Bir va köp yillik ösimliklarning sellulozalari tabiiy tolalar yoģoch sellulozasi
Download 14.48 Kb.
|
Bir va koʻp yillik oʻsimliklarning sellyulozalari,tabiiy tolalar (1)
Sellyuloza (frans. cellulose, lot. cellula — hujayra) - angidro-Bglyukozalarning elementar zvenolaridan tuzilgan polisaxarid: (C6H5O5)l; poli-1,4 p-D-glyukopiranozil- D-glyukopironozadan iborat. Sellyuloza makromolekulalarida angidroglyukoza zvenolari bilan bir qatorda boshqa monosaxarid (geksozalar va pentozalar) hamda uron kislota boʻlishi mumkin. Sellyuloza, asosan, baʼzi oʻsimlik urugʻlari tukida, mas, chigit tukida (97—98%), yog'ochda (40—50%, quruq modda hisobida), kanop poya tolasi, oʻsimlik qobigʻining ichki qatlami (mas, zigʻir, ramida 80—90%, jutda 75% va h.k.), bir yillik oʻsimlik poyalari (qamish, makkajoʻxori, boshoqli oʻsimlik, kungaboqar)da 30—40% boʻladi, Kartoshka tugunagida 20% Toza holdagi Sellyuloza taʼmsiz, tolasimon oq modda.
Sellyuloza tabiiy materiallardan S. boʻlmagan komponentlarni parchalovchi yoki erituvchi reagentlar taʼsir ettirib ajratib olinadi. Sellyulozani ajratib olish usuli oʻsimlik materialining tarkibi va tuzilishiga bogʻliq. Paxta tolasidan S.ni olishda yumshoq usul qoʻllanadi. Paxta tolasi oʻyuvchi natriy (NaOH)ning 1,5—3% li eritmasi bilan 3—10 atm. bosimda 3-6 soat qaynatilib, oksidlovchilar bilan oqartiriladi. Mol. m. kichik boʻlgan polisaxaridlar (pentozanlar, geksozanlar, uron kislota), yogʻ va mum eritmaga oʻtadi. Download 14.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling