Birinchi bosqich(sirtqi)boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun
‘‘Umumiy psixologiya ’’ fanidan № 9- mustaqil ish topshiriqi
‘‘Individ, shaxs, individuallik tushunchalari’’ mavzusi bo‘yicha mustaqil ish tayyorlash (Izoh : mustaqil ish 5 bet iborat bo‘lishi,oddiy reja asosida hamda yakunida kamida 5 ta adabiyotlar ro‘yxatini ko‘rsatgan tartibda , qo‘lyozma shaklida yozilishi lozim).
2. ‘‘BBB’’ interfaol ta’lim metodi haqida ma’lumot to‘plash (Izoh: to‘plangan ma’lumotlar 12 betlik daftarga yozilishi hamda mustaqil ish shu interfaol metod asosida amaliy tushuntirib berilishi lozim).
3.Glossariylarga ta’rif bering. (Izoh : keltirilgan atamalarning har biriga to‘g‘ri javob berish uchun mustaqil ish mavzusi o‘zlashtirilishi va ta’riflar 12 betlik daftarga to‘liq yozilishi zarur.Ta’riflar talaba tomonidan mustaqil ish himoyasi davomida og‘zaki tarzda tushuntirib berilishi lozim).
Individ –
Individuallik -
Konformlik-
Frustrasiya-
Ehtiyoj-
4. ‘‘Umumiy psixologiya ’’ fanidan testlarni yeching. (Izoh: test javoblari 12 betlik daftarga yozilishi lozim).
1.Shaxs tushunchasiga to’g’ri ta'rif berilgan qatorni toping?
A) Jamiyatda rivojlanuvchi til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi inson.
B) Odam boshqa odamlar bilan munosabatda shaxsga aylanadi.
V) Voqelikni bildiruvchi va uni o’zgartiruvchi sub'ektga aytiladi.
G) Ongli sub'ekt faoliyatda bo’ladigan muloqot madaniyatiga ega bo’lgan jamiyatda yashaydigan komil inson.
D) Kishilik jamiyatida yashaydigan faoliyatning biror turi bilan shug’ullanadigan til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bo’ladigan ongli individ.
2.Biogenetik nazariyaning mazmuni qaysi qatorda ko’rsatilgan?
A) Biologik qarish.
B) Bilish jarayonlari va biologik yangilik.
V) Taraqqiyotning bosh maqsadi biologik determinantlarga qaratiladi va ularning mehnatidan ijtimoiy psixologik xususiyatlar keltirib chiqaradi..
3.Biogenetik qonun qaysi olimlar tomonidan kashf qilingan?
A) Krechmer. Myuller. B) Myuller va Gekkel. V) Xoll va Shtern. G) Myuller va Xoll. D) Krechmer va Gekkel.
4.Mazkur qonunga ko’ra shaxs psixologiyaning individual taraqqiyoti butun insoniyat taraqqiyotining asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi degan g’oya yotadi…
A) Sosogenetik. B) Psixogenetik. V) Psixodinamik. G) Biogenetik. D) Kongnitiv.
5.Qaysi qatorda biogenetik nazariya namoyondalari ko’rsatilgan?
A) Shtern va Erikson. B) Levin va Krechmer. V) Shtern va Krechmer.
G) Xoll va Torndayk. D) Skinner va Levin.
5 Individ, shaxs, individuallik tushunchalari’’ mavzusi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar qatorlarini to‘ldiring.(Izoh :Ma’lumotlar asosan umumiy psixologiya faning o‘quv uslubiy majmuasi, mavzuga tegishli adabiyotlar hamda internet ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi).
Shaxsning faolligi deb…____________________________________________
A.Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasi___________________________________
Fiziologik ehtiyojlar bu-____________________________________________
Qiziqishning mazmuniga ko‘ra turlari__________________________________
Motiv bu-_________________________________________________________
‘‘Umumiy psixologiya’’ fani o‘qituvchisi: Ilxomova D.I
Do'stlaringiz bilan baham: |