Avtovibor sloya (Auto Select Layer) sohasi - sichqoncha yordamida bosilgan qatlamni avtomatik faol
qilish.
Pokazivat upravlyayushie elementi (Show Bounding Box) - ajratilgan soha chegaralarida ramka hosil
qilish. Ushbu ramka yordamida rasmni cho`zish, xajmini o`zgartirish, qiyshaytirish hamda aylantirishimiz
mumkin bo`ladi.
O’zgartirishlar – (Модифй –Изменит) - ajratilgan sohani har xil holatlar bilan o`zgartirish. Asosiy
holatlar:
Chegaralar – Ramka (Border) - Ajratilgan soha chegaralari bo`yicha ko`rsatgan xajmda ajratilgan
ramka sohasini yaratadi.
Chegara silliqlashtirish - Sglajivanie (Smooth) - Ajratilgan sohaning burchakli chegaralarini yumshoq
va silliqlashtiradi.
Kattalashtirish – (Expand – Rastyanut) - Ajratilgan sohada ko`rsatgan masofa proporsional
kattalashtiradi.
Kichkinalashtirish – (Contract – Svernut) - Ajratilgan sohada ko`rsatgan masofa proporsional
kichkinalashtiradi.
Soha ajratish - bu fotomontajning eng asosiy xarakatlardan biri. Shuning uchun bu xarakatlarga
doir bo`lgan Select menyu bo`lim buyrug`lari mavjud. Soha ajratish ish qurollar bilan rasmda ixtiriy soha
tanlaganimizda, u punktir chiziqlar bilan chegaralanib ko`rinadi.
Agar shu ajratilgan sohaga yana boshqa ixtiyoriy sohani qo`shish kerak bo`lsa, u holda SHIFT
klavishasini bosib qo`shimcha sohani tanlaymiz. Agar shu ajratilgan sohadan bir qismini ajratilgandan
chiqarib olish kerak bo`lsa, u holda ALT klavishasini bosib shu sohani tanlaymiz.
Endi Videlenie /Select menyusining asosiy buyrug`lari bilan tanishaylik.
Hammasini ajratish - Все (ALL) -{Ctrl+A}- butun rasm sohasini ajratish.
Ajratishdan chiqarish - Razotmenit (Deselect) -{Ctr+D}- Ajratilgan sohani bekor qilish.
Ajratishni og’dirish - Inversiya (Inverse) - Ajratilgan sohani tanlovdan chiqarib, tanlanmagan sohani
ajratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |