Bir kaskadli past chastotali kuchaytirgich ishini o’rganish” laboratoriya ishi bo’yicha hisobot№7
Download 125 Kb.
|
Elektronika 7-laboratariya Qurbonov Shoxrux(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: XusnidinovaNozimaFaxridinovna AmetovaAlieAyderovna _____________________________________________________________________________
- Javoblar Kuchaytirgich
- Bipolyar tranzistorning
Toshkent davlat transport universiteti «Radioelektron qurilmalar va tizimlar»kafedrasi “Elektronika”fanidan “BIR KASKADLI PAST CHASTOTALI KUCHAYTIRGICH ISHINI O’RGANISH” LABORATORIYA ISHI BO’YICHA HISOBOT№ 7 Bajardi: 2kurs (3semestr) (2020-2021 o’quvyili) AB-226 guruh talabasi Qurbonov Shoxrux Tekshirdi: XusnidinovaNozimaFaxridinovna AmetovaAlieAyderovna _____________________________________________________________________________ Ishning maqsadi: Bir kaskadli past chastotali kuchaytirgich ishini o’rganish. Nazorat savollari Kuchaytirgich nima? ACHX ga past va yuqori chastotalarda sxemaning qaysi elementlari ta’sir ko‘rsatadi? Tranzistorning ishchi nuqtasi qanday topiladi? Bipolyar tranzistorda ulanish sxemasilari bir – biridan qanday farq qiladi? Javoblar Kuchaytirgich (texnikada) -kuchlanish, quvvat va boshqalarni oʻzatadigan yordamchi manba energiyasidan foydalanib kuchaytiradigan qurilma. Foydalaniladigan energiya turiga qarab elektr, magnit, gidravlik, pnevmatik va mexaniq K.lar boʻladi. Bu turdagiqurilmalarning oʻzgartgichlardan far-qi, K.da chiqayotgan va kirayotgan signallar orasidagi aloqa uzluksiz va bir xil ishorali boʻladi. Elektromagnit toʻlqin energiyasini oshiradigan, elektr impulyelarini kuchaytiradigan, asosiy mexanizmning taʼsir ku-chini oshiradigan K.lar bor. LC-konturli garmonik tebranishlar generatorlari LC-generatorlar, fazalovchi RC-zanjirlisi esa RC-generatorlari deb ataladi. LC-generatorlari yetarlicha yuqori chastotada (100 kHz da ko‘p) tebranishlar, RC-generatorlar esa past chastotali garmonik tebranishlar (gersning bir qismidan to o‘nlab kilogersgacha) ishlab chiqaradi. Past chastotali va yuqori chastotali diapazonli garmonik tebranishlar generatorlari o‘lchov vositasi uchun 2 ko‘rinishda – signallar generatorlari (SG) – past chastotali generatorlar va standart signallar generatorlari (SSG) – yuqori chastotali tebranishlar generatorlari sifatida bajariladi. SSG ancha yuqori barqaror chastotalar va shakllarga ega, lekin SGga nisbatan chiqish signali darajasi past. Bipolyar tranzistor (ВТ) deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita p-n o‘tishdan tashkil topgan va signallarni tok, kuchlanish yoki quvvat bo‘yicha kuchaytiruvchi uch elektrodli yarimo‘tkazgich asbobga aytiladi. BT da tok hosil bo'lishida ikki xil (bipolyar) zaryad tashuvchilar - elektronlar va kovaklar ishtirok etadi. ВТ p - va n - o‘tkazuvchanlik turi takrorlanuvchi uchta (emitter, baza va kollektor) yarimo‘tkazgich sohaga ega. Bipolyar tranzistorning ulanish sxemalari Tranzistor sxemaga ulanayotganda chiqishlaridan biri kirish va chiqish zanjiri uchun umumiy qilib ulanadi, shu sababli quyidagi ulanish sxemalarimavjud: umumiy baza (UB) (3 a-rasm); umumiy emitter (UE) (3 b-rasm); umumiy kollektor (UK) 3 v- rasm). Bu vaqtda umumiy chiqish potentsiali nolga teng deb olinadi. Kuchlanishmanbai qutblari va tranzistor toklarining yo’nalishi tranzistorning aktiv rejimigamos keladi. UB ulanish sxemasi qator kamchiliklarga ega bo’lib, juda kam ishlatiladi. Download 125 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling