Birinchi bo‘lim. Asosiy prinsiplar I bob. Davlat suvereniteti
UChINChI BO‘LIM. JAMIYAT VA ShAXS
Download 146.74 Kb.
|
konstitutsiya
UChINChI BO‘LIM. JAMIYAT VA ShAXS
XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari 53-modda. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 167-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166, 199, 202 — 204-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni. 54-modda. Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-moddasi. 55-modda. Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “O‘rmon to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlari. Download 146.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling