Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi


Download 76.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana03.06.2024
Hajmi76.03 Kb.
#1841991
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi - Vikipediya

15‐modda
Har bir insonning 
fuqarolik
 huquqi bor.
Hech kim oʻzboshimchalik bilan oʻz fuqaroligini
oʻzgartirish huquqidan mahrum etilishi mumkin
emas.


16‐modda
Balogʻatga etgan erkaklar va ayollar, irqi, millati
yoki diniga qarab biror bir cheklashsiz nikohdan
oʻtish va oila qurish huquqiga egadirlar. Ular
nikohdan oʻtayotganida ham, nikohda boʻlgan
vaqtida ham va nikoh bekor qilinayotganida ham
bir huquqlardan foydalanadilar.


Nikoh, nikohdan oʻtayotgan ikkala tomonning
xohishi va batamom roziligi bilangina tuzilishi
mumkin.
Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasidir va u
jamiyat, davlat tomonidan muhofaza etilishi
huquqiga egadir.


17‐modda
Har bir inson yakka oʻzi yoki boshqalar bilan
birgalikda mulkka egalik qilish huquqi sohibidir.
Hech kim oʻzboshimchalik bilan oʻz mulkidan
mahrum qilinishi mumkin emas.


18‐modda
Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga
egadir; bu huquq oʻz dini yoki maslagini
oʻzgartirish erkini, oʻz dini yoki maslagiga yakka
tartibda yoki boshqalar bilan birgalikda, taʼlimot,
toat‐ibodatda hamda diniy rasm‐rusumlar va
boshqa shunga oʻxshash marosimlarni ado


etishda xaloyiq bilan birgalikda yoki xususiy
tarzda eʼtiqod erkinligini qamrab oladi.
19‐modda
Har bir inson maslak erkinligiga va bularni erkin
ifodalash huquqiga egadir; ushbu huquq hech bir
xalalsiz oʻz maslaklariga rioya etish erkinligini va
axborot va gʻoyalarni har qanday vositalar bilan


hamda davlat chegaralaridan mustaqil tarzda
qidirish, olish va tarqatish erkini qamrab oladi.

Download 76.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling