Биринчи боб
Download 0.83 Mb.
|
O\'quv qullanma Karimova M. final
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4.O‘zbek va ingliz tillarida paremiyalarning tasniflanishi va xususiyatlari Reja: 1
Nazorat savollar
1. Abdulla Qahhorning qaysi hikoyalarida xalq maqollari epigraf sifatida olingan? 2. Ingliz tilida paremiyalar qay holatda yaqqol namoyon bo'ladi? 3. Qaysi omillar yangi paremiyalar rivoji uchun asosiy imkon yaratadi? 4. Frazeologiya nima? 5. Paremiya deyilganida qaysi frazeologik birliklar tushuniladi? 1.4.O‘zbek va ingliz tillarida paremiyalarning tasniflanishi va xususiyatlari Reja: 1 Frazeologik birliklar va ularning turlari 2.Idiomalar va paremiyalar 3. Frazeologik birliklarni tavsiflashdagi yondashuvlar Maqollarga odatda “grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, o‘tkir mazmunli, ko‘chma ma’noda ishlatiluvchi qisqa, ixcham xalq hikmatlari”27 sifatida qaralsa, ba’zida o‘z ma’nosida qo‘llangan jumlalar ham maqol sifatida baholanadi. “Maqol — xalq og‘zaki ijodi janri; qisqa, lo‘nda,obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma’noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli gap. Nutqda keng qo‘llanuvchi muayyan, barqaror ritmik shaklga ega bo‘lib, ular xalqning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan. Maqollarda avlod-ajdodlarimizning hayotiy kuzatishlari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Maqol o‘z tabiatiga ko‘ra, og‘zaki yoki yozma nutqda ko‘chma yoki o‘z ma’nosida qo‘llanilishi mumkin. Ayrim maqollar esa faqat ko‘chma ma’noda (“Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi”, “Quruq qoshiq og‘iz yirtar”), ba’zan o‘z ma’nosida (“Ona yurting omon bo‘lsa, rangi-ro‘ying somon bo‘lmas”) ishlatiladi28. Matallar hususida olimlar o‘rtasida turli xil qarashlar mavjud. Ba’zilari, matallar o‘z ma’nosida qo‘llanadi deb hisoblasa, ayrimlari faqat ko‘chma ma’noda qo‘llanishini ta’kidlaydilar. “Matal” − folklor atamasi. U yoki bu hayotiy voqelikka emotsional-ekspressiv tus beruvchi, xalq orasida tarqalgan ifodalar, xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri. Matalda narsa tasviri, uning harakteristikasi beriladi, maqolda esa to‘la tugallangan fikr xulosa ifodalanadi. Maqollar nutqimizni bezovchi, obrazli fikrlashning go‘zal namunasi hisoblanadi. Maqollar nisbatan sekin paydo bo‘lib, lekin ko‘p davrlar iste’molda saqlanib qoladi. Matal xalq maqoli bilan ba’zi o‘xshashliklarga ega bo‘lsa-da, lekin o‘ziga xos jihatlari bilan undan farqlanib turadi. Bu tafovutlar quyidagilardir: 1) maqollar nutqda yaxlit hukm sifatida qo‘llanilsa, matallar hukmning qismi funksiyasini bajaradi; 2) maqollarning tematik doirasi keng bo‘lsa, matallar konkret temaga va qat’iy funksional qo‘llanilishga ega; 3) maqollar konkret shakliy tuzilishga ega bo‘lsa, matallarda shakliy qat’iylik mavjud emas; 4) maqollar ba’zan ko‘chma, ba’zan o‘z ma’nosida qo‘llansa, matallar hamma vaqt ko‘chma ma’no tashiydi. Мaqol va matallarning o‘zaro farqli tomonlari professor М. Umarxo‘jayev tomonidan yaqqol ko‘rsatib berilgan29. Xalq og‘zaki ijodida matallarning paydo bo‘lishi nutqda turg‘un obrazli iboralarning yuzaga kelishi bilan bog‘liqdir. Matallar so‘zning ko‘p ma’noliligiga tayanganligi uchun nutqiy frazeologik iboralarga qarama-qarshi holda ifodadagi o‘xshatish va qiyoslashlarni kuchaytiradi. Shuning uchun ham ularda qiyoslanuvchi elementlarning tafovuti yaxshi saqlanadi. Matallar hamma vaqt tarkibi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, grammatik jihatdan gapning bir bo‘lagi bo‘lib keladi. “Qil uchida turibman”, “Semizlikni qo‘y ko‘taradi”, “Tuyaga yantoq kerak bo‘lsa, bo‘ynini cho‘zar”, “Bekorga mushuk oftobga chiqmaydi” kabi matallar xalq orasida keng tarqalgan30. Paremiologiya bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan o‘zbek olimasi B. Jo‘rayeva matallar faqat o‘z ma’nosida qo‘llanishini ta’kidlab quyidagi fikrlarini bildiradi: “Matallar esa grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, faqat o‘z ma’nosida – to‘g‘ri ma’noda qo‘llaniluvchi qisqa, ixcham xalq hikmatlari hisoblanadi. Maqollarning matallardan asosiy farqi maqollarning idiomalashgan ko‘chma ma’noga ega ekanligi va matallarning bu xususiyatga ega bo‘lmay, faqatgina to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishida ko‘rinadi”31. Shu bilan birga olima qiziq bir holat haqida fikr yuritadi: “...tilda maqol-matal tipidagi paremalar deb yuritiluvchi birliklarning o‘zi ham alohida holda mavjud bo‘lib, o‘zida maqollik va matallik xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday ifodalarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda bir qism so‘zlar o‘z ma’nosida ishlatilsa, ikkinchi qismi ko‘chma ma’no ifodalaydi”32. Bu qarash juda qiziqarli bo‘lsa-da, lekin biroz munozarali. Pretsedent ifoda – bu “nutqni rivojlantirish faoliyati takrorlanadigan mahsulot; predikativ bo‘lishi mumkin yoki bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan to‘liq va o‘zini o‘zi ta’minlaydigan birlik; qiymatlari yig‘indisi uning ma’nosiga teng bo‘lmagan murakkab belgi; ikkinchisi har doim oddiy qiymatlarning yig‘indisidan ko‘ra “kengroq”; kognitiv bazasi kabi pretsedent iborani o‘z ichiga oladi. Rus va ingliz amaliyotida bu maqol, matal, mumtoz asarning yashirin yoki ochiq-oydin iqtibosi bo‘lishi mumkin. To be or not to be – O‘lmoq yoki qolmoq. Har doim bo‘lsin Quyosh!”33. B.A. Larin frazeologik birliklarni ularning tarixi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi: “...har bir frazeologik birlikning orqasida ma’lum bir pretsedent holat mavjud (bu frazeologik birliklarni pretsedent hodisalarga yaqinlashtiradi) va uning mohiyati frazeologik birliklarni idiomatik va metaforik bo‘linishiga imkon beradi”34. “Birinchi toifa – tilda o‘z taraqqiyotining har qanday bosqichida hukmronlik qiladigan o‘zgaruvchan iboralar. Kuchaytirib bo‘lmaydigan kombinatsiyaga (idiomalarga) ko‘tarilish bosqichiga ko‘ra, mavjud tasniflar tarkibidagi eng yaqin toifalar erkin, stereotipik iboralarga o‘tish kerak. ... Ikkinchi toifa stereotipligi, an’anaviyligi va metaforik jihatdan qayta ko‘rib chiqilishi, asl ma’nodan uzoqlashishi, allegorik qo‘llanilishi bilan aniq ajralib turadi. Ularni belgilaydigan asosiy xususiyatga ko‘ra ushbu guruhni metaforik iboralar deb ataymiz. Uchinchi va oxirgi toifa – idiomalar. Idiomalar metafora, so‘z birikmalaridan ko‘ra ko‘proq deformatsiyalangan. Idiomalar, aytilganidek, iboralarning shakli va ma’nosining uzoq muddatli rivojlanishi natijasida shakllanadi. Bu oxirgi bosqich, chunki kelajakda ular faqat nutqning xizmat ko‘rsatish elementlariga aylanishi yoki kundalik hayotdan butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin35. G.A. Martinovich ko‘p jihatdan bu tasnif V.V. Vinogradovning tasnifiga o‘xshashligini ta’kidlaydi36: 1-jadval V.V. Vinogradov va B.A. Laringa ko‘ra frazeologizmlarning tasnifi
A.I. Smirniskiy ingliz tilidagi frazeologik birliklar misolida frazeologik birliklarning ikkita asosiy – bir cho‘qqili va ikki cho‘qqili turini ajratadi. “Zamonaviy ingliz tilida frazeologik birliklarning ikkita struktur-semantik turlarini ajratish mumkin. Ularning biri yasama so‘zlarga o‘xshash, bitta semantik jihatdan to‘liq qiymatli elementga ega va ularni bir cho‘qqili deb atash mumkin. Murakkab so‘zlarga o‘xshash ikkinchisida kamida ikkita to‘liq qiymatga ega elementlar mavjud, ular ko‘proq bo‘lishi ham mumkin ((sr. every other day – kun ora) har kuni) – shuningdek, aralash so‘zlarning tarkibiy qismlari soni (one-hundred-horse-power-engine – yuz ot kuchiga ega mashina). Bunday frazeologik birliklarni ikki cho‘qqili va ko‘p cho‘qqili deb atash mumkin”37. A.I. Smirniskiy inglizcha frazeologik birliklarning tasnifini quyidagi jadvalga birlashtiradi: 2-jadval Bir cho‘qqili va ikki cho‘qqili frazeologizmlar
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling