Birinchidan, rivojlangan jamiyat aʼzolarining, davlat fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy faolligi yuksak boʻlishi kerak
Download 17.1 Kb.
|
Документ Microsoft Word
ugungi Oʻzbekistonning strategik maqsadi qilib qoʻyilgan har tomonlama rivojlangan, erkin va farovon,qonun ustuvor boʻlgan, zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga qoʻshilish uchun mamlakatimizda barcha sohalarda misli koʻrilmagan darajada islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, milliy huquq tizimida soʻnggi yillarda koʻlami va mohiyati nuqtai-nazaridan islohotlarning yangi davri boshlandi.INSON huquq va erkinliklarini, uning qonuniy manfaatlarini amalda taʼminlashga nisbatan munosabatni tubdan oʻzgartirishtizimdagi islohotlarning bosh gʻoyasiga aylandi. Davlat va jamiyatning rivojlanganligini belgilaydigan bir qator muhim omillar bor. Biz qisqa qilib, buning uchtagina jihatini sanab oʻtamiz. Birinchidan, rivojlangan jamiyat aʼzolarining, davlat fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy faolligi yuksak boʻlishi kerak; ikkinchidan, huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonlik darajasi baland boʻlishi lozim; uchinchidan, ularning oʻsha jamiyatdagi islohotlarga nisbatan daxldorlik tuygʻusi bor boʻlishligi talab etiladi. Toʻgʻrisini aytish kerak, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik haqida gap ketganda koʻpchiligimizda faqat qonunlarni bilish yoki ulardan boxabarlik darajasi tushuniladi. Aslida bu juda keng tushuncha boʻlib, yuqorida sanab oʻtganimiz davlat va jamiyatning rivojlanganligini belgilaydigan uchta muhim omilni ham oʻz ichiga oladi. Huquqiy madaniyati yuksak inson qonunlarga itoatkor boʻladi, hamisha unga boʻysinadi va qonunlarga nisbatan hurmat bilan qaraydi. Bunday insonlar qonunlarda belgilangan qoidalarga zid hatti-harakat qilmaydi, aksincha, boshqalarni ham shunga daʼvat etadi. Ijtimoiy-siyosiy faol fuqaro jamiyatda roʻy berayotgan voqea-hodisalarga ongli munosabatda boʻlib, islohotlarga daxldorligini sezib, davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik masʼuliyatini his qilib yashaydi. Eng muhimi, u mamlakat taraqqiyotiga amaliy hissa qoʻshishga harakat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5618-son Farmoni keng jamoatchilikning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonlik darajasi yuksalishida amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu Farmonda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi quyidagi muammo va kamchiliklar saqlanib qolinayotganligi sanab oʻtildi. Jumladan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha taʼminlanmagan; - yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi; - aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq taʼsirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini koʻrsatadi; - huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taʼminlashga oʻzining jiddiy salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda. Keling, sanab oʻtilgan ushbu muammo va kamchiliklarni biroz tahlil qilib chiqaylik. Eng oxirida keltirib oʻtganimiz “shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga singdirish”dan boshlasak. Davlatimiz rahbari oʻzlarining koʻplab maʼruza va chiqishlarida davlat va jamiyatni taraqqiy ettirish umumjamiyatning ishiga aylanishi kerakligini, buning uchun har bir fuqaro oʻzining bu borada qatʼiy fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishi, fuqaroning shaxsiy manfaati hech qachon jamiyat manfaatidan ustun boʻlmasligilozimligini taʼkidlab oʻtadilar. Download 17.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling