Bir qirolning


Namiki shunday deb javob berdi


Download 49.52 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi49.52 Kb.
#1525906
1   2
Bog'liq
the love of a kingq

Namiki shunday deb javob berdi :
- Chunki Valis va Edvard men uchun juda muhim . Men ularni umuman
koʻrmaganman ammo uzukni butun umrim davomida asrayman .
Kelgusi bir necha soatda , Genevadagi kichik xonada taqinchoq
50.000.000 dollarga sotildi . Ammo Velis kim edi ? Edvard kim edi ?
Va nima sababdan ularning muhabbati bunchalar kuchli ?

Qani ketdik boshlanishiga ...

1
Yolgʻiz bola


Shahzoda Edvard 1894-yilda tugʻilgan . Uning otasi qiror Jorj V
uzun boʻyli , ogʻir-bosiq va bolalarni yoqtirmaydigan inson edi.
—Nega Edvard toʻxtamasdan gapiraveradi ?- dedi u bir marta.
— U juda shox bola!
Uning onasi qirolicha Merry qirolni gapiga qoʻshildi . Uni Edvarning
xursandligi yo hafaligi qiziqtirmas edi , u shunday der edi :
— Bola ogʻir bosiq va kuchli boʻlishi
kerak .
Qirollik oilasi, olti yuzta xonadan iborat, Bukinggem qasrida yashar
edilar. Qasrda 8 ta qirollik oshxonasi, 19 ta hammom, 24 xojatxona,
11 ta ovqatlanish xonasi, 17 ta yotoqxona, 21 ta dam olish xonasi bor
edi.
Edvard bu qasr haqida bir hikoya aytdi:
Bukinggem qasri juda katta, odamlar bazida yoʻqolib qolishar edi.
Bir kun kechqurun oyim , dadam va men ovqatlanish xonasida kechgi
ovqatni kutib oʻtirgan edik. Biz kutdik , kutdik kechgi ovqat kelaver-
magandan kegin yani yigirma minutdan keyin otamni jahli chiqdi , oʻrni-
dan turdi va qirollik oshxonasiga qarab ketdi.

  • Oshpaz, mening ovqatim qayerda?(baland ovozda)

  • Janob sizning ovqatgiz allaqachon yuborilgan edi, hali

ham yetib bormadimi?

  • Yoʻq, yetib bormadi, men ochman.

Qirol oshxonani tark etdi va ovqatini qidirs boshladi . Birozdan soʻng
U uchta idishda goʻsht va kartoshkalarni koʻtarib yurgan ayolni koʻrdi.

  • Senga nima qildi? Nima uchun bizning ovqatimizni olib kelmading?

  • Meni kechiring janob. Qasrda koʻplab ovqatlanish xonasi borligi sababli sizlar qayerdaligizni eslay olmadim.Ammo, siz ortingizga qaytsangiz men sizning izingizdan sizlar oʻtirgan xonaga ergashib borar edim,—dedi xizmatkor ayol

Edvard boshqa bolalar singari maktabga bormas edi. Bukinggem qasrida yolğiz oʻzi bir u uchun tayyorlanga xonada taʼlim olar edi.
Edvard darsni shunday tasvirlaydi :
Mening oʻqituvchin Janob Hensel ozğin , burni qizil va tabassum qilmaydigan
Inson edi. Uning koʻplab kitoblari bor edi ,ammo kitoblar faqat soʻzlardan
tashkil topgani va rasmlarning yoʻqligi sababli barchasi juda zerikarli edi.
Bazida oʻqishdan toʻxtab derazadan tashqariga qarab qolar edim.
Bukinggem qasri juda katta, odamlar bazida yoʻqolib qolishardi.
Janob Hensel juda jahldorligi sababli u tayoq bilan qoʻlladimga urardi .
—Balakay, derazadan tashqariga qaraman, kitobga qara,— deb baqirardi va qoʻlimni qizarib ketgunicha savalardi.
Har juma kuni u meni dadamni xonasiga olib borar edi. Otam oʻqituvchimdan :

  • Bu hafta oʻgʻlim nimalarni oʻrganni, janob Hensel?

  • Oʻgʻlingiz darsga hech qiziqmaydi va men gapirganimda hech qachon meni tinglamaydi.

Jabob Hensel chiqib ketishi bilan dadamni jahli chiqib ketdi.

  • Sening qanday muammoying bor ? Nima sen nodonmisan? Nima uchun hech narsani oʻrganishni xohlamaysan?

  • Dars juda zerikarli, ota, shu bilan birga janob Hensel meni uradi.

  • Edvard senga tushunaolmayapman . Goʻdakmisanki ojissan . Sen bu ketishinda qirol boʻlolmisan. Qirol juda kuchli boʻlishi kerak . Tez xonagga bor va uyerda ertalabgacha oʻtir.



  • Men ko'p kunlarni xonamda yolg'iz o'tkazdim. Men hech qachon boshqa bolalar bilan o'ynamaganman va mening do'stlarim ham yo'q edi. Men Angliyadagi eng chiroyli uyda yashardim, lekin men doim yolg'iz va qayg'uli edim. Men onamni kuniga bir marta kechki ovqat paytida, dadamni esa haftada uch-to'rt marta ko'rdim, lekin ular menga hech qachon mehr qo'yishmagan. Men ulardan qo'rqardim va ular men qilgan ishlarning barchasi noto'g'ri edi—deb keyinroq yozadi Edvard.

2
Uvels shahzodasi

1991- yilning bahorida qirol Jorj oʻgʻli Edvardni oʻz xonasiga chaqirtirdi va dedi:


—Kelgusi oy Seni Uvels shahzodasi deb eʼlon qilaman , mana bu marosim uchun kiyadigan libosing.
Qirol kichik bir javonni ochdi Edvar baqira boshladi.
—Ota men hali 16 yoshdaman, yumshoq poyabzal va yubka kiyolmayaman bularni kiysam qiz bolalarga oʻxshab qolaman-ku . Nima sababdan boshqa odamlar singari kiyina olmayman?
—Chunki sen muhim shaxssan va boshqachasan, bir kun sen qirol
boʻlasan.
Edvard 2 kun asabiylashib yurdi ammo u qila oladigan hech narsa yoʻq edi.Va shu asnoda ,1911 yil 10-iyun kuni shimoliy Uvelsdagi Kayernervon qasriga marosimni boshlash uchun yoʻl olishdi.
Qirol shahzodaning boshiga oltin tojni kiydirdi. Odamlar buni nishonlash
maqsadida toʻda boʻlib xursanchiligidan sovqin qilib musiqalarga oʻynaydilar
Uvelsning yangi shahzodasi Edvard koʻzini yumdi va
—Oʻzimni yaxshi his qilmayapman, uyga ketsak boʻlmaydimi?

  • Yoʻq, seni odamlar koʻrishni xohlayd.

Edvard qasr oldiga borib, olomonga qaradi. U qaltirar, yuzi qizarib ketgan edi.

Men yumshoq poyabzal va yubka kiy olmayman, kiysam qiz bolaga o'xshayb qolaman.
— Jilmay, Edvard sen baxtlisan!—dedi qiol.
Bir necha soatdan soʻng qirollik oilasi Visdorga qaytib yoʻlga tushdi.
—Qanday ajoyib kun boʻlmasa!—dedi qirolicha Merri
Edvard poyabzalini yechib derazadan tashqariga qarab oʻtirar
edi va chuqur hoʻrsinish bilan
—Bugungi holatga boshqa tushmayman,—deb oʻziga oʻzi soʻz berdi.

3
QIROLLIK YULDUZI



Oradan bir yil oʻtgandan soʻng Oxford Universtitu tomonidan Edvard BIRINCHI JAHON URUSHIGA qatnashgani ketadi . U shunday yozadi:
Men bitta uyda 25 ta turli xil askarlar bilan yashar edim. Kechalar bir birimizning hayotimiz va oilamiz haqida suhbat qilar edik. Bu juda qiziq edi.
Men turli xil odamlar bilan ya’ni boy-kambag’al, yosh-qari bilan ham erkin gaplasha olaman. Biroq shu bilan birga men qonni ham urush daxshatini ham ko’rgan edim.
1916-yilning bir kunida mening haydovchim meni Belgiyaning Lus shahriga olib kekdi. Men mashinadan tushdim va tepalikninga uchiga yurib chiqdim. Pastda qattiq jang bo’lgan edi buni eslab juda g’amga botdim.
Bir soatdan so’ng mashinaga qaytdim. Men xech qachon bu yerda ko’rganlarimni unitmayaman. Mening haydovchim o’gan edi. Men ketgan vaqtimda kimdir uni bo’ynidan otib o’ldirgan.
Urush 1918-yilda tugadi, Edvard Bukinggem qasriga qaytdi. Bir kun kechqurun u otasi bilan ovqatlanish xonasida bsuhbat qurdi.
—Men nima sababdan mamlakatlar urushishiga tushinaolmadim.Urush tugadi, ammo hech narsa o’zgargan yo’q. Hali ham millionlab kambag’al va och-nahor odamlar bor. Bu to’g’ri emas. Kimdir nimadir qilishi kerak, ota!
—O’g’lim, agarda sen olov yonida o’tirsang dunyoni o’zgartira olmaysan. Sen sayohat qilishing, odamlar bilan uchrashishing va ular bilan suhbat qurishing, ularni tinglashing kerak. O’shanda, sen qirol bo’ganingda dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirishing mumkin,—deb javob berdi qirol.
Edvard 1920-yilda Anglyani tark etdi. Kelgusi 5 yil mobaynida u 240,000 kilometr masofaga va 45 ta turli xil mamlakatlarga tashrif buyurdi.
U Hindiston, Argentina, Nigeriya, Meksika, Yangi Zeylandiya, Germaniya va Yaponiyalarni ko’rdi. U Kanadadagi Toronto shahriga kelganida ko’chaga uni ko’rish maqsadida 500,000 kishi to’plangan edi. Har yerda minglab odamlar – Keyp Tovnda 190,000 kishilik, Parijda 300,000 kishilik, Nyu Yorkda 500,000 kishilik, Melbrunda 750,000 kishilik olamon yig’ilib uni ko’rish maqsadida kutishar edi.
—Edvard qirillikdagi birinchi yulduz va dunyodagi eng mashxur odam. Avvvallari u g’amgin va charchagan edi. Hozir esa ozgargan. Edvard mashinasidan tushadi va ko’chaga qarab yurib boradi. Har 3 daqiqada to’xtaydi va xalq bilan suhbatlashadi, handon otib kuladi, jilmayadi va minglab odamlar qarsak chaladi. U odamlarning yuragida katta joy egallagan odam—deb gazetalarda yoziladi.

Urushning barcha daxshatlarini boshdan kechirganman.
UCHRASHUV

1930-yilning kuzida Edvard do’stlari bo’lgan Lord va Ledi Fyurneslarnikiga qanchadir muddatga qolishga ketdi. U o’sha kunlarini ’’Qirolning kundaligi’’ deb nomlangan kitobida shunday tasvirlaydi:
Shanba kuni ob havo sovuq va shamolli edi. Yomg’ir yog’ayotganligi sababli otlarni mina olomagan edik. Biz uyda qolib Ledi Fyurnesni do’stlari bilan ertaroq tushlik qilishni rejalashtirib oldik.
Bir soatda Velis eri bilan yetib keldi. U juda chiroyli kiyingan va doimo hilmayib turardi. U Lord Fyurnes bilan bir neca daqiqa suhbatlashdi, keyinroq Ledi Fyurnes uni men bilan tanishtirgani olib keldi.
Ladi Fyurnes.
—Janob, men siz bilan mening qadrdon va ajoyib Amerikalik dugunam Velis Simpson xonimni uchrashtirishdan boshim ko’kka yetardi.
—Ahvolingiz qanday , Simpson xonim? Iltimos keling va yoniga o’tiring.
Ledi Fyurnes bizni yonimizdan tark erdi va biz suhbatlasha boshladik.Men Velisni ko’rinishidan bildimk uning ahvoli yomon edi. U juda qattiq shamollagan va uning ko’zlari qizarib ketgan edi.
—Men shundan qo’rqayapmanki Anglyadagi uylar yetarlicha iliq emas. Bizda Amerianka dagi singari markaziy isitish tizimi yo’q.
Oraga uzun sokinlik tushdi. Simpson xonim yuzini deraza tomonga burin tashqariga qaradi

  • Siz mening hafsalamni pir qildingiz, janob.

  • Nima uchun?

  • Chunki hamma mendan Ameriancha markaziy isitish tizimi haqida so’rayapdi. Men o’ylagan edimki Uvels shahzodasi bilan qiziqroq narsalar haqida suhbatlashishni,

Men kula boshladim.

  • Nima bo’ldi, janob ? Biror narsani xato gapirib qo’ydimmi?

  • Yo’q, men kulayotganimni sababi siz meni aldamadingiz. Siz menga to’g’risini aytib qo’ydingiz, – deb javob berdim.

  • Ammo buning nimasi kulguli? Boshqa odamlar bunday qilmaydi-ku?

  • Bir kun men qirol bo’laman, shu sababli odamlar mendan qo’rqishadi. Agarda men osmonni sariq desam, ular ’’Ha, janob to’g’ri aytasiz’’,–deyishadi. Chorshanba kuni haftadagi birinchi kun desam, ular ’’Ha, janob to’g’ri aytasiz,’’—deyishadi. Va men Shotlandiya Kanadadan katta desam, ular ’’Ha, janob to’g’ri aytasiz,’’–deyishadi. Ammo siz menga ’’men zerikayapman’’—deb to’g’risini aytdingiz. Menga shu yoqdi.

Oraga yana sokinlik tushdi va birozdan song Valis jilmaya boshladi.

  • Janob, sizga yana boshqa narsalarni aytsam bo’ladimi?

  • Ha, albatta Simpson xonim, nima ekan u?

  • Bu sizning shiminggiz, Janob.

  • Mening shimim (taajjublanib)?

  • Ha, Janob. Shiminggiz qora rangda ammo poyabzalingiz jigarrangda. Bu ikki rang bir-biriga mutanosib emas.

Men turdim va oynaga qaradim.

  • Ha, Simpson honim, to’g’ri aytasiz. Juda ham g’alati ko’rinayapman. Kelgusi uchrashuvimizda yaxshiroq kiyingan bo’laman.

Velis Simpson honim
U juda chiroyli va uning ko’zlari olov bilanto’la

Tushlik tayyor bo’lgan vaqtda, biz ovqatlanish xonasi bo’ylab sayr qilib yurgan edik. Men stolning bir chetiga o’tirdim, Velis boshqa chetiga o’tirdi. Men uni juda ehtiyotkorli bilan kuzatar edim. Men uning qo’llari qanchalar chiroyliligini o’ylar edim. U Ledi Fyurnes bilan suhbatlasha boshladi va birozdan so’ng burildi va menga tabassum hadya etdi. Bundan men juda suyundim.
Tushlidan so’ng, xayirlashish uchun keldi .

  • Janob, men hozir erim bilan jo’nab ktishimga to’g’ri keladi. Biz yana boshqa Londondagi bir bazmga bormoqchimiz.

Men unga gapirmoqchi bo’dim ammo gapirishga to’g’ri so’z topalmadim. Nima sababdan bunday bo’lganini anglay olmadim. Biz qo’l berishib ko’rishdik va u ketdi.
Men ichkaridagi xonaga bordim va Ledi Fyurnesni yoniga o’tirdim.

  • Menga simpson xonim haqida gapirib bering.

  • Nimalarni bilishni hohlaysiz?

  • U haqidagi hamma narsani.

  • Ehtimol, Janob, bog’da sayrqilishni istarsiz. Biz o’sha yerda erkinroq suhbatlasha olar edik.

Ornimizdan turdik va uydan orqa eshi orqali chiqdik. Biz daraxtlar orasidan sekin yurar edik va Ledi Fyurnes Velis haqida gapira boshladi...

5
Velis


Bu hikoya Ledi Fyurnesning shu kungacha bo’lgan hayotini Edvardga tasvirlashi haqida:
Velis Valtimorda tug’ilgan. U otasini eslay olmaydi, chunki u Velis tug’ilganiga besh oylik vaqtida vafot etgan. Ammo uning onasi matonatli va samimiy ayol bo’lganligi uchun Velisni bolaligi g’am-g’ussasiz baxtli o’tgan.
U yigirma yoshga to’lganida, Venfayld Spenserga turmushga chiqdi. Dastlabki bir necha yil ular baxtli hayot kechirdilar. Ammo bir kuni Venfayld ko’chada biroz pulini yo’qotib kelganligi uchun juda ham jahli chiqgandi. Uyga kelganidan javondan bir shisha viskini olib ichishni boshladi.

Venfayld Spenser Ernest Simpson

Shu kecha u Velisni yuziga uradi. U Venfayldga iltijo qilib baqirar ammou urishdan to’xtamasdi. Uning yuzi qon bo’lib qolgan va bir shamol bo’lsa uzilib ketadigan bark misoli bo’lib qolgan.



Ammo Venfayld uning qo’lidan ushlab zinaga sudrardi.

  • Sen mening mahbusimsan, sen xech qachon ozod bo'lolmaysan, — deb vanna ichkarisiga solib ustidan qulflab qo’ydi.

Kelgusi kun tongda Velis o’z uyiga qaytib ketdi.

  • Men Venfayld bilan boshqa yashamayman, men u bilan ajrashaman, — dedi Velis.

  • Bechora Velis, Fyurnes honim bulardan so’ng nima sodir bo’ldi

  • Bir necha oydan so’ng u, ajoyib bir insonni, Ernest Simpsonni uchratdi. U juda vazmin, ammo o’ziga nimasi bilandir jalb qiladigan inson. Ular turmish qurishdi va hozirda Londonning markazidagi ajoyib xonadonda(kvartirada) yashayapdidar.

  • Ular baxtlimi?

Ledi Fyurnes shahzodaga qaradiva jilmayib:

  • Bilmayman janob, bundan xabarim yo’q.

Download 49.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling