Биринчи боб


Download 0.83 Mb.
bet20/26
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1501242
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
O\'quv qullanma Karimova M. final

Nazorat savollari
1. Aforizm so'zi qanday ma'noni anglatadi?
2. Aforistik janrlarga qaysi unsurlar mansub?
3. Maksima nima?
4. Universal referensiyaga ega ifodalarning yana bir turi qaysi?
6. Paremiologiya birligi sifatida aforizmning differensial xususiyatlari necha?
III BOB. O’ZBEK VA INGLIZ TILIDA PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING AMALIY TAHLILI

    1. Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otut turk” asaridagi paremiologik birliklarning tadqiqi

Reja:

        1. Mahmud Koshg’ariyning hayoti va asarlari

        2. M. Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asari haqida

        3. “Devonu lug’atit turk” asarida paremiyalar

Mahmud Koshg’ariyning hayoti va asarlari
Paremiologiya (yunoncha: paroimia — hikmatli soʻz, zarbulmasal va ... logiya) — 1) maʼlum bir tildagi avloddan avlodga ogʻzaki shaklda koʻchib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo boʻlgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralarni — paremalarni oʻrganadigan fan sohasi; 2) muayyan tilda mavjud boʻlgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar — paremalar tizimi. Paremalar avloddan avlodga faqat ogʻzaki holdagina oʻtib kelganligi, xalq ogʻzaki ijodining mahsuli boʻlganligi uchun adabiyotshunoslikning oʻrganish obʼyekti hisoblanadi, chunki ularning aksariyati koʻpincha sheʼriy shaklga oʻxshaydi va ularda oʻxshatish, antiteza, anafora, alliteratsiya, kinoya, piching kabi bir qancha tasviriy vositalar qoʻllanadi. Shu bilan birga paremalar soʻzlardan tuzilib, maʼlum bir fikrni ifodalovchi gaplardan iborat boʻlgani uchun tilshunoslikning ham oʻrganish obʼyektidir. Paremalar ana shu jihatni oʻzida birlashtiradi. Paremalarning kelib chiqishi, tarixan rivojlanishi va maʼno xususiyatlarini oʻrganuvchi Paremalar frazeologiya bilan chambarchas bogʻliq. Paremalar tilda mavjud boʻlgan turli xil barcha iboralarni oʻrganadi, frazeologiya esa uning bir qismi sifatida faqat koʻchma maʼnoli turgʻun birikmalarni oʻrganadi. Shu jihatdan ular oʻzaro farqlanadi. Oʻrganish obʼyektining birligi, yaʼni bir necha soʻzdan tashkil topgan turgʻun, barqaror birikmalarni tekshirish Paremalar bilan frazeologiyaning oʻxshash, umumiy tomoni hisoblanadi. Paremalarni toʻplash, oʻrganish Mahmud Koshgʻariy ("Devonu lugʻotit turk") va Gulxaniy ("Zarbulmasal") zamonlaridan to hozirgi kunlargacha davom etib kelmoqda.
Mahmud Qoshg‘ariy - XI asrning o‘rta osiyolik filolog-olimi. 1072-1074 yillar arab tilida “Turk tili lahjalari”ni tuzgan. Mahmud Qoshg‘ariyning arab filologiyasi ilmiy uslublarini qo‘llab yozgan asari tilshunoslar, folklorchilar va adabiyotshunoslar uchun qadr-qimmatga ega. Bu - erta davr turk shevashunosligining yagona yodgorligidir.
Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al Qoshg‘ariy Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida tug‘ilgan va qoraxoniy a’yonlarining oliy tabaqasidan kelib chiqqan. Uning otasi Bolasog‘un shahrini boshqargan. Oliy tabaqadan kelib chiqishi olimga o‘z davrining yirik siyosiy va madaniy markazi bo‘lmish Qashqarda ajoyib ta’lim olish imkonini berdi.
Bir qator turkiy tillar bilan birga, Mahmud Qoshg‘ariy arab va fors tillarini ham bilgan. Ehtimol, ta’limni Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marv, Bog‘dodda davom ettirgan, u yerlarda olim uzoq vaqt yashagan, kitobi uchun zaruriy ma’lumotlar to‘plagan. U vaqtlar saljuqlarga tegishli Bog‘dodda bo‘lgan vaqti Qoshg‘ariyda kitobning g‘oyasi paydo bo‘ladi, unga ko‘ra, turkiy xalqlar hayotining ko‘p qirralari, fikrlashi, odatlari, jo‘g‘rofiy joylanishi va eng avvalo, tili ta’riflanishi joiz bo‘lgan.
Mahmud al Qoshg‘ariyning mashhur kitobi “Devoni lug‘at at-turk” turkiy ensiklopediya ko‘rinishidadir. Unda umumiy tarixiy-madaniy, etnografik va tilshunoslik ma’lumotlari to‘plangan va jamlangan. Al Qoshg‘ariyning “Devoni” - turkiy madaniyat yodgorligi bo‘lib, o‘zida axloqiy qadriyatlar va tarbiya tartiblarini, avvalgi ajdodlardan barcha merosni o‘zlashtirgan XI asrdagi turkiy xalqlarning o‘ziga xos dunyoqarashini jamlagan. Kitobda qadimiy zoroastr-shomoniylik dunyoqarashlari bilan birga, yangi mafkura - islom va so‘fiylik kabi tarmoqlari tasvirlangan.
Mahmud al Qoshg‘ariy mehnatining yagona nusхasi 1915 yil olim va kutubxonachi Ali Emir tomonidan Istambul bozorida ko‘chirma nusхa ko‘rinishida topilgan, hozirgi vaqtda Istambul Milliy kutubxonasida saqlanadi. Qo‘lyozmani Muhammad ibn Abu-Bakr ibn Abu-l-Fath as-Saviy ko‘chirgan.
“Devonu lug‘at at turk”ning birinchi noshiri turk olimi Rifat Bilge bo‘lib, u kitobni birinchi bo‘lib turk tiliga tarjima qilgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at at turk” asari o‘zbek tiliga professor Solih Mutallibi tomonidan tarjima qilingan va 1960-1963 yillar Toshkentda nashr etilgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at at turk” asari noyob hisoblanib, odatiy lug‘atga xos so‘zlar bilan bir qatorda, ko‘plab badiiy asarlar ham uchrab, folklorlikka oid qismlari asosiy timsolda gavdalanadi. Muallifning o‘zi shunday yozadi: “Mazkur kitobni men alifbo tartibida joyladim, maqol, saj, matal, she’r, rajaz va nasr parchalari bilan bezadim”.
“Turkiy shajaralar lug‘ati”da turkiy tilda so‘zlashuvchilar folklorining asosiy janrlari keltirilgan - marosimiy va lirik qo‘shiqlar, qahramonlik dostoni, tarixiy rivoyat va afsonalar. Shu bilan birga, unda anatomiya, tibbiyot, veterinariya, astronomiya, jo‘g‘rofiya, etnografiya va boshqalar haqida ma’lumotlar mavjud.
“Turkiy shajaralar lug‘ati” ikki qismdan iborat. Birinchi qismida Mahmud Qoshg‘ariy kitobning maqsadini ochib bergan, turkiy tilga so‘zlashuvchi qabila va urug‘lar haqida ma’lumotlar keltirgan.
Asarning ikkinchi qismida turkiy til shajarasining lug‘ati taqdim etilgan, hikmatli iboralar, og‘zaki xalq ijodining namunalari keltirilgan.
Quyida kitobidan keltirilgan parchalar orqali Qoshg‘ariyning nuqtai nazari haqida tasavvur hosil qilish mumkin.
“Kunlar vaqtni shoshirar, inson kuchini toliqtirar, dunyoni erlardan ayirar... Uning odati shu-da, barchaning qismati shu yerda. Agar dunyo mo‘ljalga olib, o‘qni otsa, tog‘ cho‘qqilari ajralib ketadi”.
“O‘g‘lim, senga yaxshilikka eltuvchi pand-nasihat merosimni qoldiraman. Yaxshi insonni uchratsang, unga ergash”.
“Tun-u, kun daydi kabi o‘tib ketadi. Uning yo‘lida kesishib qolsang, kuchdan ayirar”.
“Insonning mol-dunyosi - uning dushmanidir. Boylik to‘plab, suv oqimi to‘xtashini o‘yla, go‘yo xarsanglar pastga dumalab tushayotgani kabi. Barcha erlar buyumlarni deb adashdi. Boylikni ko‘rib, ular, go‘yo burgut o‘ljaga yopishgani kabi otiladilar. Ular mulkini yashirib, uni ishlatmay, xasisliklaridan yig‘lashar, oltinlarni to‘plashar. Mulklari sabab, Xudoni yodga olishmas, o‘g‘illarini, qarindoshlarini ular bo‘g‘arlar”.
“Yaxshilik qilishga shoshil, maqsadingga erishgach, g‘ururlanma”.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni” (Lug‘ati) - fonetik va morfologik hodisalar va dialektik shakllarning xususiyati haqida tasavvur beruvchi erta davr turkiy dialektikasining yagona yodgorligidir. “Lug‘at” shuningdek, turkiy tilda so‘zlashuvchi O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Povolojya, Orol bo‘yi qabila va xalqlarining og‘zaki-she’riy ijodi haqidagi matlarni ham o‘z ichiga olgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning arab filologiyasining ilmiy uslublaridan foydalangan holda yozilgan mehnati bugun ham tilshunoslar, folklorchilar va adabiyotshunoslar orasida, shubhasiz, qadr-qimmatga egadir.

  1. M. Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asari haqida.

Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Qoshgʻariy (Mahmud al-Qoshgʻariy, Mahmud Qoshgʻariy, Qoshgʻariy, yaʼni qoshgʻarlik Mahmud; 1028- yoki 1029-yil Issiqkoʻl janubi-sharqidagi Barsxon shahrida tugʻilgan — 1101- yoki 1126-yilda Qoshgʻar yaqinida — Oʻpalda vafot etgani taxmin qilinadi) — turkiy tilshunos olim, filolog.
Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072—1074) muallifi, turkshunoslik ilmining asoschisi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi.
Koshgʻariy hayoti haqida yagona manba uning oʻz qalamiga mansub asarlaridir. Bizga maʼlum maʼlumotlarga koʻra, u Qoraxoniylar davlatida, qoraxoniylar sulolasiga aloqador zodagon oilada tugʻilgan. Qoraxoniylar davlatidagi ichki nizolar tufayli vatanini tark etib, 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur boʻlgan, pirovardida Bagʻdodga yetib borgan. Qoshgʻariy Bagʻdodda olimlar oʻrtasida turkiy xalqlar va ularning tillariga katta qiziqish borligini kuzatgan, shu sabab bu mavzuda ikki asar yozishga qaror qilgan. „Devoni lugʻatit turk” ustida 1072-yilda ishlay boshlagan. (ayrim manbalarda, jumladan, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida shu yili asarni yakunlagan, deb xato koʻrsatilgan.) Asarning oʻzida keltirilgan maʼlumotga koʻra, 1075—1094-yillarda asarning toʻrt nashrini tayyorlagan. Asarning ilk nusxasi yoʻqolgan. 1266-yilda koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasi esa saqlanib qolgan. Asarda Koshgʻariy shunday deb yozadi:



“Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli soʻzlar, sajʼlar, maqollar, qoʻshiqlar, rajaz va vasl deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. ... Men isteʼmoldagi soʻzlarnigina berdim, isteʼmoldan chiqqanlarini tashladim. ... Soʻngra men har bir qabilaga mansub soʻzlarning yasalish xususiyatlarini va qanday qoʻllanishini qisqacha izoqlab koʻrsatish uchun alohida yoʻl tutdim. Bu misol tariqasida turklarning tilida qoʻllanilib kelgan sheʼrlaridan, shodlik va motam kunlarida qoʻllanadigan hikmatli soʻzlaridan, maqollaridan keltirdim.”



Qoshgʻariyning ikkinchi asari — „Devonu lugʻotit turk”dan avvalroq yaratilgan, „Javoqirun-nahvi fi lugʻotit turk” („Turk tillari sintaksisi qoidalari”) asari saqlanib qolmagan. Asar haqida bizga faqat Qoshgʻariyning oʻzi yozgan manbalardan maʼlum. Qoshgʻariy 1105-yoki 1126-yilda vatanida vafot etgan, Oʻpal deb nomlangan hududning Aziq qishlogʻida dafn etilgan. „Divonu lugʻati-t-turk“ („Turkiy tillar devoni“) asarini muallif xalifa Abul Qosim Abdulloh ibn Muhammad al-Muqtadiy bi-Amrillohga tuhfa qilgan.
Turkiy xalqlarda filologiya qadimda maxsus fan sifatida qaralmagan boʻlsada, unga oid juda koʻplab asarlar — lugʻatlar, fammatikalar, adabiyotshunoslikka doir risolalar, tazkiralar, turkiy xalqlar tarixi va etnografiyasiga doir kitoblar yozilgan. Mahmud Koshgʻariy (11-asr) turkiy xalqlar madaniyati va fani tarixida alohida oʻrin tutadi. U turkiy filologiya fanini yaratgan olimlardan biri va birinchisidir. Uning „Devonu lugʻotit turk“ asarida bu fanning deyarli barcha sohalari yoritilgan: turkiy tillar leksikasi, fonetikasi va morfologiyasi, turkiy tillar tasnifi, turkiy xalqlarning ogzaki ijodi va boshqa Asarda, shuningdek, turkiy xalqlar etnografiyasi, toponimikasi, geografik joylashuviga oid qimmatli maʼlumotlar ham bor. M. Koshgariy tillarni qiyosiy oʻrganishga ham asos solgan. Oʻz davri olimlari tomonidan „Jorulloh“ („Allohning qoʻshnisi“) laqabini olgan Mahmud Zamaxshariy (11 —12-asrlar) Sharq fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshdi. U falsafa, tarix, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, tilshunoslik kabi fanlarga oid 50 dan ortiq asar yaratdi. Uning „Muqaddimat uladab“ asari faqat arab tili va tilshunosligi tarixini oʻrganish jihatidangina emas, balki turkiy xalqlar tillari tarixini oʻrganish jihatidan ham muhim ahamiyatga ega. Asarning lugʻat qismida arabcha soʻzlarning forscha, moʻgʻulcha tarjimalari bilan bir qatorda turkiycha tarjimalari ham berilgan. Bulardan tashqari, 13—19-asrlarda nomi mashhur yoki nomaʼlum mualliflar tomonidan yaratilgan 10 dan ortiq bir tilli yoki ikki tilli izohli lugʻatlar turkiy tillarda filologiya fanining rivojiga muayyan hissa boʻlib qoʻshildi. Shuningdek, Alisher Navoiyning „Muhokamat ul-lugʻatayn“, „Mezon ulavzon“, „Majolis un-nafois“, „Tarixi muluki Ajam“ asarlari, Boburning „Muxtasar“ („Risolai aruz“) va „Boburnoma“si, Abulgʻoziy Bahodirxonning „Shajarai turk“ va „Shajarai tarokima“ kitoblari, Munis, Ogahiy, Bayoniy kabi mualliflarning tarixga oid asarlari, Shayx Ahmad Taroziyning adabiyotshunoslikka oid „Funun ulbalogʻa“ kitobi va boshqa ilmiy asarlar ham keng maʼnoda filologiya fanini boyitgan.
18-asrda Germaniyada filolog I.I. Vinkelmanning „Neogumanizm“ (yangi gumanizm) nazariyasi paydo boʻlishi sababli filologiyaning yangi davri boshlanadi. Antik dunyoning yaxlit, bir butun obrazi haqidagi masala Uygʻonish davridagidek, hatto yanada koʻproq ilmiy talabchanlik bilan oʻrtaga tashlanadi. Nemis filologi filologiya A. Volf „filologiya“ terminini qadimiyat, antik dunyo haqidagi fanning nomi sifatida amalga kiritadi. Bu davrda filologiya juda keng maʼnoda tushunilib, nafaqat muayyan xalq tili va adabiyotini, balki tarixi, falsafasi, sanʼati va hatto moddiy madaniyatini oʻrganishni ham oʻz ichiga olgan. Filologiyaning qadimgi madaniyat yodgorliklarini oʻrganuvchi, yunon va rimlik mualliflar asarlarini sharhlovchi boʻlimi keyinchalik „Klassik filologiya“ deb atalgan. 19-asrda filologiyaning boshqa fanlardan ajralish jarayoni kuchaygan edi. Nemis filologlari G. Uzener, E. Rode, U. fon Vilamovits Myollendorf va boshqalarning faoliyati natijasida qadimgi dunyo tarixi mustaqil fan tarmogʻi sifatida filologiyadan ajralib chiqadi; ayni shu davrda romantizm va boshqa goyaviy oqimlarning taʼsiri ostida „Klassik filologiya“ bilan bir qatorda „yangi filologiya“ ham vujudga keldi: germanshunoslik (Aka uka Yakob va Vilgelm Grimmlar), slavyanshunoslik (A. Vostokov, V. Ganka), sharqshunoslik kabi. Shu bilan birga aka-uka Grimmlar, filologiya Dits, I. Dobrovskiy, A. Vostokov va boshqa filologlar tillarni oʻrganishning qiyosiy-tarixiy metodini ishlab chiqdilar. 18—19-asrlarda filologiyaning bir tarmogʻi sifatida turkiyshunoslik fani paydo boʻldi.
Filologiyaning yuqoridagidek maxsus boʻlimlari yuzaga kelgan va qiyosiy-tarixiy metod qoʻllana boshlagan davrda filologiya tushunchasi torayib, tilshunoslikka tenglashib kelgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida filologiya tushunchasi hiyla oydinlashadi va u tillar va adabiyotlarni oʼrganishni qamrab oladi; matnshunoslik, manbashunoslik, paleografiya kabi fanlar filologiyaning yordamchi sohalari sifatida paydo boʻladi, ayniqsa, matnshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi qadimgi qoʻlyozmalarni, mumtoz shoirlarning (masalan, Yusuf Xos Hojib, Atoiy, Navoiy, Bobur; Pushkin, Lermontov va boshqalar) asarlarini nashr etishda muhim rol oʻynadi. Filologiyani tashkil etuvchi tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari, oʻz navbatida, maxsus sohalarga tarmoklanadi: umumiy tilshunoslik, til tarixi, hozirgi tillarni oʻrganish; adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid va boshqa filologiya doirasiga folklorshunoslik ham taalluqlidir, chunki folklor ham soʻz sanʼati hisoblanadi.
Hozirgi filologiya til va adabiyotni oʻrganishning yangi-yangi muammolarini oʻrtaga tashlab, yangi-yangi metodlarni ishlab chiqmoqda; ijtimoiy hayotning barcha davrlariga xos yozma manbalar bilan uzviy bogʻlangan holda rivojlanmoqda; filologik tadqiqotlar mavjud manbalarga chuqur ilmiy va tanqidiy nuqtai nazardan yondoshgan holda olib borilmoqda. Bir paytlar yagona, yaxlit fan hisoblangan filologiya bagʻridan ajralib chiqib, mustaqil fanlarga aylangan tarix, falsafa, sanʼatshunoslik, madaniyat tarixi kabi soxlarning vazifalari bilan oʻz vazifalarini chegaralab olish, shu bilan birga, ular bilan ijodiy hamkorlik qilish hozirgi filologiyaning eng muhim oʻziga xos xususiyatidir.
Oʻzbek filologiyasining asoslari M. Koshgʻariy, M. Zamaxshariy davriga va asarlariga borib taqalsa ham, ayerlar mobaynida oʻziga xos tarzda rivojlanib kelgan boʻlsa ham, hozirgi maʼnodagi oʻzbek filologiyasi 20-asr boshlaridan shakllana boshladi: oʻzbek tilshunosligi, adabiyotshunosligi, manbashunosligi va matnshunosligi filologiya fanining tarmoqlari sifatida taraqqiy etdi. Hozirgi oʻzbek filologiyasi jahon filologiya fanining tarkibiy qismi sifatida har tomonlama rivojlanmoqda. Oʻzbek filologiyasi taraqqiyotiga M. Behbudiy, Fitrat, Choʻlpon, Avloniy, Elbek, Gʻozi Olim Yunusov, A. Zohiriy, Otajon Hoshim, Hodi Zaripov, S. Ibrohimov, P. Shamsiyev, Sh. Xurshid, Olim Sharafiddinov, S. Mutallibov, Izzat Sulton, O. Usmonov, S. Usmonov, U. Tursunov, filologiya Kamol, V. Abdullayev, V. Zohidov, Gʻ. Karimov, filologiya Abdullayev, A. Gʻulomov, H. Sulaymonovlar, rus olimlaridan Ye. Polivanov, K. Yudaxin, A. Borovkov, V. Reshetov, A. Kononov, A. Shcherbak va boshqalarning munosib xissalari bor. Shuningdek, Sh. Shoabdurahmonov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Hayitmetov, A. Qayumov, A. Rustamov, Q. Mahmudov, M. Asqarova, H. Rahmatullayev, A. Hojiyev, A. Abdugʻafurov, B. Valixoʻjayev, N. Karimov, T. Mirzayev, B. Nazarov, E. Fozilov, E. Begmatov, H. Neʼmatov, A. Nurmonov, N. Maxmudov va boshqa hozirgi kundagi oʻzbek filologiyasini rivojlantirishda oʼz ilmiy izlanishlari bilan ishtirok etib kelmoqdalar.
Exercise. Complete each proverb with words from the box.

end greener laughter
fire hatch hand

1.If you play with ____________.you will get burned. 2.___________________ is the best medicine. 3. The grass is always_______________on the other side. 4. Don’t bite the __________________that feeds you. 5. All good things mus come to an________________ 6. Don’t count your chickens before they_________________


3.2. Muhammadsharif Gulhaniyning “Zarbulmasal” asarida qo’llanilgan paremiologik birliklar
Reja:

        1. Muhammadsharif Gulhaniyning hayoti va ijodi.

        2. M. Gulhaniyning “Zarbulmasal asari haqida”

        3. “Zarbulmasal” asarining paremiologik xususiyatlari.

Gulxaniy ijodiy faoliyatidagi eng muhim fazilat shundan iboratki, u o'z davrining folklorshunosi sifatida o'zbek xalqining beqiyos donishmandligini ifoda etgan masallar, maqollarni to'plab, mashhur „Zarbulmasal" asarini yaratdi. Gulxaniy asarning kirish qismida uning yozilish sababi ustida to'xtalib, xon saroyidagi she'riy majlislarning birida masal (maqol, matal, hikmat)larning badiiy ijoddagi o'rni haqida gap ketganligini qayd etadi. Xonning nazari Gulxaniyga tushib, uni qoshiga chaqiradi va „..bu zarbulmasallarni necha hikoyatlar orasida aqlu donishing yetishicha tartib ver"„— deb buyuradi. Gulxaniy darhol javob beradi: „Ey shohi jahonpanoh, tojikning bir masali bordurki, az ko'za hamon tarovadki, dar o'st (Ko'zada bori to'kiladi) „Alar (ya'ni xon) aydilarki, ,,O'zbekning bir maqoli bordurki, „Eshakiga yarosha tushog'i". Bu suhbatdan so'ng Gulxaniy „amirning amrlarini vojib bilib, zarbulmasal yo'lida sobit qadam bo'ldi va Yapaloqqush va Boyqushning qudaliklari orasinda to'rt yuz zarbulmasali “avommunos”ni bayon qiladi.
„Zarbulmasal"ni yozishda maqol, matal, naql va xalq og'zaki ijodining to'rt yuzga yaqin boshqa namunalaridan mahorat bilan foydalandi. Shuningdek, atroflicha bilimdon ijodkor sifatida u hindlarning buyuk folklor asari ,,Kalila va Dimna” tajribasidan, Muslihiddin Sa'diy, Alisher Navoiy kabi ulug' va mo'tabar adiblarning asarlaridan ham o'rnida foydalandi. „Zarbulmasal" — hayvonlar haqidagi qiziqarli voqealarga boy asar. Lekin hayvonlar kechirgan voqealarga chalg'ib qolmaslik kerak. U, aslida, odamlar haqidagi asardir.
Adabiyotimiz tarixida „Zarbulmasal" nomi bilan tarqalgan asarlar juda ko'p bo'lgan. U, avvalo, bir tildagi masallarning oddiy to'plamini anglatgan. Shuningdek, bir tildagi masallarning boshqa tilga qilingan tarjimalari ham „zarbulmasal" deb nomlangan. Biror masalga tayanib pandnoma yo'nalishida bitilgan risola ham „zarbulmasal" atalgan. Gulxaniyning „Zarbulmasal"i esa tamomila original badiiy asar bo'lib, dunyo adabiyotida o'xshashi yo'q hodisadir. Bu janrdagi asarlarda imo-ishora, kinoya asosiy tasvir usuli hisoblanadi. Ijodkor badiiy maqsadini odamlar taqdiri tasviri orqali emas, balki qushlar, jonivorlar vositasida ifodalaydiki, bu asarning ta'sir kuchini oshiradi.
Asarning kompozitsiyasi ham, sujeti ham, tili ham anchagina murakkab bo'lishiga qaramay, tushunilishi jihatidan sodda va maroqlidir. Bunga masal, maqol, hikmat va matallardan o'rinli foydalanish evaziga erishilgan. „Zarbulmasal"dagi hikoya ichida hikoya yo'sinida berilgan „Maymun bilan najjor", „Tuya bilan bo'taloq", „Toshbaqa bilan chayon" kabi masallar zimmalariga yuklangan badiiy vazifalaridan tashqari ham mustaqil estetik qimmat kast etib, asarning umumiy jozibasini oshirishga xizmat qilgan. „ Zarbulmasal "da qushlar timsolidan foydalanib, insonlar va ular orasidagi murakkab munosabatlar tasvirlangan. Asarda inson ruhiyati tasviri alohida berilmay, qushlarning o'zaro suhbatlari zamiriga singdirilgan. „Zarbulmasal"da uchraydigan badiiy obrazlarni: a) qushlar obrazlari; b) hayvon-hasharot obrazlari; v) odam obrazlari tarzida uchga bo'lish mumkin. Qushlar obrazlari asarning bosh maqsadini ifodalashga yo'naltirilgan bo'lib, qolgan ikki guruhdagi qahramonlar, asosan, ularning o'zaro suhbatlari asnosida namoyon bo'ladi. Yozuvchi qushlar vositasida ularning prototiplari bo'lmish odamlarga xos jihatlarni aks ettirgan bo'lsa- da, ayni vaqtda, har bir qushga xos bo'lgan individual belgilarni berishni ham yoddan chiqarmaydi. Ko'pincha, qushlarning otida ularning fe'li aks etadi. Chunonchi, Ko'rqushning ko'rligi, Boyqushning sovuqnafas va xasisligi, Kordonning korchalonligi, Kuykanakning kichik jussali hamda kuyunchakligi laqab bilan tabiatning mos kelishiga misol bo'la oladi.
Yapaloqqush bilan Boyqush asardagi markaziy qahramonlardir. Asarning sujeti ana shu timsollarning o’zaro quda-anda bo'lishiga bogiiq voqealar asosida rivojlanadi. Yapaloqqush — bir qadar davlatmand kimsa timsoli. U o'zidan ham sarmoyaliroq, taniqliroq kishi bilan quda bo'lishni orzu qiladi. O'zidan balandlarga intilgani uchun ham o'g'liga Kulonkir sulton deb ism qo'yadi, Boyqush bilan quda bo'lishga urinadi. Adib Yapaloqqush misolida qo'lidan kelmaydigan ishga urinadigan, boylig-u shon-shuhratga mukkasidan ketgan kimsa obrazini yarata'di.U o’z holini bilmaydi, bildirganlarida esa tan olgisi kelmaydi. Yapaloqbibining: ,,O'g'limning asbobi kulangirligi minqori bilan changalidan ma'lum va ravshan emasmu?!" — degan gaplarida uning shaxsiyatiga xos maqtanchoqlik, zo'ravonlik sifatlari ma'lum bo'ladi. Kulonkir sulton ham onasiga munosib farzand. U — qushlar shohining pahlavoni. Kuch-qudrati bilan o'zgalarda dahshat uyg'otishga mohir. Lekin yaxshi tarbiya ko'rmagani, tabiatida yetuklik bo'lmagani uchun ham Ko'rqush unikiga borganda mehmonga qanday muomala qilishni bilmasligini namoyon qiladi. Asardagi mezbonlik tutumi tasviri Kulonkir sulton va uning xizmatkorlarining odamgarchiligiga baho berishga asos bo'ladi. Mehmonga sarqit ovqat taklif etishi, uning ham ko'pini o'zi yeb qo'yishi singari hollarda befarosat, yebto'ymas, tarbiyasiz Kulonkirning asl qiyofasi namoyon bo'ladi.
„Zarbulmasal"dagi asosiy qahramonlardan bo'lmish Boyqushning qanday parranda ekanligi va uning faqat vayronalarni makon tutishi ma'lum. Asarda esa, uning makoni shunday hayrat va muhabbat bilan tasvirlanadiki, beixtiyor o'quvchining kulgisi keladi. Ma'lumki, boyqush — tungi jonzot. Uning qizi Gunashbonu deb atalgan. Bu — Quyoshxon degani. Boyqushdan quyosh tug'ilishi mumkinligi tasavvurga sig'adimi? Buning ustiga, bu qiz shu qadar chiroyliki, olam quyoshi, ya'ni kun uning yuziga qaray olmaydi:

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling