Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi


Download 76.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana03.06.2024
Hajmi76.03 Kb.
#1841991
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi - Vikipediya

20‐modda
Har bir inson osoyishta yigʻilishlar va uyushmalar
oʻtkazish (tuzish) huquqiga egadir. Hech kim biror
bir uyushmaga majburan kiritilish mumkin emas.


21‐modda
Har bir inson bevosita yoki erkinlik bilan
saylangan vakillari vositada oʻz mamlakatini
boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadir.
Har bir inson oʻz mamlakatida davlat xizmatiga
kirishda teng huquqiga egadir. Xalq irodasi
hukumat hokimiyatining negizi boʻlmogʻi lozim;
bu iroda vaqti‐vaqti bilan boʻladigan va


soxtalashtirilmagan saylovda oʻz aksini topishi,
ushbu saylov yalpi va teng saylov huquqiga koʻra,
yashirin ovoz berish yoʻli bilan yoki ovoz berish
erkinligi taʼminlaydigan boshqa tengma‐teng
shakllar vositasida oʻtkazilish kerak.


22‐modda
Jamiyat aʼzosi sifatida har bir inson milliy kuch‐
gʻayratlar sarflash va xalqaro hamkorlik
vositasida hamda har bir davlatning tuzimi va
resurslariga binoan ijtimoiy taʼminot huquqiga,
uning qadr‐qimmatini saqlab turish va shaxsini
erkin kamolga etkazish huquqiga egadir.


23‐modda
Har bir inson mehnat qilish, ishni oʻz erki bilan
tanlab olish, mehnatning adolatli va qulay
sharoitlari boʻlishi va ishsizlikdan muhofaza
etilish huquqiga egadir.
Har bir inson, biror bir kamsitishsiz teng
mehnatga teng haq olish huquqiga egadir. Har bir
ishlayotgan odam, uning oʻzi va oilasi uchun


munosib yashashni taʼminlaydigan adolatli va
qoniqarli daromad olish, zarur boʻlgan hollarda
ijtimoiy taʼminotning boshqa vositalari bilan
toʻldiriladigan daromad olish huquqiga egadir.
Har bir inson, kasb ittifoqlari tuzish va oʻz
manfaatlarini himoya qilish uchun kasb
ittifoqlariga kirish huquqiga egadir.



Download 76.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling