Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi


Download 76.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana03.06.2024
Hajmi76.03 Kb.
#1841991
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi - Vikipediya

24‐modda
Har bir inson dam olish va boʻsh vaqt huquqiga,
jumladan ish vaqtini oqilona qisqartirish hamda
haq toʻlanadigan davriy taʼtil olish huquqiga
egadir.


25‐modda
Har bir inson oʻzi va oilasining sihat‐salomatligini
va farovonligini asrash uchun zarur boʻlgan
turmush darajasiga, shu jumladan oziq‐ovqat,
libos, uy‐joy, tibbiy qarov va zarur ijtimoiy xizmat
huquqiga hamda ishsiz qolganida, betobligida,
nogironligida, beva boʻlib qolganida, qariganida
yoki oʻziga bogʻlik boʻlmagan holatlarga koʻra


tirikchilik uchun mablagʻi boʻlmay qolganida
taʼminlanish huquqiga egadir.
Onalik va bolalik alohida vasiylik va yordam
huquqini beradi. Nikohda turib tugʻilgan va
nikohsiz tugʻilgan barcha bolalar bir xil ijtimoiy
muhofazadan bahramand boʻlishlari kerak.


26‐modda
Har bir inson bilim olish huquqiga egadir. Taʼlim
kam deganda boshlangʻich va umumiy taʼlim
tekin boʻlishi kerak. Boshlangʻich taʼlim majburiy
boʻlishi lozim. Texnikaviy va hunar taʼlimi
barchaga muhayyo etilishi, oliy taʼlim esa har bir
odamning qobiliyati asosida barcha uchun bir xil
muhayyo etilishi kerak. Taʼlim inson shaxsining


barkamolligiga hamda inson huquqlari va asosiy
erkinliklariga hurmatning ortib boraverishiga
qaratilishi lozim. Taʼlim barcha xalqlar, irqiy va
diniy guruhlar oʻrtasidagi hamjihatlikka, sabr‐
bardoshga va doʻstlikka koʻmaklashishi hamda
Birlashgan Millatlar Tashkilotning tinchlikni
saqlash borasidagi faoliyatiga yordamlashishi
kerak.


Ota‐onalar yosh bolalari uchun taʼlim turini tanlab
olishda nufuzli huquqqa egadirlar.

Download 76.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling