Bir havodan nafas olish mas`uliyati


Download 40.01 Kb.

Sana10.01.2019
Hajmi40.01 Kb.

Bir havodan nafas olish mas`uliyati 

Bugungi  kunda  barchani  tashvishga  solayotgan  transchegaraviy  ekologik  muammolarni 

bartaraf  etish,  xalqaro  hamjamiyatning  bu  boradagi  sa`y-harakatlarini  kuchaytirish 

dolzarb  ahamiyat  kasb  etadi.  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  «O'zbekiston  XXI  asr 

bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  nomli 

asarida ta`kidlanganidek, «Xalqaro hamjamiyat insonning nafaqat yashash huquqi, balki 

to'laqonli  va  sog'lom  turmush  kechirishi  uchun  zarur  mo'`tadil  atrof-muhit  sharoitlariga 

ham bo'lgan huquqlarining muqaddas va daxlsizligini allaqachonlar e`tirof etgan. 

Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi 

bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi...».  

Xalqaro  huquqiy  tajriba,  zamonaviy  fan,  texnika  va  texnologiyalar  asosida  ekologik 

xavfsizlikning  mukammal  tizimini  shakllantirish  O'zbekistonda  bu  borada  amalga 

oshirilayotgan  islohotlarning  asosiy  shartlaridan  biri  hisoblanadi.  Mamlakatimizda 

ekologik  xavfsizlik  sohasidagi  siyosat  O'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi, 

qonunlari,  O'zbekiston  Respublikasi  Milliy  xavfsizlik  konsepsiyasi,  shuningdek,  atrof-

muhit 

va 


barqaror 

rivojlanish 

bo'yicha 

Rio-de-Janeyro 

va 

Yoxannesburg 



deklaratsiyalarining tamoyillari asosida xalqaro konvensiyalar va shartnomalardan hamda 

yetakchi  davlatlarning  qonunchilik  sohasidagi  tajribalaridan  kelib  chiqadigan  davlat 

majburiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi. 

Milliy  siyosat  va  xalqaro  hamkorlikning  asosiy  yo'nalishlari  mamlakatning  ekologik 

salohiyatini  saqlashga  va  mustahkamlashga  asoslangan.  Shu  maqsadda  O'zbekiston 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bilan atrof 

tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish  sohasida  faol  hamkorlikni  yo'lga  qo'yib,  atrof-muhit  va 

barqaror  rivojlanish  bo'yicha  o'nlab  xalqaro  konvensiyalarni  ratifikatsiya  qildi.  Xalqaro, 

mintaqaviy  muammolarni  hal  etish  uchun  Barqaror  rivojlanish  konsepsiyasi  va  Milliy 

strategiyasi,  «XXI  asr  kun  tartibi»,  atrof-muhit,  aholi  salomatligi  muhofazasi,  biologik 

xilma-xillikni  saqlash,  cho'llanishga  qarshi  kurash,  ozon  qatlamini  yemiruvchi 

moddalardan  foydalanishni  to'xtatish,  chiqindilarni  boshqarish  bo'yicha  Milliy  harakat 

rejalari, issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish Milliy  strategiyasi va boshqalar qabul 

qilindi.  

 HAMKORLIKDAGI HARAKAT ZARURATI 

 Atmosfera 

havosini 

transchegaraviy 

muhofaza 

qilish 


umumjahon 

ekologik 

muammolardan  sanalib,  1979  yilda  qabul  qilingan  BMT  Yevropa  iqtisodiy 

komissiyasining  (YeIK)  Atmosfera  havosining  uzoq  masofalarida  transchegaraviy 

ifloslanishi  to'g'risidagi  konvensiyasi  atmosfera  havosini  ifloslantirishga  qarshi 

kurashishda hamkorlikdagi harakatlar uchun asos yaratdi. Konvensiya atmosfera havosini 

ifloslantirish,  uning  mintaqaviy  darajadagi  oqibatlarini  o'rganish  va  monitoringi  hamda 

chiqindilarni  kamaytirish  strategiyasini  ishlab  chiqish  sohasida  sa`y-harakatlarni 

birlashtirishni  ta`minlovchi  asosiy  xalqaro  kelishuvlardan  biri  hisoblanadi.  1984  yildan 

boshlab  to  hozirgi  davrga  qadar  oltingugurt  (oltingugurt  dioksidi),  azot  oksidlari, 

uchuvchan  organik  birikmalar,  og'ir  metallar  va  barqaror  organik  ifloslantiruvchi 


chiqindilar  hamda  transchegaraviy  oqimlarning  qisqartirilishiga  qaratilgan  sakkizta 

protokol qabul qilingan. 

Atmosfera  havosining  transchegaraviy  ifloslanishining oldini olish bugungi kunning  ham 

dolzarb  vazifalaridan  biri  sanaladi.  O'zbekistonning  havo  ifloslanishiga  qarshi  kurash  va 

havoning  sifatini  nazorat  qilish  sohasidagi  o'z  strategiyasi  bor.  Davlatimiz  1992  yil  8 

fevralda  MDH  davlat  boshliqlari  imzolagan  bitimga  muvofiq  tuzilgan  MDH 

mamalakatlari  Davlatlararo  ekologiya  kengashining  to'laqonli  a`zosidir.  O'zbekiston 

hukumati  tomonidan  ekologik  muammolarni  bartaraf  etish  borasida  keng  ko'lamli  ishlar 

amalga oshirilmoqda. 

Ammo,  O'zbekiston  tomonidan  ko'rilayotgan  chora-tadbirlar  bilangina  umummintaqaviy 

ekologik  muammolarni  to'la  yechib  bo'lmaydi.  Buning  uchun  Markaziy  Osiyo 

davlatlarining  barchasi  birdek  harakat  qilmog'i  talab  etiladi.  Kezi  kelganda  ta`kidlash 

lozimki,  36  yildan  buyon  qo'shni  Tojikistondagi  «Tojikiston  alyuminiy  kompaniyasi» 

davlat  unitar  korxonasining  atmosfera  havosiga  zararli  tashlanmalarining  bevosita  ta`sir 

doirasida  Surxondaryo  viloyatidagi  bir  milliondan  ortiq  aholi  yashaydigan  Sariosiyo, 

Uzun,  Denov,  Oltinsoy,  Sho'rchi,  Qumqo'rg'on  tumanlari  hududi  aholisi  endokrin  va 

suyak-bo'g'in  tizimi,  nafas  olish  yo'llari,  tug'ma  nogironlik,  flyuoroz  va  onkologik 

kasalliklardan borgan sari  ko'proq aziyat chekmoqdalar. Chunki, bu tumanlarning aholisi 

sutkaning  18-19  soati  davomida  ekologik  nuqtai  nazardan  zaharli  –  zavod  mo'rilaridan 

tashlanayotgan, tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo'lgan ftorli vodorod va boshqa 

qo'shilmalar mavjud havodan nafas olishga majbur bo'lmoqdalar. 

 EKOTIZIMDAGI MUAMMOLAR 

Alyuminiy  olish  jarayonida  ftorli  vodoroddan  tashqari  katta  miqdordagi  uglerod  va 

oltingugurt  oksidlari  kabi  zaharli  gazlar  ajralib  chiqib,  insonda  yiringli  bronxit,  o'pka 

shamollashi,  bosh  aylanishi,  migren,  qon  bosimining  oshishi  kabi  kasalliklarni  keltirib 

chiqarmoqda.  Bunday  zaxarli  tashlanmalar,  ayniqsa,  bo'lajak  onalar  salomatligiga  juda 

salbiy ta`sir ko'rsatmoqda. Oqibatda, ularning tug'ish davrida ekologik muammolar tufayli 

yuzaga  kelgan  turli  darajadagi  asoratlar  sababli  chaqaloqlar  jarohatlangan  miya,  miya 

sholi  kasalligi,  turli  xil  bel-miya  churrasi,  yuqori  va  pastki  jag'dagi  nuqsonlar  hamda 

boshqa  jarohatli  xastaliklar  bilan  dunyoga  kelmoqda.  Ushbu  hududda  yashovchi  6 

yoshdagi  bolalarni  tibbiy  ko'rikdan  o'tkazish  natijalari  hududdagi  maktabgacha  yoshdagi 

bolalarning  36,5  foizi  jismoniy  va  aqliy  rivojlanishdan  orqada  qolayotganini 

ko'rsatmoqda. 

Ftorli  vodorod  va  boshqa  zaharli  moddalar  qishloq  xo'jalik  mahsulotlari  tarkibida  ham 

ko'plab  uchrayotgani  nihoyatda  achinarlidir.  Jumladan,  bunday  zaharli  moddalar  1 

kilogramm  bug'doyda  13,2,  no'xatda  57,4,  kartoshkada  52,6,  sabzida  55,7,  sutda  37,2, 

olmada 57,3 milligrammni tashkil etayotir. Bu belgilangan me`yoriy miqdordan 3-5 marta 

ortiqdir.  

Surxon vohasida mazasi tilda qoladigan, shirinligi bilan mashhur, hovuchga sig'maydigan 

ekologik toza anorlar, shaftoli  va  o'riklar  yetishtirilgan.  Bugun esa ekologik ta`sir tufayli 

ularni  yetishtirishning  imkoni  bo'lmayotir.  Bog'lar  yo'qotilmoqda.  Borlarining  ham 


mevasini  iste`mol  qilish  xavfli.  Qoramol  va  ushoq  mollarning  tishi  to'kilib,  ularning  suti 

tarkibi o'zgarayapti. 



Surxondaryo  viloyati  iqlimi  o'ta  issiq  bo'lib,  ba`zan  harorat  40-45  darajagacha 

ko'tariladi.  Ma`lum  bo'lishicha,  ftor  bunday  haroratda  juda  faollashadi.  U  o'simlik 

va  suvda  to'planib,  chorva  mollarining  suyagini  yemiradi.  Tadqiqotlar  birinchi 

darajali  flyuoroz  bilan  36  foiz,  ikkinchi  darajalisi  bilan  40  foiz,  uchinchi  darajalisi 

bilan esa 35 foiz chorva mollari kasallanganini tasdiqladi. 

Ilgari  Sariosiyo  tumanida  yiliga  400  tonnagacha  ipak  yetishtirilar  edi.  Ekotizimning 

buzilgani  oqibatida  tumanda  ushbu  serdaromad  soha  bilan  shug'ullanish  imkoni  bo'lmay 

qoldi.  Chunki  tut  barglari  ipak  qurti  uchun  haqiqiy  zahri  qotilga  aylandi.  Vaholangki, 

atmosfera  havosining  transchegaraviy  ifloslanishi  oldini  olish  borasida  1994  yil  17 

noyabrda  Toshkent  shahrida  «O'zbekiston  Respublikasi  hukumati  va  Tojikiston 

Respublikasi  hukumati  o'rtasida  Tojikiston  alyuminiy  zavodining  salbiy  ta`siri 

mintaqasidagi  ekologik  holatni  yaxshilashda  hamkorlik  qilish  to'g'risida»gi  kelishuv 

imzolangan.  

Mazkur Kelishuvni rivojlantirish maqsadida 1994-1998 yillar davrida uni amalga oshirish 

bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo'lib, o'zaro harakatlar tartibini ishlab chiqish va 

ularni  muvofiqlashtirish  hamda  kelishuv  ijrosini  nazorat  qilish  bo'yicha  ishchi  guruhlari 

tuzildi. 

O'zbekiston Respublikasining sohaga mas`ul xodimlari 1995 yilning iyun oyida Tojikiston 

alyuminiy  zavodini  ko'zdan  kechirib  chiqib,  korxona  rahbariyatiga  ftorli  vodorod 

moddasining  atmosfera  havosiga  betartib  va  ko'p  miqdorda  tashlanishiga  olib  keluvchi 

alyuminiy ishlab chiqarish texnologiyasidagi bir qator qoidabuzarliklarni aniqlab ko'rsatib 

berishdi.  1995-1996  yillarda  O'zbekiston  Respublikasi  va  Tojikiston  Respublikasi 

o'rtasidagi  mazkur  hujjat  ijrosini  nazorat  qiluvchi  hukumatlararo  organning  ikkita 

yig'ilishi  o'tkazildi.  Kelishuvga  binoan  ishlarni  amalga  oshirish  uchun  tomonlarning 

ekolog-olim  va  mutaxassislaridan  iborat  guruhlar  tuzildi.  Ular  tomonidan  to'rtta  ilmiy-

tadqiqot  dasturlari  ishlab chiqildi.  Ammo  Tojikiston  hukumatining sustkashligi oqibatida 

dastur  amalga  oshirilmay  qolib  ketdi.  Xo'sh,  Tojikiston  hukumatining  1979  yilda  qabul 

qilingan  BMT  Yevropa  iqtisodiy  komissiyasining  (YeIK)  Atmosfera  havosining  uzoq 

masofalarida  transchegaraviy  ifloslanishi  to'g'risidagi  konvensiyasi  talablariga  zid 

ravishdagi xatti-harakatlarini qanday baholash mumkin? Yoxud 1992 yil 8 fevralda MDH 

davlat  rahbarlari  imzolagan  bitimga  muvofiq  tuzilgan  MDH  mamalakatlari  Davlatlararo 

ekologiya  kengashining  nizom  va  dasturlariga  amal  qilmaslik,  o'z  manfaatlarini  o'ylab, 

o'zining hamda qo'shni davlat aholisi sog'ligi va salomatligini hamda o'simlik va hayvonot 

dunyosini zaharlayotganini qanday izohlash mumkin?  

2010 yil 4 oktyabr kuni Vengriyaning Ayka shahridagi alyuminiy zavodi uchun xomashyo 

tayyorlab beruvchi korxonada kuchli portlash yuz berishi oqibatida zaharli chiqindi, «qizil 

shlam-quyqa»  saqlanadigan  rezervuar  yorilib  ketishi  natijasida  bir  million  kubometrga 

yaqin  toksin  moddalar  tevarak-atrofga  yoyildi.  Bu  esa  inson  salomatligiga,  atrof  tabiiy 

muhitga  salbiy  ta`sir  ko'rsatishi  bilan  birga  transchegaraviy  daryolardan  biri  bo'lgan 


Dunay daryosi suvlarining ifloslanishiga olib keldi. Mazkur holatdan Tojikiston hukumati 

ham tegishli xulosa chiqarib olsa o'zi uchun foydadan xoli bo'lmas edi. 

 OQILONA MUNOSABAT ZARURATI 

 Atrof-muhit,  aholi  salomatligini  muhofaza  qilish  va  ekologik  vaziyatni  sog'-

lomlashtirishda  keng  jamoatchilikning  faol  ishtirokini  ta`minlash,  atrof-muhit  holatining 

inson  salomatligi  bilan  o'zaro  munosabati  yuzasidan  O'zbekiston  ekologik  harakati  keng 

jamoatchilik, o'zini-o'zi boshqarish organlari ishtirokida qator tadbirlar o'tkazib kelmoqda. 

Ayniqsa,  Ekoharakat  faollarining  «Tojikiston  alyuminiy  kompaniyasi»  davlat  unitar 

korxonasi  faoliyatining  atrof-muhitga  va  inson  salomatligiga  zararli  ta`siriga  qarshi 

Surxondaryo  viloyatida  o'tkazgan  ommaviy  tadbirlari  O'zbekiston  ekologik  harakatining 

o'z maqsad va vazifalariga erishish yo'lidagi amaliy sa`y-harakatlarining yorqin isbotidir. 

O'zbekiston  ekologik  harakati  vakillari  2011  yilning  6  sentyabr  kuni  Surxondaryo 

viloyati  aholisining  «Tojikiston  alyuminiy  kompaniyasi»  davlat  unitar  koxonasi 

faoliyati  natijasida  aholi  salomatligiga  va  atrof-muhitga  yetkazilayotgan  salbiy 

ta`sirga  qarshi  jamoatchilik  noroziligi  aks  etgan  murojaatni  Birlashgan  Millatlar 

Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasiga topshirdilar. 

Xulosa  o'rnida  aytish  joizki,  bir  mintaqada,  bir  daryodan  suv  ichib,  bir  havodan  nafas 

olayotgan  davlatlarning  ekologik  muammolari  ham  birdir.  Uni  yechishda  ham  birlik, 

hamjihatlik  muhim  ahamiyatga  ega.  Shu  nuqtai  nazardan,  vujudga  kelgan  ekologik 

vaziyatni  hisobga  olgan  holda,  transchegaraviy  ifloslanish  masalalari,  ekologik,  ijtimoiy 

va  iqtisodiy  muammolarni  hal  etish  asnosida  bajariladigan  yagona  tizim  va  xolis 

yondashuv  O'zbekiston  Respublikasi  bilan  birga  Tojikiston  Respublikasi  uchun  ham 

dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat 

unitar  korxonasi  tashlamalarining  salbiy  ta`siriga  duchor  bo'lgan  hududning  ekologik 

holatini  yaxshilash  bo'yicha  samarali  chora-tadbirlar  ishlab  chiqilishi  lozim.  Bu  kabi 

chora-tadbirlarni  amalga  oshirayotganda  va  tegishli  hujjat  hamda  materiallarni 

tayyorlayotganda  o'zaro  manfaatli,  mingyillik  qo'shnichilik  va  samarali  hamkorlik 

doirasida  xolis,  vazmin  yondashuvni  namoyon etish zarur bo'ladi. Qolaversa, atrof-muhit 

muhofazasini  yaxshilash,  ekologik  barqarorlikni  ta`minlashga  ustuvor  vazifa  sifatida 

qarab,  nafaqat  bugungi,  balki  kelajak  avlodlarimiz  taqdiri  uchun  ham  mas`ul  ekanimizni 

unutmasligimiz kerak.  



Abdurahim QURBONOV, 

Siddiq ABDUBOQIEV,  

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  

Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi a`zolari. 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling