Bismillahir rahmonir rahiym
Osmonni qopladi qora bulutlar,
Qasdiga kelgandek quyosh yuziga.
Tomchilay boshladi yomg’ir ham asta,
Yuzimga urilib qorishib yoshga.
Tunda uvvullagan, shamol sal tingach,
O’zidan qoldirdi siniq deraza.
Mayliga deraza, nima bo’libdi,
Qalblarni parchalab qo’ygani alam.
Azroil farmondor, ilojsiz u ham,
Yaratgan izmidan chiqolmas bir dam.
Muhammad ummati, o’lim haq derlar-
Mahsharga qoldirdi diydor g’animat.
Bugun azim daraxt ayrildi bog’dan,
Eltib keltirdilar, chin dunyo sari.
Yig’ilib qon-qardosh kuzatib qo’ydi,
Mahsharga qoldirdi diydor g’animat.
Umariy, o’lim haq, bugunmi erta,
Har kimga keladi, navbatma- navbat.
Ollohdan tilagin, umring boricha,
Iymoning yo’doshing, bo’lsin sirotda.