Birlashtirilgan tomlar va tom qoplamalari


Download 154.12 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi154.12 Kb.
#1478540
Bog'liq
Birlashtirilgan tomlar va tom qoplamalari Birlashgan tomlarning


Birlashtirilgan tomlar va tom qoplamalari.
Reja;
1.Tomlar haqida tushuncha.
2.Tomlarning turlari.
3.Birlashgan tomlarning konstruktiv sxemasi
Tom — binoning ustini yopib turuvchi qismi. Devorlar va binoning ichini yogʻinsochindan asraydi. Yuk koʻtaruvchi (ferma, sarrov, stropila, xari va boshqalar) hamda tunuka, shifer, tol singari yopuvchi qismlardan iborat. Shakliga koʻra, tomlar bir nishabli, ikki nishabli, toʻrt nishabli, koʻp nishabli, shatr (qubba) shaklli, chordoqli yoki chordoqsiz (yassi), baland chordoqli mansarda koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Eni keng sanoat binolarida tabiiy yoritish va havo almashtirish maqsadlarida tom oʻrtasiga fonar (oynavand tuynuk) ishlanadi. Bundan tashqari tomlarning gumbazli, piramidasimon, konussimon va qobiqsimon xillari ham boʻladi.

Odatda tomlar ikki turga ajratiladi: nishabli tomlar va yassi tomlar, ular bir-biridan yer sathiga nisbatan nishablik darajasi bilan farq qiladi. Ikkala turdagi tomlar oʻzining qadim arxitektura anʼanalariga ega. Nishabli tomlar asosan yomgʻirli iqlim sharoitlarida qoʻllanilgan. Yassi tomlar – anchagina quruq iqlimda, yomgʻir onda-sonda yogʻadigan, qor muammosi esa deyarli mavjud boʻlmagan joylarda foydalaniladi.


Gidroizolyatsiya tizimlari takomillashgani natijasida, 20 asrda yassi tomlandan yomgirli iqlimga ega boʻlgan hududlarda ham foydalanila boshlangan
Nishabli tomlar-
Binoning nishabli tomi quyidagi unsurlardan tashkil topadi: nishab deb ataluvchi qiya tekisliklar, ularning asosini stropil toʻsinlari va obreshyotkalar tashkil qiladi. Tom nishabligining asosiy vazifasi – suv va qorni yoʻnaltirib yuborish. Kuchli qor va yogʻingarchilik boʻlib turadigan hududlar aholisi tikka nishabli tomlar barpo etishni afzal koʻradilar. Bunday tomlar qimmatroq boʻladi, chunki ularni qurish uchun qoʻshimcha materiallar talab etiladi, buning ustiga bunday tomlarni taʼmirlash ham murakkabroq boʻladi.

Yassi tomlar


Yassi tomlar deb odatda nishablik darajasi 3%gacha boʻlgan tomlarni aytadilar. Biroz nishablik suvni samarali tarzda ketkazish uchun zarurdir. Yassi tomlarda odatda chordoq boʻlmaydi, lekin ulardan ayvon (terrasa) sifatida foydalansa boʻladi. Shuningdek yassi tomlarda oʻsimliklar eksa boʻladi. Yassi tomlar bilan bogʻliq eng katta muammo - bunday tomlar yuqori darajada harorat oʻzgarishlari taʼsiriga duchor boʻlishidir.



Birlashgan tomlarning konstruktiv sxemalari:
a,b - shamollatilmaydigan; d - shamollatiladigan; 1 - himoya qatlami; 2 - o ‘rama to ‘shama; 2 - tekislovchi qatlam (qorishmayoki yig ‘ma temirbetondan); 4 - issiq-sovuqdan izolatsiya qatlami;
5 - bug ‘dan himoya qatlami; 6 -ko‘taruvchi konstruksiya;
7 - suvoqli shift; 8 - issiq-sovuqdan izolatsiya qiluvchi ko‘taruvchi konstruksiya (yopma konstruksiyasi); 9 - havo qatlami.

Birlashgan tomlarda yopma qismi chordoq ora yopmasi konstruksiyasi bilan birlashgan bo‘lib, ularda chordoq qismi bo‘inmaydi va chordoq ora yopmasining ostki qismi yuqori qavat uchun shift vazifasini o‘taydi.


Ko‘pchilik hollarda birlashgan tomlar temirbeton elementlardan tayyorlanadi. Birlashgan tomlar chordoqli (nishabli) tomlarga nisbatan 10-15% arzonga tushadi, ekspluatatsiya narxi esa 5 baravar kam bo‘ladi.
Birlashgan tomlaming shamollatilmaydigan yoki shamollatiladigan turlari bo‘ladi.
Shamollatilmaydigan tomlarda temirbeton yopma plitasi ustidan bir yoki ikki, uch qavat ruberoid issiq bitum bilan yopishtiriladi. Bu qatlamning asosiy vazifasi issiqlikni o‘tkazmaslik va temirbeton plita orqali xona ichidan ko‘tarilayotgan bug‘dan namlanishining oldini olishdir. Plita yoki sochiluvchan material ko‘rinishiga ega bo‘lgan g‘ovak beton, fibrolit, shisha paxta, shlak, keramzit va boshqa issiqlik izolatsiyasi materiallari to‘sham qalinligi teplotexnik usulda hisoblab topiladi.
Issiqlik izolatsiyasi qatlami ustidan qalinligi 15-20 mm bo‘lgan sement qorishmasidan tekislovchi qavat yozib chiqiladi. Agar issiqlik izolatsiyasi materiali sochiluvchan bo‘Isa, tekislovchi qavat qalinligi 25-30 mm qilib olinib, kataklari 200-300 mm bo‘lgan to‘r qo‘yib yuboriladi. Tekislovchi qatlam ustidan bir necha qavat ruberoid yoki boshqa materialdan qilingan to‘shamalar maxsus yopma mastikalar yoki issiq bitumlar yordamida yelimlanib, ustidan 6-8 mm qalinlikda mayda yengil keramzit shag‘al yoki shlakdan himoya qatlami yozib chiqiladi. Ayrim hollarda issiqlik izolatsiyasi qatlamining o‘rnini bosuvchi va bir yo‘la yopmani ko‘taruvchi konstruksiya vazifasini bajaruvchi g‘ovak beton yoki yengil beton (ko‘pik beton, keramzit beton va boshqa)lardan iborat yopma konstruksiyasi ishlatiladi.
Shamollatiladigan tomlar shamollatilmaydigan tomlardan issiqlik izolatsiyasi qatlami ustida qoldirilgan ochiq joy (tirqish) hamda tekislovchi qatlam o‘miga yupqa temirbeton plita yoki panel qo‘yilishi bilan farq qiladi. Qoldirilgan ochiq joy issiqlik izolatsiyasi qatlami- dagi ortiqcha namlikni chiqarib yuborishga va uning izolatsiya xususiyatlarini yaxshilashga mo’ljallangan bo’ladi. Birlashgan tomlarni turini tanlashda mahalliy iqlim sharoiti va binoning ichki harorat- namlik rejimi holati e’tiborga olinadi: masalan, shamollatiladigan tomlami har qanday iqlim sharoitli mintaqalarda qurish mumkin. Shamollatilmaydigan tomlar esa, qishki o‘rtacha sovuqligi - 30° dan kam bo’lmagan mintaqalarda quriladi.
Quruq yoki harorat-namlik rejimi normal bo’lgan xonalar ustidan tosh shamollatilmaydigan bo’lishi mumkin. Atmosfera suvlarini oqizib yuborish uchun bunday tomlar nishabi 2°dan 8° gacha olinadi, ayrim hollarda esa tekis tomlarda ham ishlatiladi. Tomlaming nishabi asosan 3, 4 va 5 qavatli ruberoidlar bilan yopiladi. Masalan, nishabi 5- 8° bo’lgan tomlarda 3 qavat, 2-5° tomlarda - 4 qavat va 1,5-2° tomlarda 5 qavat ruberoid to‘shaladi.

FOYDALANILGAN ABIYOTLAR
1. Miralimov M.M., S.Sayfiddinov, M.B.Babajanov «Turar-joу va jamoat binolarini loyihalash asoslari». O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2010 y.
2. Sh.R.Mirzayev, М.М.Vaxitov. Me’morchilik: II qism. Fuqorolik binolari. Darslik. Toshkent: «Tafakkur», 2010
3. Х.А.Акрамов, Р.А.Кучкаров, Р.Х.Пирматов. Кўп қаватли саноат биноларини зилзилавий ҳудудларда лойиҳалаш асослари. Ўқув қўлланма Тошкент, 2002 й.
Download 154.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling