23
Horizontal Type (gorizontal matn) rangli, alohida qatlamda hosil bo`luvchi gorizontal matn
terish
imkonini beradi. Ushbu matn ustida tahrirlash ishlarini olib borish mumkin.
Vertical Type (vertical matn)
-xuddi oldingi uskuna kabi xususiyatga ega, faqatgina matn vertikal holatda joylashadi.
Horizontal Type Mask (gorizontal matnli niqob) va
Vertical Type Mask (vertical matnli niqob)
gradient yoki rang bilan to`ldirish mumkin bo`lgan sohani belgilaydi.
Matn ko`rinishi va shrift o`lchamini tanlash
Asosiy matn
Asosiy matn bilan ishlash uchun avval matn terish sohasini belgilab olish kerak.
Buning uchun
Type uskunasini tanlab, asosiy sohada matn chegarasi sichqoncha yordamida belgilanadi. Natijada asosiy
sohada matn terish uchun shtrixlangan soha paydo bo`ladi. Matnni terish jarayonida matn ushbu soha
ichida joylashadi, so`zlarni keyingi satrga olinish avtomatik xolda ro`y beradi. “
Enter” tugmasi faqatgina
matn boshidan terish uchun bosiladi. Agar matn bloki ichiga terilgan matn sig`masa,
u holda matn
blokining quyi o`ng burchagida “+” belgisi paydo bo`ladi
Do'stlaringiz bilan baham: