Bir spirol(1,3-disian-2,1'-inden)-2'(3'H)-ning ba’zi geometrik va energetik parametrlarini eksperimental o’rganish


Download 90.3 Kb.
bet1/2
Sana01.07.2023
Hajmi90.3 Kb.
#1657959
  1   2
Bog'liq
Atamizayev Mansurbek tezisi2



BIR SPIROL(1,3-DISIAN-2,1'-INDEN)-2'(3'H)-NING BA’ZI GEOMETRIK VA ENERGETIK PARAMETRLARINI EKSPERIMENTAL O’RGANISH


M.M.Atamirzayev
O’zbekiston Milliy universiteti magistranti
B.S.Raximov
O’zbekiston Milliy universiteti katta o'qituvchi PhD.


Annotatsiya
Ushbu izlanishimizda Avagadro dasturi yordamida bir spirol(1,3-disian-2,1'-inden)-2'(3'H)-ning ayrim geometrik va energetik parametrlarini empirik hisoblash usullarida o’rganish natijalari keltirilgan.
Kalit so’z: Empirik usul, molekulyar mexanika, geometrik parametr, energetik parametr, hosil bo’lish issiqlik energiyasi, ideal bog’ uzunligi.
Kirish
Molekulyar mexanika (MM) usullarida atomlar kuch maydonlarida joylashgan Nyuton zarrachalari deb qaraladi. Ularning o’zaro ta’siri potensial energiya bilan ifodalanadi. MM usuli empirik usul tajribada olingan geometrik va boshqa kattaliklar asosida parametrlanadi. MM usuli kvant-kimyoviy usullarga nisbatan juda tezkor usul sanaladi [1-2]. Olingan natijalar bir spirol(1,3-disian-2,1'-inden)-2'(3'H)-ning ba’zi geometrik va energetik parametrlarini eksperimental o’rganish uchun Avagadro dasturidan foydalandik. Ushbu dastur MM usulini o’rganishga juda qulay dastur hisoblanadi. Natijalar Chemical, MMFF94, MMFF94s, UFF metodlarida olindi. Har bir metodda qilingan optimizatsiya natijalari quyidagi jadvallarda keltirilgan (1-2 jadval):
1-Jadval
Bir spirol(1,3-disian-2,1'-inden)-2'(3'H)-ning Avagadro dasturi yordamida olingan hosil bo’lish issiqlik energilari

Chemical

MMFF94

MMFF94S

UFF

143,673 kj/mol

331,875kj/mol

331,912kj/mol

409,28 kj/mol

Hisoblash natijalari shuni ko’rsatadiki, bir spirol(1,3-disian-2,1'-inden)-2'(3'H)-ning hosil bo’lishining issiqlik energiyasi UFF metodida optimizatsiya qilinganida maksimal qiymatga ega bo’ladi va Chemical metodida optimizatsiya qilinganida esa minimal qiymatga ega bo’ldi. Demak, bir spirol(1,3-disian-2,1'-inden)-2'(3'H) moddasi uchun energetik parametr hisoblashda empirik hisoblash usullaridan Chemical metodi samarali.



Download 90.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling