Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi


Download 76.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana03.06.2024
Hajmi76.03 Kb.
#1841991
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi - Vikipediya

27‐modda
Har bir inson jamiyatning madaniy hayotida erkin
ishtirok etish, sanʼatdan bahramand boʻlish, ilmiy
taraqqiyotda qatnashish va uning neʼmatlaridan
bahramand boʻlish huquqiga egadir.


Har bir inson oʻzi muallifi boʻlgan ilmiy, adabiy
yoki badiiy asarlar yuzasidan maʼnaviy va moddiy
manfaatlari himoya qilinishi huquqiga egadir.
28‐modda
Har bir inson Mazkur Deklaratsiyada bayon
etilgan huquqlar va erkinliklar toʻla‐toʻkis roʻyobga


chiqadigan ijtimoiy va xalqaro tartib boʻlishi
huquqiga egadir.
29‐modda
Har bir inson jamiyat oldida majburiyat olgan,
faqat shu taxlitdagina inson shaxsi erkin va toʻla‐
toʻkis kamol topishi mumkin.


Har bir inson oʻz huquq va erkinliklarining
roʻyobga chiqishda shunday cheklashlarga
mubtalo boʻlishi mumkinki, bular qonun
tomonidan belgilab qoʻyilishi hamda bundan
muddao — boshqalarning huquqlari va erkinliklari
zarur darajada tan olinish va hurmat qilinishi
hamda axloq‐odobning adolatli talablari ijtimoiy
tartib hamda demokratik jamiyatdagi bugungi


farovonlikning adolatli talablari qondirilgan
boʻlsin.
Ana shu huquq va erkinliklarning amalga
oshirilishi Birlashgan Millatlar Tashkiloti
maqsadlari va prinsiplariga sira zid boʻlmasligi
kerak.


30‐modda
Ushbu Deklaratsiyasining butun ruhi biror bir
davlatga, shaxslar guruhiga yoki alohida
shaxslarga mazkur Deklaratsiyada bayon etilgan
huquqlar va erkinliklarning yoʻq qilinishiga
qaratilgan biror bir faoliyat bilan shugʻullanish
yoki xatti‐harakatlar sodir etishga yoʻl qoʻyib
beradi, deb talqin etilishi mumkin emas.


Vikiomborda
 

Download 76.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling