Birinchi bo‘lim. Asosiy prinsiplar I bob. Davlat suvereniteti
XIII bob. Jamoat birlashmalari
Download 146.74 Kb.
|
konstitutsiya
XIII bob. Jamoat birlashmalari
56-modda. O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 74-moddasi. 57-modda. Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasi birinchi qismining birinchi va ikkinchi xatboshlari, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2021-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 216 va 2161-moddalari. 58-modda. Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi. Download 146.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling