3-TOPSHIRIQ
-
Bir – biriga tegib turgan 400 mm radiusli ikki alyuminiy sharning o‘zaro tortishish kuchini hisoblang.( 𝜌 = 2600 kg/m3 ).
-
Har – birining diametri d = 90 sm dan bo‘lgan, bir – biriga tegib
turgan ikkita temir sharning o‘zaro tortishish kuchi aniqlansin
-
Bir-biridan 90 sm masofada joylashgan sharchalarning biriga -9∙ 𝐶, ikkinchisiga esa 16 ∙ 𝐶 zaryad berilgan. Zaryadlangan sharchalar qanday kuch bilan tortishadi?
-
Zaryadlari 0,49 𝜇𝐶 va 9 𝑛𝐶 bo’lgan sharchalar qanday masofada 16 mN kuch bilan ta’sirlashadi?
-
Elektronlar orasidagi elektr itarishish kuchi ularning bir-biriga
gravitatsion tortishish kuchidan necha marta katta? (o’zaro itarish kuchi kulon qonunidan).
-
Maydon kuchlanganligi 1200 N/C bo’lgan nuqtada turgan manfiy
zaryadlangan sharchaga 160 µN kuch ta’sir qilmoqda. Sharchadagi ortiqcha elektronlar soni qancha?
-
Elektr zanjiridagi lampochkadan 15 minutda 120 C zaryad o’tgan bo’lsa, zanjirdagi tok kuchi nimaga teng?
-
Elektr zanjiriga ulangan lampochkadan 0,8 A tok o’tmoqda. Lampochka spirali orqali 15 minutda qancha zaryad o’tadi? Shu vaqt davomida lampochkadan o’tgan elektronlar sonini hisoblang.
-
Elektr zanjiridagi lampochkadan o’tayotgan tok kuchi 1.5 A ga teng.
Lampochka spiralidan qancha vaqtda 840 C zaryad o’tadi?
-
Uzunligi 900 m va ko’ndalang kesimining yuzasi 4 mm2 bo’lgan mis simning qarshiligini toping. ( 0,017 ∙ 10-6)
Do'stlaringiz bilan baham: |