Bir tomonda sevgim birida gʻanim
Seni sevganligim eng katta aybim
Yuragim yonganda kuyganda dilim
Yigʻladim berkinib bu dunyolardan
Zerikdim kamon koʻz dilrabolardan
Ayt gulim kulib ayt sevmasligingni
Qalbimni tilib ayt sevmasligingni
Oʻlimim tilab ayt sevmasligingni
Yigʻladim berkinib bu hayollardan
Zerikdim tovushsiz besadolardan
Qara osmonlarga bormi oxiri
Tushunib yetasan bir kun oxiri
Osmonlardek edi sevgimning yoʻli
Yigʻladim berkinib bu osmonlardan
Zerikdim gul yuzli, dil gʻuborlardan
Goʻzalsan beqiyos, goʻzalsan albat
Koʻnglimga tosh otar, yolgʻon haqiqat
Senga baxt tilayman faqat va faqat
Yigʻladim berkinib haqiqatlardan
Zerikdim yollgʻonchi gul hilqatlardan
Poyinga boshimni qoʻyay ey sevgi
Sen bosgan tuproqqa toʻyay ey sevgi
Izim ber bu kecha oʻlay ey sevgi
Yigʻladim berkinib baridan bugun
Zerikdim. Jon beray va olay huzur...
Odilbek Qodirov.
Do'stlaringiz bilan baham: |