ketib, tabiiy biotsenozlar tarkibiga qо‘shiladi. Biozararlanish bilan bog‘liq bо‘lgan barcha holatlarda bir tarafdan organizm va atrof muhit boshqa tarafdan inson qо‘li bilan yaratilgan bunyodkorlik mahsuli bir-biriga ta’sir qiladi. Bu komponentlarning о‘zaro ta’sirini avvalambor ularning xо‘jalik faoliyati va inson turmushi nuqtai nazaridan о‘rganishda biozararlanish muammosi kompleks ekologik-texnologik yondoshishlarga asoslanadi.

Kompleks yondoshuvlar biozararlantiruvchi agentlarni – tirik organizmlarning о‘zaro ta’sirini, ayniqsa shunday holatlarda, qachonki ular turli sistematik guruhlar, turlar va populyatsiyalarga yoki bir-biridan ekologik uzoq bо‘ganlarida hisobga oladi.

Ekologik-texnologik yondoshuvlarda biozararlovchi ta’sirdan samarali himoyalanishga imkon beruvchi bashorat qilish nazarda tutiladi. Ertilayotgan polimerlar strukturasiga biotsid xususiyatga ega elementlarni kiritish yoki yog‘och va boshqa mahsulotlarga ularni singdirish buning misoli bо‘lishi mumkin.

“Biozararlanishlar” tushunchasi inglizcha “biodeterioration” sо‘ziga tо‘g‘ri keladi. Bu tushuncha halqaro muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarni belgilash uchun yuzaga keldi, masalan, The Biodeterioration Society – Biozararlanishlar bо‘yicha Halqaro Jamiyat.

Mashhur olim Van der Kerk biozararlanishga quyidagiga ta’rif beradi: biozararlanish — organizmlar hayot faoliyati tufayli yuzaga kelgan materiallar xususiyatlaridagi о‘rinsiz о‘zgarishlardir. Rus olimi G.I.Karavayko bu tushunchani kengaytirib biozararlanish deganda organizmlar faoliyati tufayli materiallar xususiyatlarida sodir bо‘ladigan kerakli va keraksiz о‘zgarishlarni atashni taklif etgan. Ikkala tushuncha ham organizmlar zararlaydigan obyektlarni xilma-xilligini tо‘liq qamrab ololmaydi.

Shuni hisobga olib, biozararlanish tushunchasini biz tirik organizmlar faoliyati va ishtiroki bilan, kelib chiqishi antropogen yoki xomashyo sifatida foydalaniladigan tabiiy obyektlarni strukturaviy va funksional xarakteristikasi о‘zgarishini vujudga keltiradigan holatlarga tadbiq qilamiz.

Ushbu ifodani tо‘liq emasligini hisobga olgan holda, biozaralanish hodisalarini xilma-xilligini qamrab oluvchi va shuning uchun muammoni butunligicha aks ettiruvchi sifatida uni qarash mumkin. Albatta bunda har bir yо‘nalish muammolarini, obyektlarini va ularga qarshi himoya vositalarini о‘ziga xos masalalarini hisobga olgan holda qо‘shimchalari bilan qabul qilinadi. Bu ma’noda dengiz kemalarini bioqoplamalardan himoyalovchi mutaxassis о‘zini talqini, aerodromlardan qushlarni chо‘chituvchi ornitolog о‘z talqinini, kuya, terixо‘rlar va termitlar bilan shug‘ullanuvchi entomologdan farqli о‘laroq fikirlarni bildiradilar.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ekologik-antropogen-texnologik omillarning о‘zaro ta’siri asosida biosferani inson faoliyati natijasida kelib chiqqan mahsulot bilan tо‘ldirishi (ifloslanishi) bilan bog‘liq biotsenotik, landshaft-zonal va keng ma’noda biosferik hodisa-biozararlanishdir.

Biozararlanish vaziyatini vujudga keltiruvchi eng muhim komponentlar tirik organizmlardir, ular obyektga biozararlanish ta’sir etish manbai bо‘lib, maxsus vositalar bilan himoyalangan yoki himoyalanmagan bо‘ladilar.

Biozararlanishlarning manbai deb material, buyum, inshoot, tabiiy homashyolarga hujum qiluvchi va ularning xossalarini inson uchun nomaqbul qiluvchi organizmlarga ataladi. Bunday organizmlar biozararlanish agentlari yoki zararlantiruvchi organizmlar deb ham yuritiladi.

Inshootlar, buyumlar, materiallar, mahsulotlar organizmlar bilan zararlanganda foydali xususiyatlarini yо‘qotadilar. Ularni biozararlanish obyektlari yoki biozararlanadigan obyektlar deyiladi.

Biozararlanishning kelib chiqish sabablari tо‘g‘risida yagona fikr yо‘q. Biozararlanish hamisha, qanday bо‘lmasin, tо‘g‘ridan tо‘g‘ri yoki bir tomondan atrof-muhit bilan bog‘langan.



Biozararlanishlar jarayoni nafaqat atrof-muhit ta’sirini sezadi, о‘z navbatida о‘rab olgan barcha yaqin muhitni о‘zgartirib, unga ham ta’sir kо‘rsatadi.
Download 5.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling