Биринчи ва энг кўп тарқалган турига


"Sarmoya kirit va uch oy ichida Stiv Jobsdek boyib ket" -


Download 111.44 Kb.
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi111.44 Kb.
#1129126
1   2   3
Bog'liq
Ijtimoiy muhandislik

"Sarmoya kirit va uch oy ichida Stiv Jobsdek boyib ket" - ha, ha, ha... bu ham Facebook da keng tarqalgan reklamalardan biri. Faqat bu gal reklama beruvchilar Rossiyada yashovchilar. Siz bu reklamaga bosganingizda ismingiz, e-pochtangiz va telefon raqamizni kiritish so'raladi. Kiritganingizdan keyin esa 2-3 kun ichida sizga Rossiya telefon nomeridan qo'ng'iroq qilishadi va siz kimligingiz, yoshingiz, qayerda ishlashingiz, bu ilovaga bosib to'g'ri qaror qilganingiz va kompaniya turiga qarab biror bir innovatsion mahsulot yoki BitCoin larga pul tikishingiz tavsiya qilinadi.
- "Agarda siz hozir 1000$ sarmoya kiritsangiz bir yilda bu sizga 30000$ bo'lib qaytib keladi!" yoki shu kabi reklamalar haqida gapirishadi. Agarda "pulim yo'q" desangiz sarmoya hajmi 500$ ga tushadi, agar u ham yo'q desangiz sizdan 300$ tikish so'raladi, agar u ham yo'q desangiz 100$ ga ham boyib ketishingiz va'da qilinadi, agar u ham yo'q desangiz 50$ ga yaxshigina pul ishlab olishingiz mumkinligi bildiriladi. Agar umuman pulim yo'q desangiz esa sizga kimdarur qarz olib turishingizni ham maslahat berishadi!

yrim qo'shtirnoq ichidagi "hakker"lar sizning elektron pochtangizga mavjud bo'lmagan pochta orqali elektron xabar yuboradi. U xabarda siz bir necha yuz rubl yoki dollardan bir necha ming hatto million dollar yutganingiz ham yozilgan bo'ladi. Pulni olish uchun sizdan faqat pochtangiz, internet hamyoningiz (webmoney, Qiwi, yandexdengi) ko'rsatilishi so'raladi. Ko'rsatganingizdan keyin esa sizga - pulni sizga o'tkazib berishlari uchun komissiya mavjud – ekanligini bildirishadi. Komissiyani esa siz ularga o'z hisobingizdan o'tkazib berishingiz kerak. Ya'ni, ular komissiya harajatini yutgan pulingizdan ushlab qolishmaydi, aksincha sizdan talab qilishadi. Siz pulni o'tkazishingiz bilan esa ... siz mukofot pulini olish uchun kirgan sahifangiz qayta ishga tushadi va sizdan qaytadan ma'lumotlaringizni kiritishgizni va komissiya pulini qaytadan to'lab berishingizni so'rashadi. Qancha pul to'lamang, siz mukofot pulini olmaysiz.

Ijtimoiy muhandislik


An'anaviy xakerlik usullaridan farqli o'laroq, ijtimoiy muhandislik hujumlari kompaniya serverlariga kirish uchun odamlarning xatti-harakatlaridan foydalanadi. Ijtimoiy muhandislar xodimlarni kirish ma'lumotlarini yoki boshqa maxfiy ma'lumotlarni almashish uchun manipulyatsiya qiladilar, keyinchalik bu tarmoqni buzish uchun ishlatiladi. Bank sohasida ijtimoiy
muhandislikning eng keng tarqalgan hujumi - bu fishing.
Fishing hujumlari - bu xodimlarni ma'lumot almashish uchun aldash uchun kompaniya rasmiylarini taqlid qiladigan elektron pochta xabarlari, qo'ng'iroqlar yoki matnlar kabi aloqa. Fishing hujumlari, shuningdek, xodimlarni zararli dastur bilan zararlangan veb-saytlarga yo'naltirish uchun noto'g'ri havolalardan foydalanishi mumkin. Mijozlar tez-tez fishing hujumlariga duch kelmoqdalar, shuning uchun ularni kiberxavfsizlikning eng yaxshi amaliyotlari to'g'risida xabardor qilish juda muhimdir. Buni xavfsizlik to'g'risida xabardor qilish yoki elektron pochta orqali amalga oshirish mumkin.

Download 111.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling