Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma Samarqand shahridagi 78-maktab o‘quvchisi Abdumannonova Mubinaga pedagogik-psixologik tavsifnoma


Download 11.22 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi11.22 Kb.
#1091921
Bog'liq
2 5328275133939327454



Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma
Samarqand shahridagi 78-maktab o‘quvchisi Abdumannonova Mubinaga pedagogik-psixologik

TAVSIFNOMA
4-“ A ”- sinf o‘quvchisi Abdumannonova Mubina sinfda faol o‘quvchilardan biri bo‘lib, fanlardan har doim a’lo baholarga o‘qiydi va choraklik yakunlarini hamfaqat besh baholar bilan tugatadi. Fanlar ichida mamematika, ona tili,ingliz tili va o’qish fanlariga juda qiziqadi. 2022-2023 o‘quv yilida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etyapti. Abdumannonova Mubina maktab va sinf jamoat ishlarida ham faol ishtirokchi, uning a’lochiligi, jamoatchiligi, tashkilotchi va tashabbuskorligini hisobga olib sinfda I chorakdan buyon sinf sardori bo‘lib saylangan. Sinf o‘quvchilari bilan inoq, sinfdan tashqari turli tadbirlarni tashkil etishda hamisha sinf rahbariga yordamchi, sinf o‘quvchilarini ham o‘zining ortidan ergashtirishga va tadbirlarda faol ishtirok etishlariga harakat qiladi. Abdumannonova Mubinaning faolligini hisobga olib maktab ma’muriyati va jamoat tashkilotlari tomonidan bir necha marta yozma “Faxriy yorliq”lar va og‘zaki raxmatnomalar olishga erishgan.
Men ham kelajakda Abdumannonova Mubinaning jamiyatimiz uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kadr bo‘lishiga ishonaman.

_____________ R.Razakova _______


imzo F.I.SH. sana
Bir nafar past o'zlashtiruvchi o'quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma
Samarqand shahridagi 78-maktab o‘quvchisi Kuziyev Abubakrga pedagogik-psixologik
Tavsifnoma

4-“A” sinf o’quvchisi Kuziyev Abubakr kamgap va biroz uyatchang bola. Ko’p hollarda atrofidagi voqealarga etiborsiz, fikrlari tarqoq, aniq maqsadni ko’zlay olmaydi, sinfdosh o’rtoqlari bilan ham ko’p vaqt chiqisholmay qoladi, yolg’izlikni maqul ko’radi. Yoshlik davridan faqatgina chet tiliga emas boshqa fanlarga ham qiziqishi kam, o’z-o’ziga talabchan va mas’uliyatli emas. Shunga qaramay, hulqi yaxshi, darslarga muntazam qatnaydi. O’qituvchi bu o’quvchi bilan qo’shimcha ravishda ishlashi darslarni u o’zlashtiradigan darajada yengillashtirib o’tishi va yengil topshiriqlar berish orqali uning faolligini oshirishi kerak . Bu o’quvchi chet tilida so’zlasha oladiganlarga havas qiladi, lekin o’zi yetarli darajada bilimga ega emasligi uchun dars davomida mashqlarni bajara olmaydi. Bunga sabab unga qo’shimcha e’tiborning kamligi va ko’pchilik orasida gapirishga uyalishi, tortinchoq ekanligi deb topdim.


Shunday ekan, bu o’quvchiga darslarni o’zlashtirish bilan bir qatorda, yuqoridagi mezonni uddalashga ham ko’maklashish lozim. Buning uchun u sinfning ilg’or o’quvchilari bilan ko’proq muloqotda bo’lishi, darsdan bo’sh vaqtlarda birgalikda ishlashi maqsadga muvofiq bo’ladi. Endigina til o’rganish jarayoniga kirib kelayotgan o’quvchini bu jarayonga qiziqtirish va jalb etish eng asosiy vazifa hisoblanadi.

_____________ R. Razakova ________


imzo F.I.SH. sana
Download 11.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling