Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi


‐modda Har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir. 4‐modda


Download 76.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana03.06.2024
Hajmi76.03 Kb.
#1841991
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi - Vikipediya

3‐modda
Har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy
daxlsizlik huquqiga egadir.
4‐modda
Hech kim qullikda yoki qaramlikda saqlanishi
mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha
turlari taqiqlanadi.


5‐modda
Hech kim azob‐uqubatga yoki vahshiylarcha,
insonlikka isnod boʻlgan yoki qadr‐qimmatni
xoʻrlaydigan muomala va jazoga mustahiq
boʻlmasligi kerak.


6‐modda
Har bir inson, qayerda boʻlishidan qatʼi nazar,
oʻzining huquq subyekti sifatida tan olinishi
huquqiga egadir.
7‐modda
Barcha odamlar qonun oldida tengdir va, sira
ayirmachiliksiz, qonun tomonidan bab-baravar


muhofaza etilishi huquqiga egadir. Barcha
odamlar mazkur Deklaratsiyani buzadigan har
qanday kamsitishidan teng muhofaza qilinish
huquqiga va ana shunday kamsitishga gij‐
gijlashdan teng muhofaza qilinish huquqiga
egadirlar.


8‐modda
Har bir inson, mabodo uning konstitutsiya yoki
qonun berib qoʻygan asosiy huquqlari buzilgudek
boʻlsa, nufuzli milliy sud tomonidan oʻz
huquqlarining samarali tarzda tiklanishi huquqiga
egadir.


9‐modda
Hech kim oʻzboshimchalik bilan qamalishi,
ushlanishi yoki quvgʻin qilinishi mumkin emas.
10‐modda
Har bir inson, uning huquqlari va burchlarini
belgilash va unga qoʻyilgan jinoiy aybning
nechogʻligi asoslanganligini aniqlash uchun,


batamom tenglik asosida, oʻz ishi oshkora,
adolatning barcha talablariga rioya etilib,
mustaqil va xolis sud tomonidan koʻrib chiqilishi
huquqiga egadir.

Download 76.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling