Bir qator nozologik birliklarning zamonaviy nomlarida «isitma» rus


 °C​ va undan yuqori ko‘rsatkichdagi tana harorati oshishi bilan namoyon bo‘luvchi kasalliklar


Download 78.35 Kb.
bet7/10
Sana25.02.2023
Hajmi78.35 Kb.
#1228955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Isitma

39 °C​ va undan yuqori ko‘rsatkichdagi tana harorati oshishi bilan namoyon bo‘luvchi kasalliklar
Tana haroratining yuqori darajada boʻlishi, organizmning kuchli intoksikatsiyasidan darak beradi.
Koʻp hollarda haroratning 39 °C​ da boʻlishi bakterial infeksiyalar natijasida kelib chiqadi, masalan:

  • Angina;

  • Pnevmoniya;

  • O‘tkir piyelonefrit;

  • Ichak infeksiyalari – salmonellez, dizenteriya, xolera;

  • Sepsis;

  • Gripp;

  • Gemorragik isitma;

  • Suvchechak;

  • Qizamiq;

  • Meningit;

  • Ensefalit;

  • Virusli gepatit A ning atipik kechishida.

Tana haroratining yuqori ko‘rsatkichlarda bo‘lishining boshqa sabablari
Termoregulyatsiya jarayonining buzilishi, boshqa ko‘zga tashlanmaydigan kasalliklarda ham kuzatiladi.
Yana bir xavfli sabab, organizm haroratni tashqi muhitga ajrata olmay qolishidir. Juda issiq va dim ob-havoda yoki dim xonada uzoq muddat bo‘lganda organizm haroratni tashqi muhitga ajrata olmay qoladi.
Bunday holat yurak va nafas olish tizimi bilan bog‘liq kasalliklari bor insonlar hayoti uchun katta xavf tug‘diradi, hatto o‘lim bilan tugash ehtimoli ham mavjud.
Bolalarda tana harorati ularni juda qalin kiyimlar bilan kiyintirganda ham oshadi.
Juda issiq sharoitda sog‘lom odam a’zolari, birinchi navbatda uning miyasi «qiynaladi». Bundan tashqari, tana harorati juda emotsional insonlarda stress va depressiya vaqtlarida ham ko‘tariladi.
Tana harorati va boshqa simptomlar
Tana harorati oʻzgarishi organizmdagi patologiyalar natijasida kelib chiqishini inobatga olib, kasallikning boshqa simptomlari bilan birgalikda kompleks ravishda oʻrganish kerak.
Aynan umumiy belgilar bilan kasallikning qanday ekanligi va uning darajasi haqida bilib olish mumkin.

Download 78.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling