Bir-biriga tegishib turuvchi qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarning nisbiy ko'chishiga qarshilik qilish hodisasi. Ichki va tashqi xillari bo'ladi


Download 107.06 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi107.06 Kb.
#1199756
Bog'liq
Ishqalanish


Ishqalanish - bir-biriga tegishib turuvchi qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarning nisbiy ko'chishiga qarshilik qilish hodisasi. Ichki va tashqi xillari bo'ladi. Tashqi — bir-biriga tegib turgan qattiq jismlar yoki biror jismning o'zaro tegib turgan boʻlakchalari harakatlanib, bir-biriga nisbatan siljiganda mexanik qarshilikning vujudga kelish jarayoni. Ikki jismning bir-biriga tegib turgan sirtlarining o'zaro taʼsir kuchi — tashki kuchi quyidagicha ifodalanadi: FumK=kN, bunda k — ishqalanuvchi sirtlarning xossalariga bog'liq bo'lgan koeffitsiyenti, N — jismga qo'yilgan kuch. Biron jismning boshqa jism sirti bo'ylab qanday harakat qilishiga qarab, statik yoki tinchlikdagi va kinetik xillari mavjud.
Gorizontal tekislikda ixtiyoriy yotgan jismga kuchi taʼsir qilmaydi. Agar jismni siljitish uchun unga kuch qoʻyilsa, vujudga keladi. Bir-biriga nisbatan qo'zg'almas bo'lgan sirtlar orasidagi tinchlikdagi deyiladi. Tinchlikdagi kuchi har doim jismga uning boshqa jism tegib turgan sir-tiga parallel yoʻnalishda qoʻyilgan kuch Gʻ ga moduli boʻyicha teng va unga qara-maqarshi yoʻnalgan boʻladi:Qattiq jismlarda sirpanib va du-malab yuz beradi. Bir jism boshqa jism sirtida harakatlanganda hosil boʻladigan kuchiga sirpanib kuchi deyiladi; sirpanib kuchi jismning tegib turgan boshqa jismga nisbatan koʻchishiga qaramaqarshi yoʻnalgan boʻladi.
Qattiq jismlarning sirpani-shida kuchi faqat sirtlarning xossalariga va bosim kuchigagina emas, balki harakat tezligiga ham bogʻliq boʻladi. Tezlik ortishi bilan koʻpincha kuchi dastlab keskin kamayadi; soʻngra yana oʻsa boshlaydi. Jismga va uning sirtiga berilgan ishlovga bogliq boʻlgan sirpanib koeffitsiyenti, shuningdek, jismning qattiqlik darajasiga bogʻliq boʻlgan dumalab koeffitsiyenti amalda katta ahami-yatga ega.
Sirpanish yoki dumalash boshlangunga qadar tash-qi kuchga qarshi taʼsir qilishni statik , harakat boshlangandan keyin unga qarshi taʼsir qilishni esa kinetik deyiladi. Bir xil sharoitda dumalab kuchi sirpanib kuchidan sezilarli darajada kichik boʻladi. Kuchini kamaytirish uchun ishqalanuvchi sirtlarning sirpanishini undagi gʻildi-raklar, roliklar va sharlarning du-malashi bilan almashtiriladi





Download 107.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling