Bir jinsli shaxslarning o’zaro oila qurishi


Download 23.8 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi23.8 Kb.
#1354503
  1   2   3
Bog'liq
Essey Turdiboyev Zohidjon


A-1 guruh talabasi
Turdiboyev Zohidjon
Essey

Bir jinsli shaxslarning o’zaro oila qurishi”


Mazkur masala xalqaro hamjamiyat va dunyo mamlakatlari aholisi o’rtasida keng muhokamalarga sabab bo’layotgan xatto ijtimoiy va siyosiy qarama-qarshiliklar keltirib chiqarayotganini ko’rib turibmiz.


Bir jinsli shaxslarning o’zaro oila qurishini qo’llovchilar inson balog’atga yetishi bilan hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o’tishi va oila qurishga haqli hisoblashadi.
Aslini olganda ijtimoiy jamiyat taraqqiyot davrida yuzaga kelgan barcha muammolariga vaqt o’tgani sayin javob topib rivojlana borgan. Hozirgi davrda biz amal qilayotgan ijtimoiy odob-axloq normalari ham shu tarzda yuzaga kelgan.
Oila huquqi fuqarolik huquqining alohida sohasi bo'lib, uning huquqiy normalari oilaviy munosabatlarni, shuningdek, nikohda yoki yaqin qarindosh bo'lgan fuqarolar o'rtasidagi shaxsiy mulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Butun dunyoda nikoh, oilaviy, reproduktiv va jinsiy xulq-atvor sohalarida yangi tendensiyalar mavjud. Zamonaviy jamiyatlarda nikohda sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi - odamlarning oilaviy va jinsiy xulq-atvori, biologik, reproduktiv normalar endi nasl berish bilan cheklanmaydi. Ko'pincha urg'u jinsiylikning o'ziga xos qiymatini va uning namoyon bo'lishining o'zgaruvchanligini tan olishga qaratilgan. Nikohning muqobil turlarining tarqalishi va ularni rasmiy nikohga tenglashtirish nikohni huquqiy va ijtimoiy institut sifatida aniqlash, nikoh rollarini bajarishda noaniqlik, ularning boshlanish va tugash vaqti, huquq va majburiyatlar doirasi muammolariga olib kelmoqda. Bunda xalqaro standartlar ya’ni aniqlik kiritish zaruriyati paydo bo’lganiga qaramasdan. Dunyo aholisi o’rtasida bir qarorga kelinmayapti.
Masalan Amerika va Yevropaning ba’zi davlatlarida bir jinslilar o’rtasida nikohga qonuniy ruhsat berilgan. Islom va musulmon davlatlari va ba’zi g’arb davlatlarida bunga rasmiy va norasmiy ta’qiqlar qo’yilgan.
Esseydan maqsad bir jinslilar o’rtasidagi nikoh inson huquqlarini bir ko’rinishimi yoki inson huquqlarining buzlishimi? Shu savolga shaxsiy subyektiv munosabatni bildirmoqchimiz.
Oila insoniyat barcha jabhalarda taraqqiy etishi va rivojlanishida muhim o’rin tutgan. Oila naslning ko’payishidan ko’ra erkak va ayolning o’ziga xos xususiyatlarini jamlagan jamiyat xujayrasi sifatida bilaman. Ya’ni ayolning oiladagi o’zi xos rolini erkak jins vakili bajara olmaydi, yoki erkakning rolini ayol bajarolmaydi. Bu butun insoniyatning shu kungacha shakllantirgan qadriyatlardan biridir.
Dunyodagi barcha jahon va milliy diniy e’tiqodlarda ham bir jinslilar nikohiga targ’ib yo’q bo’lib, balki unga ta’qiq mavjud. Bu ham yuqoridagi masalaga qarshi ma’lumot bo’la oladi.
Undan tashqari sog’lom aql va mantiq bilan o’ylab ko’rilsa ham inson erkak va ayol jins vakili bo’lishining o’zi ularning bir-biriga ehtiyoj sezadigan tom ma’noda bir-birini to’ldiradigan mavjudot ekanligini bildiradi. Buni anglash uchun tibbiy bilimlarni chuqur o’zlashtirish talab etilmaydi.
Bir jins vakillari oila a’zolari sifatida bir-birlari qo’llab quvvatlashlari, yordam berishlari hamda insoniy jihatdan samimiy munosabatlar op’rnatishi mumkin. Lekin er-xotin munosabatlariga kirishishlari bu ularning xalqaro standartlarda ko’rsatilganidek, inson huquqlarini ko’rinishlaridan biri emas.

Download 23.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling