Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


Download 0.59 Mb.
bet29/46
Sana19.11.2020
Hajmi0.59 Mb.
#147374
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI


2041-modda. Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik

Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(2041-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlar sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, shuningdek atrof tabiiy muhitga va odamlar hayotiga tahdid solsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(2041-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotni yashirish, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki ular haqida atayin soxta axborot taqdim etish —



Oldingi tahrirga qarang.

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(2041-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgust 824-I-son “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.

205-modda. Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish

Favqulodda holat e’lon qilingan joylarda mish-mishlar tarqatish va huquq-tartibotni buzishga undovchi yoki milliy adovatni avj oldiruvchi boshqa harakatlar, fuqarolar va mansabdor shaxslarning o‘z qonuniy huquqlari va burchlarini amalga oshirishlariga faol to‘sqinlik qilish, xuddi shuningdek ichki ishlar organlari xodimining, harbiy xizmatchi yoki jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarayotgan boshqa shaxslarning qonuniy farmoyishi yoki talabiga qasddan bo‘ysunmaslik yoxud jamoat tartibini va fuqarolar osoyishtaligini buzadigan boshqa shunga o‘xshash harakatlar yoki ma’muriy nazorat qoidalarini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘ttiz sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.



(205-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

206-modda. Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish

Ustidan ma’muriy nazorat o‘rnatilgan shaxslarning bunday nazorat qoidalarini buzishi —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(206-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 226-moddasi, “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi Qonun.

207-modda. Voyaga yetmaganni qarovga olish to‘g‘risidagi yozma majburiyatni bajarmaslik

Ota-onalarning, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning, bolalar muassasalari rahbarlarining o‘z qaroviga olgan voyaga yetmaganga nisbatan o‘zlari qabul qilgan yozma majburiyatlarni bajarmasligi —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(207-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

208-modda. Kafilning yozma majburiyatni bajarmasligi

Kafilning yozma majburiyatni bajarmasligi, oldini olish uchun shaxsiy kafolat qo‘llanilgan harakatlar ayblanuvchi tomonidan sodir etilishiga olib kelgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(208-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 251-moddasi.

209-modda. Davlat mukofotlariga nisbatan qonunga xilof harakatlar qilish

Orden, medal, faxriy unvonning ko‘krakka taqiladigan nishonini qonunga xilof ravishda taqib yurish, sotib olish, sotish, ayirboshlash yoki birovga boshqacha tarzda haq evaziga berish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(209-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

2091-modda. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish

Formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish, —



Oldingi tahrirga qarang.

formali kiyim-boshni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(2091-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish

(210-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-299-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga berilishi taqiqlangan narsalarni ko‘zdan kechirishdan yashirib berish yoki boshqa har qanday usul bilan berishga urinish —



(210-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-299-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

berish taqiqlangan ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(210-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga 4-ilova (Taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarning ro‘yxati)..

Oldingi tahrirga qarang.

2101-modda. O‘ta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik

O‘ta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish, ya’ni tegishli ruxsatnomasiz o‘ta muhim va toifalangan obyektlarga shaxsning o‘zboshimchalik bilan kirishi, ushbu obyektlarda transport vositalarining harakatlanishi yoki mol-mulkning joyini o‘zgartirish, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(2101-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

O‘ta muhim va toifalangan obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslari tomonidan bajarilmasligi, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.



(2101-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 2591-moddasi.

211-modda. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish

Korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona binolarida, yotoqxonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli obyektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish yoki yong‘inga qarshi inventarlar, uskunalar, yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(211-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 259-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, “Odamlar ommaviy bo‘ladigan obyektlar uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari” (1997-yil 8-iyulda 354-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “Energetik korxonalar uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror (2004-yil 22-aprelda 1341-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining 2010-yil 3-avgustdagi 147-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Energetika obyektlarida olovli ishlarni o‘tkazishda yong‘in xavfsizligi choralari haqida yo‘riqnoma”, Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining “Elektrostansiyalarda yoqilg‘i uzatilishining portlash, yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i, Vazirlar Mahkamasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori, “Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarda yong‘in xavfsizligiga, tez tibbiy yordam ko‘rsatishga, evakuatsiyaga va himoyalash bo‘yicha muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlashga qo‘yiladigan yagona talablar hamda ularga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (2014-yil 23-iyunda 2596 son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan), “Neft sanoatida yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruq (2014-yil 31-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2605), “Transport vositalarini saqlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish obyektlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror (2015-yil 24-avgustda 2710-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(211-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish, agar yong‘in chiqishiga olib kelgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(211-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

212-modda. Texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmaslik

(212-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Xo‘jalik faoliyati subyektlarining texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmasligi;



(212-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)

Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(212-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(212-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Standartlar va o‘lchov vositalarini nazorat qiluvchi davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaslik —



(212-moddaning uchinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)

Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(212-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(212-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Texnik jihatdan foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Ta’lim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqidagi Umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”, “Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentini tasdiqlash haqida”, “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Don xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Texnik vositalarning elektromagnit mosligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Charm-poyabzal mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Shisha idishlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Shaxta ko‘tarish qurilmalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari o‘quv xonalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “O‘quv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Bosim ostida ishlaydigan uskunalarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”, “Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Liftlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilg‘isiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘iga va mazutga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Go‘sht va go‘sht mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarorlari.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling