Birinchi bo‘lim. Asosiy prinsiplar I bob. Davlat suvereniteti


X bob. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari


Download 146.74 Kb.
bet8/11
Sana19.06.2023
Hajmi146.74 Kb.
#1603619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
konstitutsiya

X bob. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari
43-modda.
Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.
44-modda.
Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 184 — 189-moddalari.
45-modda.
Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.
46-modda.
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi, Mehnat kodeksi 6-moddasining birinchi qismi, Oila kodeksining 2-moddasi.
XI bob. Fuqarolarning burchlari
47-modda.
Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar.
48-modda.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
49-modda.
Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.
Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi va “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-moddasi.
50-modda.
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasining uchinichi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining VIII bobi (“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik”), O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi maxsus qismining to‘rtinchi bo‘limi (“Ekologiya sohasidagi jinoyatlar”).
51-modda.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 6, 12 va 23-moddalari.
52-modda.
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.

Download 146.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling