Birgalikda kuchlimiz
Download 24.92 Kb.
|
Birgalikda kuchlimiz Fan oyligi uchun tavsiya[1]
”Birgalikda kuchlimiz” shiori ostidagi loyiha D A S T U R I Loyiha asosida yaratilayotgan mazkur dasturdagi tadbirlarning maqsadi: - O’quvchilarni tarbiya faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish - Tarbiya fanining tub mohiyatida turgan g’oyalarni ochib berish - O’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish - Fan oyligidagi faollikni oshirish - Bilimga asoslanga jamiyatda inson intelektini o’rnini yoritib berish - Insondagi oliy janoblik fazilatlarni shaklantirish - O’quvchi yoshlarni hamkorlikka o’rgatish - O’rganishni o’rgatish
Mazkur tadbirlarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat: O’quvchi yoshlarda yurtga muhabbar, ona Vatanga sadoqat tuyg’ulari shakllanadi Go’zal tarbiya va o’zaro hurmat shakllanadi Tasavvur qilishni o’rganadi Kasbga qiziqish kuchayadi Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishni o’rganadi Mustaqillik va tirishqoqlik ko’nikmalari shaklanadi Go’yaviy-mafkuraviy immunitet shakllanadi Axloqiy-estetik immunitet shaklanadi Tarixiy tafakkuri kuchayadi Tashabbuskorlik,Tashkilotchilik, Tadbirkorlik kabi sifatlar qaror topadi Ozligini anglash va o’z-o’zigz ishonch qaror topadi Ijtimoiy faollik va fuqarolik pazitsiyasi shaklanadi Sog’lom etiqod va tafakkur rivojlanadi Bag’rikenglik madaniyati tarbiyalanadi Ilg’or fikrlashni o’rganadi Loyiha muallifi: Farg’ona viloyati Marg’ilon shahri 19- umumiy o’rta ta’lim maktabining tarbiya fani oqituvchisi Lutfulloh Abdurahmonov Ushbu loyiha dasturida xatolar bo’lsa uzr so’rayman … “Tarbiya - bizning do’stimiz” (To’garak mashg’uloti) 5-sinflar kesimida o’tkaziladi Guruh doira shaklida turadi (Salomlashish) Tarbiya - o’quvchilarga insoniy fazilatlarni o’rgatadigan fan, qani aytingchi o’quvchilar qanday insoniy fazilatlarni bilasiz?( Bunda “so’z zanjiri” metodi asosida barcha o’quvchilar insoniy fazilatlarni sanab o’tadilar) Sizningcha tarbiya yana qanday fan? (Bunda “Oltin mikrafon”mashqi asosida o’quvchilar tomonidan tarbiya faniga ta’rif beriladi o’quvchilar oltin mikrafonni bir-birlariga ulashadilar) “Havoda yozish” mashqi o’takiladi (Bunda o’qituvchi o’n qo’lining ko’rsatgich barmog’i bilan tarbiya faniga oid so’zlar yozib ko’rsatadi, o’quvchilar uni nima so’z ekanligini topib aytadilar) “Uloqtiring va ushlab oling”(Bunda o’quvchilar oldindan bir-birlariga savol yozib kelgan bo’ladi uni yumaloqlab bu shartda bir-bielariga otadi ushlab olgan o’quvchilargina unga javob beradi) “To’g’ri yoki noto’g’ri” mashqi (Bunda o’qituvchi tomonida to’g’ri va noto’g’ri fikrlar yozilgan matn o’qib eshittiriladi o’qituvchi agar to’ri fikr aytsa o’quvchilar turaverishadi agar noto’g’ri fikr aytsa o’quvchilr darhol o’tirishadi ) “Birdamlikka chaqiruvchi video- rolik” namoyish etiladi “Qanaqa kitob yozganlar” mashqi olib boriladi Xulosa qismida o’qituvchi o’quvchilar kitob o’qishga chaqiradi Bu mashg’ulot maktab kutubxonasining o’quv zalida bo’lib o’tadi Ushbu tadbir muallifi : Tarbiya fani o’qituvchisi: - Lutfilloh Abdurahmanov 20.11. 2022 –yil “ O’yla, izla, top - bilimdonlar musobaqasi” 8-sinflar kesimida olib boriladi Bellashuvning maqsadi: - Tarbiya fanini o’tilishidagi o’ziga xoslikni ochib berish, - O’quvchilarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, - Tarbiya fanidan olingan bilim va ko’nikmalarni ommaga ko’rsatib berish, - Yosh pedagoglarga metodik yordam ko’rsatish Musobaqada 2 ta guruh bellashadi, har bir guruhda 7 tadan o’quvchi qatnashadi. Bellashuvni tarbiya fani o’qituvchisi boshlovchi sifatida olib boradi. Bellashuv 7 ta shartdan iboprat bo’lib, shartlar qog’ozda yozilib, bilet shaklida o’quvchilarga taqdim etiladi.O’quvchilar tanlagan konvertlardan foydalanib, shartlar e’lon qilinadi. Guruhlar nomlanadi va ko’krak nishoniga ega boladi. Shart “Fikr kimniki” Shart “Asar kimniki” Shart “Fikrni davom ettiring” Shart “O’z o’rini toping” Shart “Ortiqchasini toping” Shart “Bu kim” Shart “Men kimman” Zahiradagi shartlar “Loyiha ishi” yoki “Taqdimot ishi” ham bo’lishi mumkin: ( bunda o’quvchilar tomonidan uyga vazifa tarzida biror bir mavzu oldindan beriladi, bolalar uni vatmon qog’ozga rasmlardan foydalanib, yopishtirib yoki chizib aniq fikrlar yozib, uni bellashuvda izohlab berishadi) O’quvchilar bergan javoblarini maxsus hakamlar hay’ati yoki ekspert guruh tomonidan baholab boriladi va ohirida umumiy ballar e’lon qilinib, g’olib guruh aniqlanadi, jamoalarni faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi. Ochiq dars ishlanmasi Fan: Tarbiya Sinf: 10-“A” Mavzu: Eng katta meros Maqsad: Ta’limiy - ota va ona tomonidan beriladigan eng katta meros bu go’zal tarbiya ekanligini ochib berish Tarbiyaviy - insonni tashi emas, ichi go’zal bo’lishi lozimligini o’rgatish Rivojlantiruvchi - Sog’lom e’tiqod va dunyoqarashli yoshlarni tarbiyalashda davom etish Darsning borishi: * Salomlashish * Davomatni aniqlash * O’quvchilarni darsga tayyor ekanliklariini nazorat qilish Darsning blok chizmasi
Darsning jihozlari: Darslik, daftar, doska, bo’r Video proyektor va ekran Vatmon qog’ozlari va markerlar Qaychi, skoch, yelim va boshqalar Darslik sahifasi: 63-68 - betlar Darsning texlogik xaritasi
Darsning yakunlarini chiqarish Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholash Uyga topshiriq berish: “Ilm –saodat kaliti, ilmsizlik esa jaholatdir” mavzusida taqdimot tayyorlang!!! Download 24.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling