Mulohaza
|
To‘g‘ri
|
Noto‘g‘ri
|
Gumon olmoshi so‘roq olmoshiga qo‘shiladi.
|
|
|
O‘zicha, o‘zlik so‘zlari- o‘zlik olmoshi hisoblanadi.
|
|
|
Belgilash olmoshi tuzilish jihatdan sodda, qo‘shma, juft va takror bo‘ladi.
|
|
|
Bari, barcha, hamma so‘zlari jamlovchi belgilash olmoshidir.
|
|
|
Olmoshlar -ichi bo‘sh so‘zlardir.
|
|
|
A) to‘g‘ri, noto‘g‘ri, noto‘g‘ri, to‘g‘ri, to‘g‘ri
B) to‘g‘ri, to‘g‘ri, noto‘g‘ri, to‘g‘ri, to‘g‘ri
C) to‘g‘ri, to‘g‘ri, noto‘g‘ri, to‘g‘ri, noto‘g‘ri
D) noto‘g‘ri, noto‘g‘ri, noto‘g‘ri, to‘g‘ri, to‘g‘ri
15. Matnni o‘qing, savollarga javob bering.
Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam “Men baxtliman” deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to‘ygan, “baxtliman” degan emas.
Aslida, hayotda birorta maqsad bilan yashashning o‘zi – baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib, kuyib-yonib yurish ham baxt.
Men kinochi bo‘lsam, “Baxtiyorlik lahzasi” degan film yaratgan bo‘lar edim. Bu film baxt lahzalari majmuasidan iborat bo‘lar edi. Unda marraga yetgan sportchining g‘alabadan charaqlagan ko‘zlarini, yerga qo‘ngan kosmonavtning kulgisini, she’r yozib tugatgan shoir quvonchini, chet eldan qaytayotgan sayohatchining mamlakatimiz chegarasini kesib o‘tgandagi his-hayajonini, uzoq judolikdan so‘ng bolasiga yetishib quchoqlagan onaning sevinch yoshlarini, o‘z mehnat samarasini ko‘rib mamnun bo‘lgan kishi sevinchini… suratga tushirgan bo‘lardim.
Do'stlaringiz bilan baham: |