Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi


Download 76.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana03.06.2024
Hajmi76.03 Kb.
#1841991
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi - Vikipediya

11‐modda
Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan har bir
insonga himoya uchun barcha imkoniyatlar


yaratib berilib, sud majlisida oshkora tartibda
qonuniy yoʻl bilan uning aybdorligi
aniqlanmaguncha, beayb deb hisoblanish
huquqiga egadir.
Hech kim, biror bir xatti‐harakat yoki faoliyatsizlik
sodir etilgan vaqtda, bular milliy qonunlar yoki
xalqaro huquqqa koʻra oʻsha paytda jinoyat deb
topilmagan boʻlsa, shu jinoyatni sodir etganliklari


asosida hukm qilinishlari mumkin emas.
Shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda
qoʻllanishi mumkin boʻlgan jazoga nisbatan
ogʻirroq bir jazo qoʻllanishi ham mumkin emas.
12‐modda
Hech kim insonning shaxsiy yoki oilaviy hayotiga
oʻzboshimchalik bilan aralashishi, insonning uy‐


joyi daxlsizligiga, uning xatlaridagi sirlarga yoki
or‐nomusi va shaʼniga oʻzboshimchalik bilan
tajovuz qilishi mumkin emas. Har bir inson ana
shunday aralashish ѐki ana shunday tajovuzdan
qonun yoʻli bilan himoya huquqiga egadir.


13‐modda
Har bir inson har bir davlat hududida erkin yurish
va oʻziga istiqomat joyi tanlash huquqiga egadir.
Har bir inson har qanday mamlakatdan, shu
jumladan oʻz mamlakatidan chiqib ketish va oʻz
mamlakatiga qaytib kelish huquqiga egadir.


14‐modda
Har bir inson taʼqibdan boshqa mamlakatlarda
boshpana izlash va bu boshpanadan foydalanish
huquqiga egadir.
Mabodo, aslida siѐsatga daxldor boʻlmagan
jinoyat yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti
maqsadlari va prinsiplariga zid boʻlgan xatti‐


harakat sodir etilishi asosida jinoyat yuzaga kelsa
bu huquqdan foydalanish mumkin emas.

Download 76.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling