Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


Ko'p hujayralilarning kelib chiqishi


Download 44.94 Kb.
bet20/31
Sana14.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1006500
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
asosiy zoologiyaaaa

Ko'p hujayralilarning kelib chiqishi
Ko‘p hujayralilami bir hujayralilardan kelib chiqqanligi isbot qilingan. Lekin ular bir hujayralilarning qaysi guruhidan kelib chiqqanligi to ‘ g ‘ risida turli fikrlar mavjud. Chunki ko‘p hujayrali organizmlar uchun xos bo'lgan ayrim belgilarni (masalan, ko‘p yadrolik) bir hujayralilarning turli guruhlari orasida kuzatish mumkin. Bu xususiyat soxtaoyoqlilar (nurlilar), xivchinlilar (opalinalar) va hamma infuzoriyalar uchun xos. Ayrim hollarda yadrolar sonining ortishi bilan birga boshqa organoidlar soni ham ortadi (masalan, Hypermastigina turkumi vakillari), hatto ba’zan ko‘p hujayrali organizm ham shakllanadi (masalan, m iksosporidiyalar). Lekin sanab o ‘tilgan hayvonlaming ko‘pchiligi parazit hayot kechiradi va ulaming keyingi taraqqiyoti hech qachon ko‘p hujayralilarning kelib chiqishiga olib kelolmaydi. Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi muammosini hal etishda koloniya bo‘lib yashovchi hayvonlar muhim o‘rin tutadi. Ko‘p hujayralilarning volvoksga o'xshash koloniyali xivchinlilardan kelib chiqqanligini hozir ko ‘pchilik olimlar tan oladilar. Koloniyali bir hujayralilardan ko ‘p hujayralilarning paydo bo ‘lishi to 'g'risida bir qancha nazariyalar bor.
1. Gastrey nazariyasiga binoan ko‘p hujayralilarning qadimgi ajdodlari sharsimon koloniyali hayvonlar bo'lgan. Bu nazariyaning asoschisi E. Gekkel (1874) hisoblanadi. Ko'p hujayrahlar embrional rivojlanishida gastrula stadiyasida ichki ikkinchi embrion varag'ini blastula devorini blastula bo‘shlig‘iga botib kirishi - invaginatsiya natijasida hosil bo'lishi bu fikmi tasdiqlaydi. Gekkel fikrichako‘p hujayralilarning dastlabki ajdodi sharsimon koloniyadan uning bir bo ‘lagini ikkinchi bo ‘lagi ichiga botib kirishi natijasida hosil bo‘lgan; gastrula bo‘shlig‘i birlamchi ichak bo‘shlig‘iga aylangan, u og‘iz teshigi bilan tashqariga ochilgan. Gekkel “gastrey” deb atagan bu gipotik organizm suvda kipriklar yordamida suzib yurgan; jinsiy ko'paygan.
2. Fagotsitella nazariyasi. Bu nazariyani 1886 yilda 1.1. Mechnikov asoslab berdi. Tuban tuzilgan ko'p hujayralilarning gastrula stadiyasi invaginatsiya yo‘li bilan emas, balki ayrim hujayralaming blastula bo‘shlig‘i (blastotsel) ga ko‘chishi - immigratsiya natijasida hosil bo'lgan. Keyinchalik ichki hujayralar tig'iz joylashuvi bilan birlamchi ichak bo‘shlig‘i gastrotsel, keyinroq birlamchi og'iz blastopor hosil bo'lgan. Mechnikov ham Gekkel singari ko'p hujayrali hayvonlami koloniyali bir hujayralilardan kelib chiqqanligini tan oladi. Lekin uning ko'rsatishicha ichki qavat qutblardan biridagi hujayralaming botib kirishi bilan emas, balki hujayralaming ichki bo'shliqqako'chib o ‘tishi tufayli hosil bo‘ladi. Hujayralami ichki bo'shliqqa o ‘tishi ulami oziqni hazm qilishga ixtisoslashuvi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham 1.1. Mechnikov bunday hujayralami fagotsitoblastlar, o'z nazariyasini esa, “fagotsitella “deb ataydi. Ko‘p hujayrali hayvonlaming ajdodlarida ikkita (ektoderma, endoderma) qavatning paydo bo‘lishi ulardagi hujayralaming funksional ixtisoslashuviga olib keldi. Buning natijasida tashqi qavat hujayralari xarakatlantirish va sezish, ichki qavat esa hazm qilish va jinsiy organlar sistemasi funksiyasini bajarishga moslashadi. Ko'pchilik zoologlaming fikricha, ko‘p hujayralilar bevosita sharsimon koloniya bo'lib yashovchi bir hujayralilardan kelib chiqqan. Lekin A. A. Zaxvatkinning fikricha, E. Gekkelning “Gastreya” va I. I. Mechnikovning “Fagotsitella” nazariyalari ko‘p hujayralilaming kelib chiqishini aniq aks ettirmaydi. Chunki blastula va gastrula voyaga yetgan organizmlar ajdodlari tuzilishini ifodalamaydi, balki turlarni tabiatda tarqalishiga imkon beruvchi erkin hayot kechiradigan lichinkalari hisoblanadi. Ko 'p hujayralilami qadimgi ajdodlari koloniya bo ‘lib yashashdan g'ovak tanlilar va gidroid poliplar singari o‘troq hayot kechirishga o ‘tgan hayvonlar bo'lgan. Lekin bu fikr haqiqatdan ancha yiroq deyish mumkin. Chunki hazm sistemasi rivojlanmagan va sodda o'troq hayvonlardan murakkab tuzilishga ega boigan hayvonlami kelib chiqishiga ishonib bo 'lmaydi.


Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling