Birinchi yordam baxtsiz hodisalar roʻy berganda, kishi shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib


Download 41.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.06.2020
Hajmi41.09 Kb.
#112920
Bog'liq
Notes 200601 124309 0e9


Birinchi yordam — baxtsiz hodisalar roʻy berganda,

kishi shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib

qolganda uning hayotini saqlab qolish va yomon

asoratlardan omon qolishi uchun koʻrsatiladigan tez

va oddiy tadbirlar majmui; tibbiy xodim yetib kelguncha

yoki ularni kasalxonaga olib borguncha amalga

oshiriladi. Birinchi yordam oʻz-oʻziga yoki boshqalar

tomonidan (oʻzaro) koʻrsatilishi mumkin. Shikastlangan

odam jarohatini oʻzi bogʻlay olsa, zaharlanish alomati

boʻlganida, mas, koʻp suyuqlik ichib meʼdani yuvish va

qayt qilishga quvvati kelsa, oʻz-oʻziga Birinchi yordam

koʻrsatishi mumkin. Oʻzaro Birinchi yordam odatda

boshka kishi tomonidan koʻrsatiladi. Kishining hayoti

xavf ostida qolganda, mas, qon ketganda, tok urganda,

zaharlanishda, koma, shok va boshqa holatlarda

darhol Birinchi yordam koʻrsatish zarur. Keyingi

koʻrsatiladigan tibbiy yordam Birinchi yordamning

qanchalik toʻgʻri koʻrsatilganligiga bogʻliq. Mac, suyak

ochiq singanda bogʻlov va shina (taxtakach)ning tez

va toʻgʻri qoʻyilishi , koʻpincha shok va boshqa ogʻir

kasalliklarning oldini olishga, shikastlanib behush

yotgan kishini yonboshi bilan yotqizish traxeya

va bronxlarga qusuq massasi hamda qon ketib

qolmasligiga yordam beradi.

Birinchi yordam uch xil tadbirlar majmuasini

oʻz ichiga oladi

: 1) tashki shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib

qolgan ogʻir narsa va boshqalar) taʼsirini darhol

bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay

sharoitdan xoli qilish (suvdan, oʻt tushgan joydan



olib chiqish va boshqalar); 

2) shikastlanish tarziga qarab Birinchi yordam

koʻrsatish (bular haqida q. Suyak chiqishi, Suyak

sinishi, Zaharlanish, Hushdan ketish, Jarohatlanish,

Kuyish va b...

3) yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish.

Odam toʻsatdan betob boʻlib qolganida, turli xil baxtsiz

hodisalar roʻy berganida, albatta tez yordam chakirish,

noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda

davolash muassasasiga olib borish zarur. 

Birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifalari.

jarohatlanganlarni hayotini saklab kolish .

- jarohatlar asoratlarini oldini olish.

jarohatlanganlarni tеzrok tozalishini ta'minlash.

Birinchi tibbiy yordamning samaradorligini avvalombor

tibbiy yordam ko’rsatishining muddatiga va tibbiy

yordam ko’rsatuvchining bo’limini bajarishi kobiliyatiga

bogliq. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish jarayonida

maxsus tibbiy anjomlardan foydalaniladi. Ularning

soni, miqdori turlari sodir bo’lgan ochoqning turiga

bogliq boladi. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun

maxsus tibbiyot asboblar, dori darmonlar, boylama

matolar, qon kеtishini tuxtatuvchi elastik tasma

(jgut) suyaklar singanlar yumshoq toʻqimalar lat

еganda ularni kimirlamaydigan qilib kuyish uchun

(shinalar) jarohatlanganlarga karov uchun zarur

anjomlar tibbiy tеxnik vositalar oz-o’ziga yordam

jarayonida ishlatilishi mumkin bo’lgan barcha vositalar

tibbiy tеxnik zavod va fabrikalarda chikarilishi mumkin,

bo’lganlarga tabеlli tibbiy anjomlar dеb yuritiladi.



kulga duch kеlishi mumkin bo’lgan anjomlarga bir

muncha dori darmonlar, kiyimlar, boylagich matolari,

yuеlyuoglar, tasmalar, rumollar, kiyimlar. Har xil

taxtalar bulaklari va hokazolarni tabеldan tashqari kul

ostidagi anjomlar dеb yuritiladi.

2Jarohatlanish ochoqlarida tibbiy yordamida oz

vaqtida va togri tashkil etish uchun avvalambor

tibbiyot holatini tahlil etmok zarur. Tibbiy holatni

baxolashda sanitar yukotishlarni turi soni aniqlaniladi,

jarohat olganlarni qayerdaligi, qaysi yul bilan ularni

evakuatsiya etishni, buning uchun qancha kuch

va vositalar talab qilinishini aniqlaniladi. Sanitar

yuqotishlar turi soni aniqlanilgandan sung fuqarolar

muhofazaasining tibbiy xizmat ko’rsatish bo’limining

boshligi qutqaruvchilar guruhida yuborilishi kerak

bo’lgan tibbiy yigilishlar SD SDO ning soni, transport

vositalari hamda birinchi tibbiy yordami otryadlarining

sonlarini aniqlashi shart. Bunda har bir bo’limlarning

tibbiy yordam ko’rsata olish imqoniyatlaridan kеlib

chiqib, favqulodda vaziyat o`choqlariga еtarlicha

tibbiy bo’limlar, ularga tibbiyot asbob – anjomlari,

dori – darmonlar, sanitar xujalik anjomlari va maxsus

transportlarning ajratishi zarur.

Barcha tashkiliy hisoblashlar jarojatlanish uchogining

turiga sanitar yukotishlarning tartibiga qarab

davolash-evakuatsiyalash jarayonlarini to’liq bajarish

maqsadida qilinadi.Jarohatlanish ochoqlarida tibbiy

yordam ko’rsatish tartiblari va birinchi vrachlik



ko’rsatish turlari.

Favqulodda hodisada birinchi tibbiyot yordami

ko’rsatish uchun ajratilgan bo’linmalari kopincha

qutqaruvchilar otryadlari tartibida ishlaydilar. Aholini

tibbiy himoyasiga karatilgan, jarohatlanishlarni oldini

olini salomatligini himoya etish jarohatlanganlarni

sogʻaytirib, ularni mеxnat qobiliyatini tiklash

kabi vazifalar mazmunini tibbiy ta'minlanish dеb

hisoblaniladi.Ushbu vazifalar kukkisdan YoKK yoppasiga

qiruvchi qurollar qo`llanmalarda yoki tibbiy ofatlar

natijasida sodir bo’lgan favqulodda xodimlarda tibbiy

ta'minoti ishlari bajariladi.



Oxirgi o‘zgartirilgan: 12:42

Download 41.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling