Birlik, etnos kishilarning maʼlum bir tarixiy davrda va ijtimoiy tuzumda tarkib topgan alohida barqaror etnik uyushmasi


Download 320.69 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi320.69 Kb.
#1164949
  1   2
Bog'liq
46-52


46.Etnik birlik, etnos — kishilarning maʼlum bir tarixiy davrda va ijtimoiy tuzumda tarkib topgan alohida barqaror etnik uyushmasi. Etnik birlik etnografik jihatdan "xalq" maʼnosini’ anglatsada, lekin unga nisbatan aniq tushunchadir. Etnik birlik muayyan sharoitda tabiiytarixiy taraqqiyot jarayonda vujudga kelgan uyushmadir. Fanda Etnik birlik bosqichining 3 turi mavjud: qabila, elat va millat. Ketmaket almashib kelgan bu atamalar turli vaqtlarda vujudga kelgan boʻlib, ular oʻz davriga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladilar. Kishilar birlashuvining tabiiy negizi — hudud umumiyligi, shuningdek, ular tilining yaqinligi yoki umumiyligi Etnik birlikning vujudga kelishida asosiy shart hisoblanyli. Koʻpincha (mas, Amerika qitʼasida) millatlarning tarkib topishida etnik birlikning turli tillarga mansub komponentlari oʻrtasida olib borilgan xoʻjalik, madaniy va boshqalar sohalardagi aloqalarning rivojlanishi bilan til umumiyligi qaror topgan. Bu jarayonni boshqarishda har xil ijtimoiy-iqtisodiy omillar va tabiiy muhitning alohida xususiyatlari taʼsirida moddiy va maʼnaviy madaniyat, turmush va psixologik umumiylikning Etnik birlik uchun xarakterli boʻlgan belgilari shakllanadi. Bu elementlar hudud va til bilan bir qatorda Etnik birlikning muhim belgilari hisoblanadi. Baʼzan Etnik birlikning shakllanishiga diniy mushtaraklik, shuningdek, irqiy jihatdan yaqinlik ham muhim taʼsir koʻrsatadi. Bunday yaqinlik Etnik birlikka kirgan va bir-biridan keskin farqlanadigan har xil irqiy komponentlar orasidagi metis guruhlarining hosil boʻlishida ham vujudga keladi (mas, braziliyalik, kubalik). Shakllanib boʻlgan Etnik birlik yaxlit ijtimoiy organizm boʻlib, etnik jihatdan har xil boʻlgan nikohlar tufayli va nasldan naslga til, madaniyat, anʼanalar va boshqalarning oʻtib borishi yoʻli bilan barqaror tus oladi. Yanada barqarorlik boʻlishi uchun oʻzining ijtimoiy-siyosiy hamda hududiy tashkilotini tuzishga harakat qiladi. Ammo vaqt oʻtishi bilan Etnik birlik ning ayrim qismlari hududiy jihatdan ajralib ketish, turmush va madaniyatning koʻp tomonlarini oʻzlashtirish va boshqalar tilni qabul qilish holatlari ham uchraydi.

Kishilik jamiyati ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning maʼlum bir bosqichida qabilalar uyushmasi hisoblangan Etnik birlik maʼlum bir tarixiy sharoitda, hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida shakllanadi va yangi turi vujudga keladi. qadimiy davrlarda vujudga kelgan yangi Etnik birlik ni ifodalash uchun "elat" atamasi qabul qilingan. Elat — Etnik birlik bosqichining qabila uyushmasidan keyingi turidir. Tarixiy taraqqiyot davomida esa Etnik birlikning keyingi turi — millat shakllana boradi.


47.ETNOS (ETNIK JAMOA)yunon tilidan etnos - qabila, guruh, xalq) - ma'lum bir hududda tarixan rivojlangan, yagona tilga, madaniyat va ruhiyatning umumiy nisbatan barqaror xususiyatlariga, shuningdek, umumiy o'zini o'zi anglash (uning birligini anglash) mavjud bo'lgan barqaror odamlar to'plami. va boshqa barcha shunga o'xshash ob'ektlardan farqi), o'z nomida qayd etilgan. E.ning paydo boʻlishi uchun ajralmas shart-sharoit psixik omborning umumiy hududi, tili va birligi boʻlib, uning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: 1) oʻz nomi (etnonimi), ayrim hollarda yashash hududi nomi bilan bogʻliq ( toponim); 2) hududiy yaxlitlik e ning shakllanishi va mavjudligi sharti sifatida. 3) antropologik (irqiy) xususiyatlarning mavjudligi; 4) madaniy xususiyatlarning namoyon bo'lishi (moddiy madaniyat - mehnat qurollari, turar-joy, kiyim-kechak va boshqalar; ma'naviy madaniyat - ta'lim tizimi, fan, adabiyot, san'at va boshqalar). E.ning shakllanishi odatda hudud va xoʻjalik hayotining birligi asosida sodir boʻladi. Ammo turli tarixiy sabablarga koʻra sodir boʻlgan koʻchishlar natijasida hozirgi E. manzilgohi hududi har doim ham ixcham boʻlavermaydi, koʻplab xalqlar bir necha davlatlar tarkibida joylashishi mumkin. Shuning uchun ham mahalliy fanda E. tushunchalari soʻzning tor maʼnosida (etnikos deb ataladi) va etnosotsial organizm oʻrtasida farqlanadi. Qayerda yashashidan qat’i nazar, ma’lum bir etnosning barcha guruhlari yagona etnik guruhga tegishli. Etno-ijtimoiy organizm davlat bilan majburiy ravishda bog'langan. Mavjud etnik guruhning tizimli xususiyatlarini ifodalovchi va uni boshqa etnik guruhdan ajratib turuvchi belgilarga til, xalq amaliy sanʼati, anʼana, urf-odat, xulq-atvor normalari kiradi. Etnosning eng muhim farqlovchi xususiyati oʻz-oʻzini anglashning mavjudligidir, yaʼni E. oʻzini shunday deb biladigan, boshqa jamoalardan ajralib turadigan madaniy hamjamiyatdir. Mahalliy fanda E.ni uchta stadial turga boʻlish odat tusiga kirgan. Ibtidoiy jamoa tuzumiga xos bo'lgan qabilalar eng qadimgi tipga kiradi. E.ning ikkinchi turi — milliylik, odatda, quldorlik va feodal tuzilmalari bilan bogʻliq. Iqtisodiyotning uchinchi turi – millat kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarning kuchayishi bilan vujudga keladi. Biroq E.ning bunday uch aʼzoli boʻlinishi Yerda mavjud boʻlgan etnik jamoalar shakllarining butun xilma-xilligini aks ettirmaydi.

48.Turklar jahon tarixidagi eng qadimiy va doimiy xalqlardan biri. Bu katta milliy jamoa bo'lib, uning tarixi to'rt ming yildan oshadi. Turk, turkiylar — jahondagi eng qadimiy va yirik etnoslardan birining nomi. Soʻnggi davrda jahon olimlari, jumladan, oʻzbek olimlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida va qadimiy xitoy manbalaridagi maʼlumotlarga koʻra, ushbu atama bundan 3,5—4 ming yil muqaddam rayemsimon iyerogliflar bilan yozilgan bitiklarda «tiyek» va «tiauk» shaklida uchraydi. Turk soʻzi baquvvat, barkamol, odillik kabi maʼnolarni anglatadi, degan fikrlar mavjud. Qadimgi Xitoy manbalarida turklar qiyofasi chuqur koʻzli, qirra burunli, basavlat va sersoch deb koʻrsatiladi. Bir necha ming yilliklar davomida turkiy qabilalar koʻp marta birlashgan va parchalanganligi tufayli ularning qabilaviy tarkibi oʻzgarib turgan. Milloddan avvalgi 2-asrdan — milloddan 3-asrgacha boʻlgan davrda Turklar Hun xoqonligi tarkibida boʻlganligi sababli Xitoy manbalarida “shyunnu”, “hunnu” deb ham atalgan. Mazkur xoqonlik yemirilgandan keyingi 300-y. ga yaqin davr davomida xitoylar Turklarni tiyekle (zamonaviy tilda tele) deb atashgan. 6-asrda Turklarda boʻlgan Ashina avlodi kuchayib Turk xoqonligini barpo etgan. Xitoy manbalariga kura, 9-asrda tilga olinadigan Turk qabilalari 58 ta nom bilan ajratilgan. Shulardan 22 tasi uygʻur (ittifoqchilar) deb nomlangan. Uygʻur xoqonligi tugatilganidan so’ng bularning katta bir qismi Turkiston hududida joylashgan (q. Turk). Turkiya olimlari asarlarida Turk qabilasi koʻkturk deb ham ataladi.Tadqiqotlarga koʻra, koʻkturk soʻzi tangriga, yaʼni osmonga ishongan Turklar, balandlik, koʻk boʻri totemi boʻlgan Turklar kabi maʼnolarni anglatgan.

49. Etnosning madaniy xususiyati




Shakllanib boʻlgan Etnik birlik yaxlit ijtimoiy organizm boʻlib, etnik jihatdan har xil boʻlgan nikohlar tufayli va nasldan naslga til, madaniyat, anʼanalar va boshqalarning oʻtib borishi yoʻli bilan barqaror tus oladi. Yanada barqarorlik boʻlishi uchun oʻzining ijtimoiy-siyosiy hamda hududiy tashkilotini tuzishga harakat qiladi. Ammo vaqt oʻtishi bilan Etnik birlik ning ayrim qismlari hududiy jihatdan ajralib ketish, turmush va madaniyatning koʻp tomonlarini oʻzlashtirish va boshqalar tilni qabul qilish holatlari ham uchraydi.Ma'lum bir etnosni tashkil topishida til bosh rol o'ynagan bo'lsa, ikkinchi bir elatning paydo bo'lishida xo'jalik, uchinchisida esa moddiy madaniyat yetakchi alomat bo'lishi ehtimoldan holi bo'lmasa kerak.» [4] Demak, etnomadaniyat etnogenezda muhim omildir, biroq uning barcha komponentlari bir vaqtda to'la namoyon bo'lavermaydi.



Download 320.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling