Bir daqiqada qanday zikrlarni qilish mumkin, bilasizmi?


Download 4.27 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi4.27 Kb.
#1419207
Bog'liq
Bir daqiqada qanday zikrlarni qilish mumkin


Bir daqiqada qanday zikrlarni qilish mumkin, bilasizmi?

1. “Fotiha” surasini qiroat bilan besh marotaba o‘qishimiz mumkin. (“Fotiha”ni bir marta o‘qiganga 1400 savob berilishini hisobga olsak, besh marta o‘qib 7000 savobga ega bo‘lamiz).


2. O‘n marta “Ixlos” surasini o‘qisa bo‘ladi. (Bu surani uch marta o‘qish Qur’onni bir marta xatm qilishga tengdir. Demak, kuniga bir daqiqamizni “Ixlos” surasini o‘qishga ajratsak, oyiga 300 marotaba, yiliga esa 3600 marta “Ixlos” o‘qigan bo‘lamiz. Bu esa, 1200 marta Qur’onni xatm qilish deganidir).
3. Qur’oni karimdan bir sahifa o‘qish mumkin.
4. Qisqaroq bitta hadis, qisqa oyat yodlab olish imkoni bor.
5. O‘ttiz marotaba “La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh” kalimasini aytsak bo‘ladi.
6. 100 marotaba “Subhanallohi va bihamdihi”ni takrorlash mumkin (bu zikrni muntazam aytib yurgan kishining gunohlari dengiz ko‘pigichalik bo‘lsa-da, kechirib yuboriladi).
7. Qirq marotaba “La havla va la quvvata”ni aytish mumkin (mazkur zikrni qancha ko‘p aytsak, jannatga kirish imkoniga shunchalik yaqin kelamiz).
8. Oltmish marotaba “Astag‘firulloh al-azim”ni qaytarsa bo‘ladi (bu zikr ortidan Rabbimizning afviga umid qilishimiz mumkin).
9. “Alloh”, “Alloh”, “Alloh” deb o‘rtacha 150 marotaba zikr qilishimiz mumkin. Chunki, Allohning zikri ila qalblar orom topur.
10. Yigirma besh marotaba salavot aytish mumkin. (Bir marta salavot keltirishda 250 savob bor. Ko‘p salavot aytish orqali Rasululloh (s.a.v.)ning shafoatlaridan bahramand bo‘lishimiz mumkin).
Download 4.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling