Bir o‘zgaruvchili butun va kasr ratsional tenglamalar reja


Download 170.5 Kb.
bet1/3
Sana21.02.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1219515
  1   2   3
Bog'liq
BIR O‘ZGARUVCHILI BUTUN VA KASR RATSIONAL TENGLAMALAR


BIR O‘ZGARUVCHILI BUTUN VA KASR RATSIONAL TENGLAMALAR


Reja:

1.Bir o’zgaruvchili ratsional tenglamalarni yechish.


2. Bir o’zgaruvchili ratsional tengsizliklarni yechish.
Ratsional ifodani aynan almashtirish deb berilgan ifodani berilga-niga o‘xshamaydigan shunday yangi ifoda bilan almashtirish tushunila-diki, ikkalasining qiymatlari teng bo‘lsin.
Misol: berilgan bo‘lsa, kasr suratini x2+8x+15=(x+3)(x+5) ko‘rinishda yozib berilgan kasrni bilan almashtiramiz. Ikkala kasr-ning barcha x≠-5 dagi qiymatlari o‘zaro teng bo‘ladi.
Umumiy mavjudlik sohasida bir ratsional ifodani unga aynan teng ifoda bilan almashtirishga shu ifodani aynan almashtirish deyiladi. Bun-day almashtirishlar tenglamani yechishda, teoremalar va ayniyatlarni isbotlashda, masala va misollarni yechishda ishlatiladi. Almashtirishlar kasrlarni qisqartirish, qavslarni ochish, umumiy ko‘paytuvchini qavsdan chiqarish, ifodani ko‘paytuvchilarga ajratish, o‘xshash hadlarni ixcham-lash va shu kabilardan iborat bo‘ladi. Almashtirishlarni bajarishda quyida-gilardan foydalanish tavsiya etiladi.
Agar x1 va x2ax2+bx+c=0 tenglamaning ildizlari bo‘lsa, u holda ax2+bx+c=a(x-x1)(x-x2) tenglik o‘rinli bo‘ladi. Qisqa ko‘paytirish formulalari va ba`zi umumlashtirilganlari:


(a±b)2=a2±2ab+b2
(a±b)3=a3±3a2b+3ab2±b3
(a+b)(a-b)=a2-b2
(a+b)(a2-ab+b2)=a3+b3
(a-b)(a2+ab+b2)=a3-b3
(a±b)4=a4±4a3b+6a2b2±4ab3+b4
(a±b)5=a5±5a4b+10a3b3±10a2b3+5ab4±b5
a4-b4=(a-b)(a3+a2b+ab2+b3)=(a-b)(a+b)(a2+b2)
a5+b5=(a+b)(a4-a3b+a2b2-ab3+b4)
Ikkinchi darajali bir noma’lumli tenglama soddalashtirishdan keyin


ax2+bx+c=0 (1)
ko‘rinishga keltiriladi.
Tenglamaning o‘ng tomonidan to‘la kvadrat ajratamiz:
yoki bundan yoki ikkala tomonidan kvadratildiz topamiz:
(2)
b2-4ac kvadrat tenglamaning diskriminanti deyiladi va D bilan belgilanadi:
D=b2-4ac.
1. Agar D>0 bo‘lsa, (1) tenglama x1≠x2 haqiqiy ildizlarga ega bo‘ladi;
2. Agar D=0 bo‘lsa, (1) tenglama x1=x2 haqiqiy ildizlarga ega bo‘ladi;
3. Agar D<0 bo‘lsa, (1) tenglama kompleks ildizlarga ega bo‘ladi.



Download 170.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling