Bipolyar tranzistorlar
Download 0.88 Mb.
|
1 2
Bog'liq28.Bipolyar tranzistorla.X.Raxmatila
Xulosa .
Yarimo‘tkazgichlilar oilasiga kiruvchi qurilma tranzistor deb ataladi. Ularning ikki turi mavjud bo‘lib, bipolar va maydonli tranzistor deb ataladi. Bipolar tranzistorlar apparaturalarda keng qo‘llanib kelinmoqda. Tranzistor so‘zining ma’nosi «transfer» – o‘zgartiruvchi va «resistor» – qarshilik degan ma’noni anglatadi. Yarimo‘tkazgichlilar, elektr o‘tkazuvchanligi katta bo‘lgan metallar bilan tok o‘tkazmaydigan dielektriklar o‘rtasida yotadi. Yarimo‘tkazgichli tranzistorlarda ikki chekkasidagi elektrodlar hamma vaqt o‘tkazuvchanligi bir xil bo‘lib, o‘rtasidagi elektrod o‘tkazuvchanligi esa qarama-qarshi tipda bo‘ladi. Qisqacha NP-N yoki P-N-P tipli deb aytiladi. Bipolar tranzistorlar chiqish uchlari baza, emitter, kollektor deb nomlanadi. Ular faol element hisoblanadi, p-n-p hamda n-p-n tipida tranzistorlar ishlab chiqariladi. Ular signallarni o‘zgartirish, kuchaytirish vazifalarini bajaradi. Bipolar tranzistorlarning qanday struktura sxemasiga ega bo‘lishidan qat’i nazar ularni uch elektrodli asbob deyiladi. Tranzistorni kuchaytirgich sifatida foydalanishda ular tok, kuchlanish va signali bo‘yicha kuchaytiradi. Ulanish sxemasi umumiy emitterli, umumiy kollektorli, umumiy bazali deyiladi. Ulanish sxemasini aniqlash uchun unga uzatilayotgan kirish va kuchaytirilayotgan chiqishiga qarab aniqlanadi. Kirish va chiqishda ikkita elektrod ishtirok etsa, ishtirok etmagan elektrod umumiy hisoblanadi. Tranzistor emitteridagi ko‘rsatkich (strelka) tok oqimini ko‘rsatadi, demak, p-n-p tipidagi transistor emitteriga + oziqlanish, kuchlanish uzatiladi, kollektordan olinadi, n-p-n tipidagi tranzistorga esa kollektoriga oziqlanish kuchlanishi uzatiladi, emitterdan olinadi. Bu tok oqib o‘tishi uchun bazaga kirish signali uzatilishi tranzistordan tok oqib o‘tadi, tranzistor bazasi 0,1 mv ochila boshlaydi. Bazaga kirish kuchlanishi ko‘payib borsa, undan oqib o‘tayotgan tok ham ortib boradi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling